Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

4-muomala. Sotib olingan Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha (60000 so‘m) omborga 
kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» aktiv schotining debetida aks 
ettiriladi. 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks ettirilgan faktura 
qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan chiqariladi.
D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti
– 60000 so‘m. 
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va 


xarid qilish» schoti
– 60000 so‘m 
Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning o‘zida «A» va «B» 
Materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya'ni «A» 
Material – 20000 so‘m va «B» Material 40000 so‘m aks ettiriladi. 
5-muomala. Mol yetkazib beruvchilardan olingan Materiallar bo‘yicha transport-tayyorlov 
xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa (4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m Q 
3-muomala bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» 
schotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit oboroti (60000 so‘m) ni solishtirish natijasida 
aniqlanadi. Mazkur schotni yopishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi 
farqlar» schotining debetiga olib boriladi, ya'ni: 
D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi
farqlar» schoti
4200 so‘m 
K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash 
va xarid qilish» schoti
4200 so‘m 
6-muomala. Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq o‘tkazilgan 15 foizlik oldin 
to‘lov (bo‘nak) – 9180 so‘m hisobga qabul qilindi: 
D-t 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" –
9180 so‘m 
K-t 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘langan bo‘naklar» schoti– 9180 so‘m. 
7-muomala. Hisob-kitob schotidan qarzning qolgan qismini qoplash uchun o‘tkazildi. 
Mol yetkazib beruvchilarga ulardan sotib olingan 
Materiallar va ular tomonidan qilingan
transport xarajatlari uchun … … … … …52020 so‘m 
Transport tashkilotiga Materiallarni temir
yo‘l stansiyasidan korxona omboriga tashib 
keltirganligi uchun … … … … … … … … … … 3000 so‘m 
J a m i55020 so‘m 
Ushbu muomala natijasida mol yetkazib beruvchilarga va transport tashkilotiga qarz 
kamayishi sodir bo‘ladi, shuning uchun 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar» schotining debeti va pul mablag‘larini to‘lash natijasida 5110-«Hisob-kitob 
schoti» ning krediti bo‘yicha kamayish sodir bo‘ladi. 
Dt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va
pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti55020 so‘m. 
Kt 5110-«Hisob-kitob schoti»55020 so‘m. 
Tayyorlangan har bir Materialning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun maxsus hisob-kitob 
ishlarini amalga oshirish zarur. Buning uchun transport-tayyorlov xarajatlarining sotib olingan 
Materiallar shartnoma qiymatidagi ulushi(foizi)ni topish kyerak. So‘ngra aniqlangan foiz bo‘yicha, 
analitik schotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda transport-tayyorlov xarajatlarining tegishli 
Material turiga to‘g‘ri keladigan summasi hisoblab chiqiladi. Agar transport-tayyorlov xarajatlarining 
summasi sotib olingan har bir Material turi bo‘yicha shartnoma bahosiga qo‘shilsa, sotib olingan har 
bir Material turining haqiqiy tannarxi kelib chiqadi. 
Ushbu misolda bir oy ichida sotib olingan Materiallarga taalluqli transport xarajatlarining 
umumiy summasi 4200 so‘mni (1200Q3000), ya'ni 7,0%ni (4200:60000x100) tashkil etgan. 
Materialar turiga tegishli transport-tayyorlov xarajatlarini taqsimlash quyidagicha hisob-kitob 
qilinadi: 
«A» Materialga q 
so‘m 
«B» Materialga q 
so‘m 
Sotib olingan Materiallarning haqiqiy tannarxi quyidagicha: 
1400
100
0
,
7
20000
=

2800
100
0
,
7
40000
=



«A» Material– 20000+1400=21400 
«B» Material– 40000+2800=42800
Jami: 64200 
Sotib olingan Materiallar har bir turi bo‘yicha bir birligining tannarxini aniqlash uchun alohida 
tannarx hisob-kitobi bajariladi (4.1-jadval) 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling