Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.7. Sintetik va analitik schotlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi
Sintetik schyotlar deb xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va
xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlarga aytiladi. 3.5-rasm.Balans, schotlar va ikki yoqlama yozuv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Balans, schotlar va ikki yoqlama yozuv o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 2.5-rasmda ko‘rsatilgan. 3.7. Sintetik va analitik schotlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi Buxgalteriya hisobida schotlar yordamida korxonalar mablag‘larining holati, shu mablag‘lar manbalari, shuningdek, mablag‘larning xo‘jalik jarayonlaridagi harakatlari tezkor ravishda umumlashtirilib hisobga olib boriladi. Masalan, «Xom-ashyo va Materiallar» schotida xo‘jalikdagi jami xom-ashyo va Materiallarning harakati, «Asosiy ishlab chiqarish» schotida hamma turdagi xarajatlar va mahsulotlarning harakati, shuningdek, «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida barcha mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan olib boriladigan hisoblashuvlar va hokazolar umumlashtirilib aks ettiriladi. Lekin korxonalar mablag‘larni but holida saqlashni ta'minlash va samarali foydalanish ustidan nazorat o‘rnatish uchun, ularning har bir turi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar ham bo‘lishi zarur. Chunki «Asosiy ishlab chiqarish» schotida umuman qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga ma'lum vaqtga xarajatlarning har bir turi (masalan, ish haqi, urug‘lik, amortizatsiya va hokazolar), shu bilan birga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning har bir turi bo‘yicha (paxta, don, sut, tuxum va hokazolar) xarajatlar summasi va turlari bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlangan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi zarur. «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotida korxonaning ma'lum bir davrga mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarz summasi ko‘rinib turishi bilan birga har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi bilan hisoblashuvlar to‘g‘risida ma’lumotlar ham bo‘lishi kyerak. Shunday qilib, deyarli hamma schotlarda ham umumiy ko‘rsatkichlar bilan birga tafsiloti aniqlangan ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi zarur ekan. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida hisob obektlarini umumlashtirib hisobga oladigan (sintetik) schotlar bilan birga ularni turlari bo‘yicha alohida hisobga oladigan (analitik) schotlardan foydalanishga zarurat tug‘iladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling