Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O=(S*100):100—A)
O*A:100
Bu yerda, O — o‘z ichiga aktsiz solig‘ini olgan, QQSsiz shartnomaviy (erkin) baho; A — aktsiz solig‘i stavkasi. Aktsiz solig‘ini hisoblash uchun zarur bo‘lgan sharnomaviy (erkin) baho (aktsiz qo‘shilgan) quyidagicha amalga oshiriladi: O=(S*100):100—A) Bu yerda O—aktsiz solig‘ini o‘z ichiga olgan, QQSsiz shartnomaviy (erkin) baho. S—korxonaning hisobli bahosi (me’yoriy sarfiyotlari va foyda me’yori). A—aktsiz soligi stavkasi. Misol: Mahsulot birligi so‘mda 1. Hisobli baho 100 2. Aktsiz solig‘i stavkasi % 45 3. Aktsiz solig‘ini hisobga olib QQSsiz sharnomaviy(erkin) baho, so‘mda (100x100) :(100-45)=10000:55 =181,82 4. Aktsiz solig‘i summasi OxA:100 yoki (3 qat-1 qat) 81,82 so‘m Aktsiz marka bilan markalangan tovarlarning ham aktsiz solig‘i yuqoridagi tartib bilan hisoblanadi. Buyurtmachining xom ashyosi ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan balansdan tashqarida hisobga olinadi. Buyurtmachi xom ashyosidan mahsulot ishlab chiqilganda aktsiz soligi uchun aktsiz solig‘iga tortiladigan mahsulot oboroti shu tovarlarni ishlab chiqarish ishining qiymati va berilgan buyurtmachi xom ashyosi qiymati bilan aniqlanadi. 24.6. Aktsiz solig‘i hisobini taqdim etish tartibi va soliqni to‘lash muddatlari. Aktsiz solig‘ini hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va aktsiz solig‘ining belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. 1. Qat’iy miqdorlarda belgilangan aktsiz solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmidan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 2. "Jeneral Motors O‘zbekiston" YoAJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gaz, shuningdek qimmatbaho metallarga aktsiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 3. Paxta tolasini realizatsiya qilishning ichki narxlari (realizatsiya qilish xarajatlarini hisobga olgan holda) va haqiqiy narxi o‘rtasidagi ijobiy farq, O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, soliqlar va byudjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 2009 yil 1 yanvardagi holat bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotiga doir hisob-kitoblar uchun jamg‘arma kreditlari bo‘yicha hosil bo‘lgan qarzlarni uzish uchun paxta tozalash korxonalarining maxsus hisobraqamida jamlanadi. Hisoblab chiqarilgan aktsiz solig‘ining summasi belgilangan chegirma summasiga kamaytiriladi. Aktsiz to‘lanadigan tovarlar olinayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinayotganda, agar mazkur tovarlardan keyinchalik aktsiz to‘lanadigan tovarlar 267 ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida foydalanilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘langan aktsiz solig‘i summasi chegirib tashlanadi. Aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) yetkazib beruvchilar mazkur tovar (xom ashyo) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasini hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatishlari kerak. Olinayotgan aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) bo‘yicha aktsiz solig‘i summasi hisobvaraq-fakturada ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, aktsiz solig‘ining mazkur summasi chegirib tashlanmaydi. Chegirma soliq davrida realizatsiya qilingan aktsiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga to‘g‘ri keladigan aktsiz to‘lanadigan tovar (xom ashyo) hajmidan kelib chiqqan holda aniqlangan aktsiz solig‘ining hisobvaraq-fakturada yoki bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan summasiga nisbatan amalga oshiriladi. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tayyorlangan aktsiz to‘lanadigan tovarlar topshirilayotganda ham qayta ishlashga berilgan aktsiz to‘lanadigan xom ashyo va materiallarning mulkdori aktsiz solig‘i to‘laganligini tasdiqlashi sharti bilan qo‘llaniladi. Soliq davri quyidagilardir: mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun – yil choragi; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar uchun – bir oy. Aktsiz solig‘ining hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: aktsiz solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yilning har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan – har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Aktsiz solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi: joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi o‘n kunligi uchun; joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi o‘n kunligi uchun; kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun. Import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida import qiluvchi tomonidan to‘lanadi. Aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan import qilinadigan aktsiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha aktsiz solig‘i aktsiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aktsiz markalari bilan tamg‘alanishi shart. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling