Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
XXIV MAVZU. QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`I. AKSIZ SOLIG`I
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
XXIV MAVZU. QO`SHILGAN QIYMAT SOLIG`I. AKSIZ SOLIG`I
24.1. Qo‘shilgan qiymat solig‘i tushunchasi va soliqni to‘lovchilar. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) ishlab chiqarish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotish va O‘zbekiston hududiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilish jarayonida qo‘shilgan qiymatning bir qismini byudjetga ajratishni bildiradi. Ammo bu umumiy holdir. Amaliyotda bizda shunday hollar bo‘ladiki, QQS qo‘shilgan qiymatdan emas, balki butun qiymatdan (oborotdan) olinadi. Masalan, QQSni to‘lamaydigan bo‘lsalar: qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari yer solig‘i to‘lashga o‘tgan, savdo tashkilotlari, yagona soliq to‘lovchi kichik korxonalar. Bunday hollarda QQS oborot solig‘ining o‘zi bo‘lib qoladi. U respublika solig‘i bo‘lib, respublika byudjetiga tushadi. QQSda yuridik shaxslar bir vaqgning o‘zida—o‘zlari tovar (ishlar, xizmatlar) sotganda—soliq yig‘uvchi, tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olganda soliqni mahsulot yetkazuvchiga to‘lovchi va nihoyat byudjetga soliq to‘lovchi bo‘ladi. Mohiyati jihatidan QQS egri soliq bo‘lganligi uchun korxonaning moliyaviy yakuniga (foydasiga) nisbatan betaraf (neytral) bo‘ladi. Bu umumiy qoida. Ammo soliqqa tortish amaliyotida shunday hollar uchraydiki, QQS to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonaning tannarxiga (foydasiga) ta’sir qiladi. Masalan, korxona o‘zi ishlab chiqargan tovarlari (ishlar. xizmatlar) bo‘yicha soliq to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa, mahsulot yetkazuvchiga to‘lagan QQS summasi to‘liq ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi. Demak, QQS summasiga foyda kamayadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar quyidagilardir: 1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar; 2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan yuridik shaxslar; 3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy shaxslar bundan mustasno; 4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi (ishtirokchisi). Quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar hisoblanmaydi: notijorat tashkilotlar, bundan tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oborotlari mustasno; soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar. Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi mumkin. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling