Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq og‘irligi
Soliqqa tortish birligi-bu yerda ob’ektning o‘lchov birligi. Bu foyda solig‘ida so‘m, yet
solig‘ida kv.metr, suv solig‘ida kub metr va boshqalar. 5. Soliq stavkasi- ob’ektning har birligi uchun davlat tomonidan belgilab qo‘yilgan me’yoridir, ya’ni davlatning ob’ektdagi ulushi hissasidir. Soliq stavkasi ikki xil usulda: qat’iy stavkalarda (so‘mlarda) va nisbiy stavkalarda-foizlarda ifodalanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va inflyatsiya sharoitida nisbiy stavkalarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda byudjet inflyatsiyadan ko‘p mablag‘ yo‘qotmaydi. Agar stavka so‘mlarda hisobga olinsa, soliqlardan tushgan byudjet daromadi yil oxiriga kelib hech qanday iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lmay qolishi mumkin. Solik stavkalarining proportsional, progressiv va regressiv turlari mavjud. 6. Soliq imtiyozi-soliq imtiyozlari deganda soliq to‘lovchilarga soliq va yig‘imlarni to‘lashdan qisman, vaqtinchalik va to‘liq ozod eti shva soliq bazasini kamaytirish tushuniladi. Soliq imtiyozlari bugungi kunda 3 xil turi mavjud: 1. Soliqdan batamom ozod etuvchilar; 2. Soliqdan qisman va vaqtincha ozod etiluvchilar; 3. Soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan soliqlar. 7. Soliq og‘irligi- to‘lovchining hamma soliqlar va yig‘imlar yig‘indisini byudjetga to‘lashidir. Soliq og‘irligi foydaga yoki jami daromadga nisbatan olinadi. Mamlakat miqyosida hamma to‘langan soliq va yig‘imlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i ham soliq og‘irligini ifodalaydi deyiladi. Ammo soliq og‘irligi aniq to‘lovchining daromadiga nisbatan jami to‘lagan soliqlari va to‘lovlari salmog‘idir. Agar soliq to‘lovchi soliqlarni to‘g‘ri to‘lagan bo‘lsa, unga soliq og‘irligi mos keladi. Lekin ba’zi korxonalarda egri soliqlar bo‘lib, uning huquqiy to‘lovchilari korxona hisoblansada, soliq og‘irligi iste’molchi, ya’ni aholi zimmasiga tushadi. Oxirgi iste’mol qiluvchilar aholi hisoblanadi. Bu yerda egri soliqlar hisobiga aholining real daromadlarini biroz bo‘lsada, pasayish hollari uchraydi. Soliq og‘irligini makrodarajada, sohalar bo‘yicha va mikrodarajada aniqlash mumkin. Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo‘lib, ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo‘la olmaydi. Demak, kategoriya funktsiyasi 225 doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqe’likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishidan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. Funktsiya va vazifani farqiga borish zarur. Funktsiya – doimiydir, vazifa esa o‘tkinchidir. Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi. Bugungi kunda soliqlarning fiskal, taqsimlash va nazorat funktsiyalari mavjud. Soliqlarning fiskal funktsiyasida haqiqatdan ham soliqlar xazinaga tushadi. Bu voqe’lik ko‘zga yaqqol ko‘rinib turganligidan amaliyotchilar shu funktsiyaga tirmashib olishgan, ya’ni chuqurroq fikr yuritsak, yaratilgan ichki yalpi mahsulot qiymat yoki korxonadagi daromadlarni avval taqsimlamasdan turib, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetga o‘tkazib yuborish holati bo‘lmaydi. Avvalo ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchilarning manfaatdorligini ta’minlab, so‘ng daromaddan bir qismini xazinaga olish zarur. Shuning uchun xazina funktsiyasini to‘liq va keng ma’noda taqsimlash funktsiyasi desak to‘g‘ri bo‘ladi. Soliqlarning nazorat funktsiyasi haqiqatdan ham doimiy harakat qiladi. Lekin, bu funktsiya taqsimlash funktsiyasi bilan yonma-yon turib daromadlarni to‘g‘ri taqsimlanayotganligini, soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida tushayotganligini nazariy jihatdan nazorat qiladi. Nazorat funktsiyasi soliq idoralari ishining rivojlanish asosidir. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling