Jami
120000
Buxgaltyer
Ahmedov S.I.
Memorial-orderlar tuzilish me’yoriga qarab ro‘yxatga olish jurnalida qayd qilib boriladi (3.2-jadval).
4.2-jadval
Memorial-orderlarni ro‘yxatga olish jurnali
Yanvar 200__ y.
Memorial-orderning tartib raqami
Orderning sanasi
Memorial-orderdagi
summa
1
2 yanvar
120000
2
4 yanvar
80500
va h.k.
Yanvar uchun jami
4005000
Shunday qilib, memorial-orderlar ro‘yxatga olish daftariga yozilganda ularga tartib raqami
beriladi.
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari jami bo‘yicha
tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorial-orderlarga
oldindan raqam berilgan
bo‘ladi. Masalan, «Kassa» schotining debeti va u bilan korrespondensiyalanadigan
schotlarning
krediti bo‘yicha muomalalarni yozish uchun №1
memorial-order, «Kassa»
schotining krediti
bo‘yicha esa №2 memorial-order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schotlar bo‘yicha
ularni oy oxirida sintetik schotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan memorial-
order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan so‘ng yozuvlar Bosh
daftardagi sintetik schotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order shaklining
Bosh daftari ikki tomonlama
yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schot uchun alohida yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda
memorial-orderlarning yozuvlari har bir schot bo‘yicha korrespondensiyalanuvchi schotlar
ko‘rsatilgan holda yozilib, u yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir
yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi. Bunday shakldagi Bosh
daftar nazorat-shaxmat qaydnomasi deb ham ataladi. Bosh daftar schotlarida
faqat hisobot davri
uchun joriy oborotlar hisobga olinadi.
Bosh daftar schotlarining shakli har bir korrespondensiyalanuvchi schot bo‘yicha
debet va
kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga ega (4.3-jadval):
Do'stlaringiz bilan baham: