Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish xizmatlari bo‘yicha


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish xizmatlari bo‘yicha 
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan 
sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida: 
1) sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat 
solig‘idan ozod qilinadi: 
a) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlari; 
b) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha vositachilik haqi va tantemalar;
v) sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer hamda sug‘urta bozorining 
boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;


256 
g) qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari ulushining 
qayta sug‘urtalovchilar tomonidan to‘lanadigan to‘lovini; 
d) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha 
uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar;
e) sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, 
assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar; 
j) qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlariga hisoblangan hamda 
qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar;
z) hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilar taqdim etgan 
zayomlardan olinadigan daromadlar; 
i) sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyatidan olinadigan 
daromadlar, shu jumladan sug‘urta rezervlari va sug‘urta fondlari mablag‘larini investitsiyalashdan 
olinadigan daromadlar; 
k) sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha 
franshizlarni qoplashdan olinadigan daromadlar; 
l) qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchiga o‘tgan, sug‘urta qildiruvchining (naf 
oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya 
qilishdan olinadigan daromadlar;
m) qayta sug‘urta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
n) bevosita sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar; 
2) sug‘urta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qo‘shilgan qiymat solig‘idan 
ozod qilinadi: 
a) sug‘urta to‘lovi (sug‘urta tovoni); 
b) preventiv tadbirlar o‘tkazish uchun beriladigan mablag‘lar; 
v) sug‘urta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sug‘urtalovchi to‘laydigan 
mablag‘lar; 
g) sug‘urta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablag‘lar. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling