Ko’rinib turibdiki, bu borada amalga oshirilayotgan soliq islohotlari o’zining ijobiy natijalarini bermoqda
Download 304.28 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu Soliq yuki va uning o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barchasoliqlarvamajburiy ajratmalarning tushumga nisbatansalmog’i 2011 yil
- Tarmoqlar bo’yicha bevosita narx tarkibiga kiradigan soliqlarning tushumdagi salmog’i tahlili
2.jadvalTarmoqlar bo’yicha barcha soliqlar va majburiy ajratmalarning tushumganisbatan salmog’itahlili
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, tarmoqlar bo’yicha soliq yuki 2019yilda shisha va farfor-chinni sanoatida eng yuqori 45,2 foizni tashkil etgan, shuningdek, oziq-ovqat va un sanoati tarmog’ida ham soliq yuki 40,2 foizni tashkil etgan va 2018yilga nisbatan 6,9 foizli punktga kamayganligini ko’rish mumkin. Tarmoqlar bo’yicha bevosita narx tarkibiga kiradigan soliqlarning tushumdagi salmog’i tahlili Ushbu davr mobaynida bevosita narx narkibiga kiruvchi soliqlarning tushumdagi salmog’I qishloqxo’jaligi sohasi bo’yicha ham keskin kamayish tendentsiyasiga ega ekanligini alohida ta’kidlash lozim, xususan2020 yilda 2021 yilga nisbatan 8,0 foizli punktga kamaygan. Tarmoqlar bo’yichanarx tarkibiga kiruvchi soliqlarning umumiy nisbati 2021 yilgi 15,6 foiz o’rniga2020yilda11,8foizga qadarkamaygan.
Soliq amaliyotida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini maqbullashtirish masalasi quyidagilarda namoyon bo’lishi bilan e’tiborlidir. Birinchidan, korxonalar zimmasidagi soliq yukini maqbullashtirish ularning o’z vaqtida va so’zsiz to’lanishi, qonunchilikka aniq rioya qilinishi bilan belgilanadi. Bunda buxgalteriya va boshqa hisobotlar shakli aniq hamda to’g’ri yuritiladi, qonunchilikka qattiq rioya qilinadi. Ikkinchidan, soliq yukini optimallashtirishning yana bir shakli bu soliq to’lovchi kamroq soliq to’lash maqsadida amaldagi qonunchilik imtiyozlardan va boshqa preferentsiyalardan foydalangan holda soliq majburiyatlarini maqbullashtirishga erishishi mumkin. Soliq yukining pasaytirilishi, boshqa sharoitlar teng bo’lgan taqdirda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoridan soliqlar shaklida byudjet ixtiyoriga olinayotgan mablag’lar bir qismining shu sub’ektlar ixtiyoriga qoldirilishini anglatadi. Bunday vaziyatda soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjetga borib tushmaydigan mablag’larni byudjet manfaatlari nuqtai-nazaridan qoplash masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda iqtisodchi-olimlar tomonidan soliq yukining pasaytirilishidan kutiladigan yo’qotishlarni qoplashning bir necha yo’llari taklif qilinmoqda. Ularning eng asosiylari quyidagilardan iborat: Soliq yukining pasaytirilishi avtomatik ravishda ishlab chiqarishning jonlanishiga, rivojlanishiga yoki kengayishiga olib keladiki, bu narsa, oxir-oqibatda soliqqa tortish ob’ekti (bazasi)ning ko’payishi (ortishi)ni ta’minlaydi. Bu esa, o’z navbatida, soliq yukining pasayishi natijasida “yo’qotilgan” mablag’larning byudjet uchun “kompensatsiya” qilinishini ta’minlashi mumkin. Bu variantning oqilona yo’l ekanligi quyidagi savollarning javobini aniq topishimizga bog’liq. Soliq yukining pasaytirilishi haqiqatdan ham ishlab chiqarishning gurkirab rivojlanib ketishiga olib keladimi yoki yo’qmi? Agar shunarsa sodir bo’ladigan bo’lsa, u qancha vaqt ichida sodir bo’lishi mumkin? Uningsodir bo’lishi “cho’zilib” ketadigan bo’lsa, unda nima qilishimiz kerak? “Bugunsoliq yukini pasaytirsak, ertaga ishlab chiqarish rivojlanib ketadi” degan kafolatnibizga kim beradiva kim buninguddasidanchiqadi?Uddasidanchiqa olmasak,undaahvolimiz nekechadi? Byudjet soliq yukining pasaytirilishi natijasida “yo’qotgan” mablag’larini qarzga olish yo’li bilan kompensatsiya qilsa bo’ladi. Haqiqatdan ham shunday. Lekin bu variant tanlanayotgan paytda bizning stolimiz ustida quyidagi savollarning aniq javobi turishi kerak: Qarzga olinishikerak bo’lgan mablag’larning miqdori qancha? Bizga shuncha mablag’ni kim yoki kimlar berishi mumkin?Lekin buning natijasida ham qator muammolar kelib chiqadi. Soliq yukining pasaytirilishi natijasida byudjet yo’qotmalarini Kompensatsiya qilishning o’zi xos varianti, ma’lum ma’noda, byudjet xarajatlarini qisqartirishdir. Umuman olganda soliq yuki darajasi bo’yicha dunyo mamlakatlarini 3 guruhga ajratish mumkin: soliqqa tortishning yuqori darajasi - soliqlar salmog’i Yalpi ichki mahsulot(YaIM)ning 40 foizidan ortiq(Lyuksemburg,Frantsiya); soliqqa tortishning o’rtacha darajasi-soliqlar salmog’i YaIMning 30 foizidan 40 foizigacha (Daniyaya,Shvetsiya,Avstriya,Germaniya,BuyukBritaniya); soliqqa tortishning o’rtachadan pastroq darajasi-soliqlar salmog’i YaIMning 30 foizigacha (Xitoy,Xindiston,Misr,Malayziya,JanubiyKoreya). XULOSA Kurs ishi mavzusini o’rganish natijasida quyidagi asosiy xulosalar shakllantirildi: Mamlakatimiz hukumati tomonidan olib birilayotgan soliq siyosatining ustuvor yo’nalishlari ichida birlamchi va eng asosiysi hisoblangan makro va mikroiqtisodiy darajada soliq yukini pasaytirib borish masalasi har bir davlat miqiyosida uning maqbul darajasini aniqlash va amaliyotda qo’llash masalasi bugungi kunda to’liq yechimini topmagan nazariy tadqiqotlar qatoriga kiradi; Soliq to’lovchilar uchun maqbul soliq yukini aniqlashning uslubiyotini ishlab chiqishda aholi jon boshi hisobida ishlab chiqilgan yalpi ichki mahsulot, aholining tabiiy o’sishi, aholining umumiy tarkibida yoshlarning tutgan salmog’i hamda faol qatlami va ishchi kuchlarining salmog’i, aholi tarkibida pensionerlarning salmog’i, aholi bandligining eng yuqori ko’rsatkichi, tabiiy zaruriy ishsizlik darajasi va shu kabi mezonlar asos sifatida foydalanilishi lozim; Har bir mamlakat, shu jumladan O’zbekiston uchun optimal soliq yukini ishlab chiqilishi va unga amal qilinishi iqtisodiyotni barqaror rivojlanishi va aholining yashash darajasini yaxshilanibborishi uchun asos yaratadi. Download 304.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling