Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Yuridik shaxslar foydasiga soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash muddatlari
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
23.4. Yuridik shaxslar foydasiga soliqni hisoblash va byudjetga to‘lash muddatlari.
Kalendar yil soliq davridir. Yilning choragi hisobot davridir. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobi, agar ushbu moddada boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa, yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining hisob-kitobida byudjetga to‘lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda ko‘rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart. Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 15-kuniga qadar ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi. 247 Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi. Taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi. Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i belgilangan stavkalarni chegirmalarni amalga oshirmasdan to‘lanadigan daromad summasiga nisbatan qo‘llash orqali hisoblab chiqariladi. Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘ini yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishlari shart: dividendlar va foizlarni; O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish uchun javobgarlik daromadni to‘lash manbai, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari zimmasida bo‘ladi. 1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga dividendlar, foizlar va to‘lovlarni to‘lash sanasidan kechiktirmay byudjetga o‘tkazishi; 2) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hisob-kitobini davlat soliq xizmati organlariga to‘lov amalga oshirilgan hisobot davri tugagandan keyin yigirma besh kundan kechiktirmay taqdim etishi; 3) davlat soliq xizmati organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi, bu shaxslarning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, ularning nomi, daromadining umumiy summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining umumiy summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnomani soliq davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida taqdim etishi; 4) daromad oluvchi shaxslarga ularning talabiga binoan, daromad summasi va soliq davri uchun ushlab qolingan soliqning umumiy summasi haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromad qilingan xarajatlar hamda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i chegirib tashlanguniga qadar to‘liq miqdorda soliq to‘lovchining jami daromadiga qo‘shiladi. Soliq solinadigan bazani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida foyda olish munosabati bilan qilingan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar belgilangan tartibda va miqdorlarda chegiriladi. 248 O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash paytida hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasini hisobga olish uchun chet davlat vakolatli organining to‘lov xabarnomasi, ma’lumotnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘langanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat asos bo‘ladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling