Ko’rinib turibdiki, bu borada amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o’zining ijobiy natijalarini bermoqda


Kurs ishining nazariyva amaliy ahamiyati


Download 304.28 Kb.
bet2/10
Sana06.05.2023
Hajmi304.28 Kb.
#1433285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Soliq yuki va uning o (1)

Kurs ishining nazariyva amaliy ahamiyati. Kurs ishi mavzusini tadqiq etish natijasida chiqarilgan xulosalar hamda ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha soliq yuki darajasini aniqlash va uning taqsimlanishini maqbullashtirishda,soliq siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqishda va ustuvor yo’nalishlarini belgilashda foydalanish mumkin.
Kurs ishi tarkibi kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kursishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot ob’ektiva predmeti,maqsadi va vazifalari,nazariy va amaliy ahamiyati kabi masalalar yetarlicha bayon etilgan.
Kurs ishining birinchi qismida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida soliq yukini aniqlashning nazariy-uslubiy asoslari bayon etilgan.

2.1

Soliqlarning ob’ektiv zarurligi va soliq yuki borasidagi ilmiy-
nazariy qarashlar.

Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi bo’lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi.
Soliqlar muammosi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng qiyin va murakkab muammolardan biri hisoblanadi.Bir tomondan soliqlar tizimi bugungi kunda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan soliqlar bevosita bozor munosabatlarining muhim dastaklaridan biri bo’lib, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasi ko’p jihatdan ularga bevosita bog’liq.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan “avvalo soliq tizimi o’ziga xos vazifani-fiscal ,qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifasini to’la darajada bajarishi kerak” bildirilgan fikrdan kelib chiqadigan bo’lsak, hozirgi kunda soliq tizimini bajara olishi lozim bo’lgan funktsiyalarni amaldagi ifodasi sanaladi.
Ma’lumki,soliqlar-qonun bilan belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlaridir. Soliqlarning majburiylik xususiyatiga ega bo’lishi ularni undirishda huquqiy munosabatlarni keltirib chiqaradi. Shu jihatdan, uni huquqiy tomondan ko’rib chiqadigan bo’lsak,soliq undirish soliq to’lovchining xususiy mulkining bir qismini davlat xazinasiga berishdir. Ya’ni, bu degan so’z, soliq faqat iqtisodiy tushuncha bo’libgina qolmay,shu bilan birga huquqiy kategoriyadir, shuning uchun,soliq tabiatini tushunishning qiyin tomoni ham, uni bir vaqtning o’zida borliqning haqiqatda iqtisodiy, xo’jalik va siyosiy tomonlarini o’z ichiga olganligidir.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilanba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa,yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi.Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish,bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar, talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab,ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar ko’rsatadi.Shu bilan birga,davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga hammablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funktsiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majburdir.Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.
Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi.Davlat uchun byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir.Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish,davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Davlatning Mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq,chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining asosiy manbai hisoblanadi.Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi.
Soliqni to’lash xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolar bilan davlat o’rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi.Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar byudjet daromadlari (pulfondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo’libgina qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga,ishlab chiqarishni rag’batlantirishda investitsiyalarni ko’paytirishga,raqobatbardosh mahsulotni ko’paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilanbog’liq bo’lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi.
Soliqlar boshqa iqtisodiy kategoriyalar kabi o’ziga xos belgilarga ega.Soliqlarning belgilari soliq to’lovchi va undiruvchi o’rtasidagi majburiy moliyaviy munosabatlardan kelib chiqib, ularni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajratib turishga xizmat qiladi:
Soliqlarniob’ektigaqarabguruhlanishi



Oborotdanolinadigansoliqlar
Daromaddanolinadigansoliqlar
Mol-mulkqiymatidanolinadigansoliqlar


  • qo’shilganqiymatsolig’i;

  • aktsizsolig’i;

  • bojxonato’lovlari;

  • transportvositalarigabenzin, dizel yoqilg’isi vagazishlatganlikuchunolinadigansoliq

  • yuridikshaxslardanolinadigan foydasolig’i;

  • jismoniy shaxslardanolinadigan daromadsolig’i;

  • obodonlashtirishvaijtimoiy infratuzilmanirivojlantiishsolig’i

    • yuridik shaxslarningmol-mulkigasolinadigansoliq;

    • jismoniyshaxslarning mol-mulkiga solinadigansoliq;

    • yuridik shaxslardanolinadigan yer

solig’i;

    • jismoniy shaxslardanolinadiganyer

solig’i




Download 304.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling