Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
-rasm. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyati
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
3.3-rasm. Ikki yoqlama yozuvning ahamiyati
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ulkan nazorat ahamiyatiga ega, chunki barcha schotlarning debetidagi yozuvlar barcha schotlarning kreditidagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘ladi. Bunday tenglikning bo‘lmasligi ikki yoqlama yozuvda xatoga yo‘l quyilganligini, ya'ni schotlardagi yozuvlarda xato borligini bildiradi. Bunday xatolarni o‘z vaqtida topish va tuzatish kyerak. Xo‘jalik muomalalarini schotlarda aks ettirish natijasida schotlar o‘rtasida o‘zaro aloqa yuzaga keladi. Bunday o‘zaro aloqa schotlar korrespondensiyasi deyiladi. Shunday qilib, schotlar korrespondensiyasi deganda, ularda xo‘jalik muomalalari natijasida sodir bo‘lgan hodisalarni aks ettirishda schotlar orasidagi o‘zaro aloqani ifodalash tushuniladi. Xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozish uchun hujjatlarda debetlanuvchi va kreditlanuvchi schotlar ko‘rsatiladi, ya'ni buxgalteriya yozuvi (schot formulasi) tuziladi. Demak, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schot va aks ettiriladigan xo‘jalik muomalasining summasini ko‘rsatishga buxgalteriya yozuvi (provodkasi) deyiladi. Buxgalteriya yozuvini tuzish uchun nafaqat ma'lum bilimlar yig‘indisiga ega bo‘lish, balki uni rasmiylashtirish ketma-ketligini ham bilish zarur. Eng avvalo, muayyan xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyatini aniq tushunish kyerak. Faqat shunday tushuncha asosida mazkur muomala qaysi ikkita korrespondensiyalanuvchi schotlarda aks ettirilishini aniqlash mumkin(2.4-rasm). Biz ko‘rib chiqqan oldingi misolda xo‘jalik muomalasi ikkita schotda, ya'ni bir schotning debetida ikkinchi schotning kreditida aks ettirilgan edi. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalasini schotlarga bunday aks ettirishga oddiy yozuv deyiladi. Ayrim xo‘jalik muomalalari xususiyatiga ko‘ra bir schotning debetida va bir necha schotning kreditida yoki aksincha aks ettiriladi. Bunday buxgalteriya yozuvini buxgalteriya hisobida murakkab yozuv deyiladi. Misol tariqasida quyidagi xo‘jalik muomalasini ko‘rib chiqamiz. Shirkat xo‘jaligi omboriga mol yetkazib beruvchilardan 30000 so‘mlik yoqilgi va 40000 so‘mlik ehtiyot qismlar olindi. Bu xo‘jalik muomalasi quyidagi schotlar korrespodensiyasi orqali aks ettiramiz: Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling