Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Soliqlarning iqtisodiy va soliqqa tortish ob’ekti bo‘yicha guruxlanishi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

22.3. Soliqlarning iqtisodiy va soliqqa tortish ob’ekti bo‘yicha guruxlanishi 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 23- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi 
hududida quyidagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi. 
Soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
4) aktsiz solig‘i; 
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 
7) mol-mulk solig‘i; 
8) yer solig‘i; 
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun 
olinadigan soliq. 
Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi: 
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar: 
yagona ijtimoiy to‘lov;
fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; 
2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar: 
Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar; 
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar; 
3) davlat boji; 
4) bojxona to‘lovlari; 
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish 
huquqi uchun yig‘im. 
Yuqorida keltirilganlarning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlar umumbelgilangan soliqlardir. 
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llanilishi 
mumkin: 
yagona soliq to‘lovi;


226 
yagona yer solig‘i; 
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq. 
Yuqoridagilarning ikkinchi qismining 1–6-bandlarida, uchinchi qismining 1–4-bandlarida, 
beshinchi qismining ikkinchi va to‘rtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa 
majburiy to‘lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlardir. Ikkinchi qismining 7–10-
bandlarida, uchinchi qismining 5-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda 
tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
jumlasiga kiradi. 
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli jamg‘armalar tashkil etilishi 
mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.
Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliqlar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki bevosita va bilvositaga 
bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq to‘lovchilarning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni 
huquqiy to‘lovchisi ham, haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri soliq yukini boshqalarga 
ortish holati bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma daromaddan to‘lanadigan va barcha mulk soliqlari 
kiradi. 
To‘g‘ri soliqlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar 
stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya 
faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning 
stavkalari ko‘paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Bu 
guruh soliqlarning stavkalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langandir. 
Egri soliqlarni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmat)ni yuklab jo‘natuvchilardir. Lekin 
soliq og‘irligini haqiqatdan ham byudjetga to‘lovchilari tova (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir, 
ya’ni haqiqiy soliq to‘lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga 
ustama ravishda qo‘yiladi. 
Bu soliqlarning ijobiy tomoni Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni chetga chiqib 
ketishini chegaralangan, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam beradi. Egri soliqlar orqali 
tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining ilmiy 
oshirilishi korxonalarning faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi, ya’ni 
investitsion faoliyatini qisqartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlilsiz osha borsa korxonalar sotish 
qiyinchiligiga uchrab foyda olishni ham byudjetga to‘lovlarni ham kamaytirishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni 
jilovlab boradi. Korxonalarda to‘g‘ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat 
ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirib, tovarlar mo‘l-ko‘lligini ta’minlashi kerak. 
Dune soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga u yoki bu mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlanishi yokiiqtisodiy qiyinchiliklarni borligini tahlil qilibborishi mumkin. 
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aktsiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan foydalanganlik 
uchun to‘lanadigan soliqlar kiradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq 
tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi o‘zgarmagan holda 
birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi. 
Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi: 
22.3.1.1.1.1.1. Oborotdan olinadigan soliqlar; 
22.3.1.1.1.1.2. Daromaddan olinadigan soliqlar; 
22.3.1.1.1.1.3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan olinadigan soliqlar; 
22.3.1.1.1.1.4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar; 
Oborotdan olinadigan soliqlarga QQS, aktsiz solig‘i, bojxona boji va yer osti boyliklaridan 
foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot tushunchasi bizning qonunchiligimiz 
bo‘yicha ilgaridekmahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan 
qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq oborotdan olinadigan soliqlarga 
kiradi. 


227 
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning foydasiga, jismoniy shaxslarning 
daromadiga solinadigan soliq, savdo tashkilotlarining belgilangandaromadidan soliqlar kiradi. Bu 
guruh soliqlariga infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi. 
Mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, jismoniy shaxslarning dizel, 
benzin va suyultirilgan gaz uchun to‘lanadigan soliqlari kiradi. 
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning 
yagona yer solig‘i va yuridik va jismoniy shaxslarning yer soliqlari kiradi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling