Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-muomala .
4-muomala. Sotib olingan Materiallar shartnoma bahosi bo‘yicha (60000 so‘m) omborga
kirim qilindi. Ularning kirimi 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» aktiv schotining debetida aks ettiriladi. 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti debetida avval aks ettirilgan faktura qiymati (60000 so‘m) uning krediti bo‘yicha hisobdan chiqariladi. D-t 1010-«Xom-ashyo va Materiallar» schoti – 60000 so‘m. K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti – 60000 so‘m Muomalalarni sintetik schotlarda aks ettirish bilan bir vaqtning o‘zida «A» va «B» Materiallarni hisobga oladigan analitik schotlarda ham ularning ulgurji baholari bo‘yicha, ya'ni «A» Material – 20000 so‘m va «B» Material 40000 so‘m aks ettiriladi. 5-muomala. Mol yetkazib beruvchilardan olingan Materiallar bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlariga to‘g‘ri keladigan farq summa (4200 so‘m) aniqlandi (2-muomala bo‘yicha 1200 so‘m Q 3-muomala bo‘yicha 3000 so‘m). Ushbu summa 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schotining debet oboroti (64200 so‘m) va kredit oboroti (60000 so‘m) ni solishtirish natijasida aniqlanadi. Mazkur schotni yopishda farq summa (4200 so‘m) 1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar» schotining debetiga olib boriladi, ya'ni: D-t 1610-«Materiallar qiymatidagi farqlar» schoti 4200 so‘m K-t 1510-«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schoti 4200 so‘m 6-muomala. Mol yetkazib beruvchilarga shartnomaga muvofiq o‘tkazilgan 15 foizlik oldin to‘lov (bo‘nak) – 9180 so‘m hisobga qabul qilindi: D-t 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" – 9180 so‘m K-t 4310-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘langan bo‘naklar» schoti– 9180 so‘m. 7-muomala. Hisob-kitob schotidan qarzning qolgan qismini qoplash uchun o‘tkazildi. Mol yetkazib beruvchilarga ulardan sotib olingan Materiallar va ular tomonidan qilingan transport xarajatlari uchun … … … … …52020 so‘m Transport tashkilotiga Materiallarni temir yo‘l stansiyasidan korxona omboriga tashib keltirganligi uchun … … … … … … … … … … 3000 so‘m J a m i55020 so‘m Ushbu muomala natijasida mol yetkazib beruvchilarga va transport tashkilotiga qarz kamayishi sodir bo‘ladi, shuning uchun 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schotining debeti va pul mablag‘larini to‘lash natijasida 5110-«Hisob-kitob schoti» ning krediti bo‘yicha kamayish sodir bo‘ladi. Dt 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti55020 so‘m. Kt 5110-«Hisob-kitob schoti»55020 so‘m. Tayyorlangan har bir Materialning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun maxsus hisob-kitob ishlarini amalga oshirish zarur. Buning uchun transport-tayyorlov xarajatlarining sotib olingan Materiallar shartnoma qiymatidagi ulushi(foizi)ni topish kyerak. So‘ngra aniqlangan foiz bo‘yicha, analitik schotlar ma’lumotlaridan foydalangan holda transport-tayyorlov xarajatlarining tegishli Material turiga to‘g‘ri keladigan summasi hisoblab chiqiladi. Agar transport-tayyorlov xarajatlarining summasi sotib olingan har bir Material turi bo‘yicha shartnoma bahosiga qo‘shilsa, sotib olingan har bir Material turining haqiqiy tannarxi kelib chiqadi. Ushbu misolda bir oy ichida sotib olingan Materiallarga taalluqli transport xarajatlarining umumiy summasi 4200 so‘mni (1200Q3000), ya'ni 7,0%ni (4200:60000x100) tashkil etgan. Materialar turiga tegishli transport-tayyorlov xarajatlarini taqsimlash quyidagicha hisob-kitob qilinadi: «A» Materialga q so‘m «B» Materialga q so‘m Sotib olingan Materiallarning haqiqiy tannarxi quyidagicha: 1400 100 0 , 7 20000 = • 2800 100 0 , 7 40000 = • «A» Material– 20000+1400=21400 «B» Material– 40000+2800=42800 Jami: 64200 Sotib olingan Materiallar har bir turi bo‘yicha bir birligining tannarxini aniqlash uchun alohida tannarx hisob-kitobi bajariladi (4.1-jadval) Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling