Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy mazmunini va ularni amalga oshirishning qonuniyligini
- Birinchi variant
I k k i yo q l a m a yo z u v:
Mablag‘lar va manbalar mavjudligi hamda harakati ustidan nazorat o‘rnatadi Mablag‘larning olinish manbalari va qanday maqsadlarga sarflanish yo‘nalishlarini ko‘rsatadi Xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy mazmunini va ularni amalga oshirishning qonuniyligini tekshirishga imkon beradi Schotlardagi xatolarni aniqlashni, debet oborotlari kredit oborotlariga teng bo‘lishini ta’minlaydi BUXGALTERIYA YOZUVINI TUZISHDA: Xo ‘ jalik muomalasi qanday ikkita Xo‘jalik muomalasi: mablag`lar (balans aktivi) yoki uning manbalari (balans passivi)ni Schotlar rejasiga muvofiq qaysi schot debetlanishi 3.4-rasm. Buxgalteriya yozuvi (provodkasi)ni tuzish tartibi Debet «Yoqilg‘ilar» schoti 30000 so‘m. Debet «Ehtiyot qismlar» schoti 40000 so‘m. Kredit «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti70000 so‘m. Ushbu xo‘jalik muomalasini schotlarga yozamiz: «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» «Yoqilg‘ilar» schoti Dt Kt Dt Kt 2) 70000 2) 30000 «Ehtiyot qismlar» Dt schoti Kt 2) 40000 Yuqorida keltirilgan schotlardagi yozuvlardan ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik muomalasini aks ettirishda uchta schot qatnashgan, ya'ni muomala summasi ikkita schotning debetiga va bir schotning kreditiga yozilgan. Bunda buxgalteriyadagi ikki yoqlamalik tamoyili, ya'ni bir xil summani tegishli schotlarning debet va kredit tomonlarida aks ettirish buzilmagan. Xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisob ishlarini qisqartirish maqsadida murakkab yozuvlardan foydalaniladi. Lekin, bir vaqtning o‘zida bir necha schotlar ham debetlanib, ham kreditlanuvchi yozuvlar bo‘lishi mumkin emas. Bunday yozuvlarda schotlar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘rib bo‘lmaydi va aks ettirilgan xo‘jalik muomalasining mohiyati buziladi. Schotda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va kreditidagi summalarni jamlash zarur. Debet bo‘yicha jami summa (boshlang‘ich qoldig‘isiz) schotning debet oboroti, kreditning jami summasi (boshlang‘ich qoldig‘isiz) kredit oboroti deyiladi. 1-misol. Balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasida hisobot davri boshiga 100 000 so‘m ko‘rsatilgan. 0400-«Nomoddiy aktivlar schotini ochganda ushbu summa boshlang‘ich qoldiq sifatida schotning debet tomoniga yoziladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan: 1. Minyeral suv ishlab chiqarish uchun litsenziya olindi. Litsenziya qiymati 80 000 so‘m. 2. Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun patent boshqa korxonaga sotildi. Patentning balans qiymati 90 000 so‘m. 3. Belgilangan tartibda 200 000 so‘mga litsenziya ro‘yxatdan o‘tkazildi va balans kirim qilindi.. 4. Boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida «Nou-xau» kiritildi (qiymati 120 000 so‘m) Nomoddiy aktivlarning kirim bilan bog‘liq barcha muomalalarni 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining chap, ya'ni debet tomoniga, chiqimi esa schotning qarama-qarshi tomoniga, ya'ni kreditiga yoziladi Yuqoridagilardan kelib chiqib, 80 000 so‘m va 200 000 so‘mni 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining debet tomoniga, 90 000 so‘m va 120 000 so‘mni esa kredit tomoniga yozish kyerak. Yozilgan summalarni hisoblaymiz. Schot debeti bo‘yicha oborot 280 000 so‘mni (80 000 so‘m Q 20 000 so‘m), krediti bo‘yicha— 210 000 so‘mni (90 000 so‘m Q 120 000 so‘m) tashkil qiladi. Yakuniy qoldiq 170 000 so‘mga (100 000 so‘m Q 280 000 so‘m — 210 000 so‘m.) teng bo‘ladi. 0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining ushbu muomalalardan keyingi ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: 0410-“Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schoti Debet Kredit Boshlang‘ich qoldiq 100 000 2. Patent sotildi ……......90 1) Litsenziya olindi …… 80 000 3) Litsenziya ro‘yxatdan o‘tkazildi va kirim qilindi 200 000 4. Boshqa korxona ustavi ta'sischi sifatida nou-xau kiritildi………. ... 120 Jami kirim (debet oborot)280 000 Jami chiqim qilindi (kredit oborot) …..............210 000 Yakuniy qoldiq ………. 170 000 Oxirgi qoldiq manfiy bo‘lishi mumkinmi degan savol tug‘iladi? Ha, mumkin. Bu ko‘p hollarda, agar u yoki bu aktiv hisobot oyining oxirgi sanalarida mol yetkazib beruvchi tomonidan daqdim etilgan hujjatlarsiz qabul qilingan xollarda bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda mazkur davrda xarajatlar qilinganda salbiy qoldik chiqdi. Shunga qaramasdan, aktiv schotning umumiy tuzilishini buzmaslik uchun, hisobot oyining oxiriga bunday qoldiq baribir schotning debet tomoniga, ammo qizil siyoh bilan yoziladi. Kelgusi hisobot oyida mol yetkazib buruvchi hujjatlari olinishi bilan bunday nomuvofiqlik tuzatiladi. Schotlarda qoldiq (saldo) chiqarishni matematik modellar orqali ifodalash mumkin. Oldingi belgilar va misoldan foydalanib, aktiv schotlarda oxirgi qoldiq (saldo) chiqarishning matematik modelini quyidagicha tuzamiz: S' dt +DO to -KO to =S'' dt ,(4) Ushbu model aktiv schotning ma'lum sanaga bo‘lgan debet qoldig‘i boshlang‘ich qoldiqqa shu schotning ma'lum vaqt oralig‘idagi debet oborotini qo‘shib, shu vaqt ichidagi kredit oborotini ayrilganiga teng deb o‘qiladi. Passiv schotlarda oxirgi qoldiq chiqarish uchun kreditdagi boshlang‘ich qoldiqqa kredit oborotini qo‘shib, hosil bo‘lgan summadan debet oboroti ayriladi. Passiv schotlarda manbalarning ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debetda ko‘rsatilishi sababli qoldiq faqat kreditda yoki nolga teng bo‘lishi mumkin. 2-misol. Balansning «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» moddasida hisobot davri boshiga 190 000 so‘m qoldiq ko‘rsatilgan. Joriy hisobda ushbu modda 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotiga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y bergan: 1. Budjetga daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik aks ettirildi 400 000 so‘m. 2. Hisob-kitob schotidan o‘tkazish yo‘li bilan 120 000 so‘m qarzdorlik uzildi. 3. Moliya organlarining yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 80 000 so‘mga ko‘paydi. 4. Budjetga qarzdorlik bankdan 160 000 so‘m ssuda olish yo‘li bilan uzildi. Korxonaning budjetga to‘lanmagan majburiyatlari bo‘yicha kiruvchi (boshlang‘ich) qoldig‘i 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotining kredit tomoniga yoziladi. Schotnng shu tomonida korxonaning soliq organlari oldidagi majburiyatlarining 480000 so‘mga kupayishi aks ettiriladi (400000 so‘m 80000 co‘m). Qarzlarning 280000 so‘mga (120000 so‘m 160000 so‘m) ko‘payishi qarama-qarshi tomonda, ya'ni debetida ko‘rsatiladi. Schotning oxirgi qoldig‘i 390000 so‘mni tashkil etadi (190000 so‘m Q 480000 so‘m – 280000so‘m). 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz” passiv schotining ko‘rinishi qo‘ydagicha: 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schoti Debet Kredit 2) qarz uzildi ………..120 000 3) qarz uzildi ……….. 160 000 Boshlang‘ich qoldiq ……….. 190 000 1) qarz aks ettirilishi …400 000 3) qarz ko‘payishi … 80 000 Jami kamaydi (debet oborot)…………….280 000 Jami hisoblandi (kredit oborot) …………. 480 000 Budjetga to‘lanmagan qarz bo‘yicha yakuniy qoldiq …….... 390 000 Endi istalgan passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiq chiqarishning matematik modelini ko‘rib chiqamiz. U quyidagicha bo‘ladi: S' kt +KO to -DO to =S'' kt,(5) Ushbu model passiv schotning ma'lum muddatga bo‘lgan oxirgi qoldig‘i uning boshlang‘ich kredit qoldig‘iga ma'lum davr ichidagi kredit oborotini qo‘shib, shu davr ichidagi debet oborotining ayrilganiga teng deb o‘qiladi. Har qanday aktiv yoki passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiqning matematik modeli ikki variantda bo‘lishi mumkin. Birinchi variant. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) debet bo‘lib, kredit oboroti boshlang‘ich qoldiq va debet summasidan kichik bo‘lganda. Unda matematik model quyidagicha bo‘ladi: S' dt +DO to -KO to =S'' dt, (6) Agar kredit oboroti boshlang‘ich debet qoldiq va debet oboroti summasidan katta bo‘lsa, u holda qoldiq kreditda qoladi; Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling