Ko’rinib turibdiki, bu borada amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o’zining ijobiy natijalarini bermoqda
Download 304.28 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Soliq yuki va uning o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi va vazifalari.
KIRISH Mavzuning dolzarbligi.Mamlakatimizning demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan bugungi kunda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirib borish muhim masalalardan hisoblanadi.Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini tobora kamaytirib borish, buning natijasida soliq tizimini yanada samarali ishlashini ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Haqiqatdan ham,korxonalarning soliq yuki darajasini kamaytirib borish, ularga nisbatan optimal darajadagi soliq yukini belgilash va shu miqdorni davomiy saqlab turishdan davlat va soliq to’lovchilar bir xilda manfaatdordirlar. Soliq yuki darajasini optimal baholanishi bir tomondan korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan davlat byudjet daromadlarining barqaror sur’atlarda tushib turishini ta’minlaydi. Ko’rinib turibdiki, bu borada amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.Natijada soliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukining tobora pasayib borish tendentsiyasiga o’zining ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.Shunday bo’lsada, ushbu sohada ham o’z echimini kutayotgan muammolar ham mavjudki, ular bugungi kunda ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Shuninguchun respublikamizda soliq yukining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy faoliyatiga va byudjet daromadlariga ta’sirini o’zaro bog’liqlikda ilmiy tadqiq qilish, mavjud muammolarni hal etish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Bundan tashqari iqtisodiyot tarmoqlarida soliqlarning adolatlilik tamoyiliga asosan soliq yukini bir xillashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shakllaridan va xo’jalik yuritish usullaridan qat’iy nazar bozor munosabatlariga moslashishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kabi bir qator dolzarb muammolar turibdi. Aynan shunday jihatlardan kelib chiqib,ushbu kurs ishi mavzusi dolzarb hisoblanadi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kursishining asosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarida soliq yukining amaldagi holatini o’rganish va tarmoqlar bo’yicha soliq yukini bir xillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi: Soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yukining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganish; soliq yuki darajasi va uni aniqlashning nazariy asoslarini tadqiq etish; mamlakatimizda soliq yuki darajasini baholashning amaldagi holatini o’rganib chiqish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bo’yicha soliq yukini tahlil qilish; soliq sub’ektlari o’rtasida soliq yuki taqsimlanishidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo’llarini o’rganish; xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirilishi yuzasidan takliflar ishlab chiqish. Download 304.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling