Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Hisob registrlari deb boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarda aks ettirilgan xo‘jalik 
muomalalarini joriy tartibda yozib borish uchun moslashtirilgan, ya’ni korxona aktivlari, 
passivlari va xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning iqtisodiy guruhlanishiga 
mos tuzilgan maxsus shakldagi jadvallarga aytiladi.
5110-«Hisob-kitob schoti»
D-t 
К-t
1010-«Xom-ashyo va
materiallar» schoti
D-t К-t
1610-«Materiallar qiymatidagi 
farqlar» schoti
D-t К-t 
4310-«Mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilarga berilgan
D-t bo

naklar» schoti
К-t 
6010-"Mol yetkazib beruvchilar va 
pudratchilarga to

lanadigan
D-t schotlar" schoti К-t 
1510-«Materiallarni 
tayyorlash va xarid 
D-t qilish» schoti К-t











faoliyatini nazorat va rahbarlik qilish uchun hisobotlar tuziladi.
Hisob registrlaridan olingan ma’lumotlar korxona va uning bo‘linmalariga rahbarlik va 
nazorat qilish, hamda iqtisodiy tahlil qilishda foydalaniladi. 
Xo‘jalik muomalalarini hisob registrlariga yozish hisobda qayd qilish deyiladi (3.1-rasm). 
4.2-rasm. Xo‘jalik muomalalarini hisobda qayd qilish jarayoni 
Hisob registrlarining mazmuni va ularni grafalash xo‘jalik muomalalarining xususiyati hamda 
ularni hisobga olish tartibiga bog‘liq. 
Buxgalteriya hisobi registrlari tashqi ko‘rinishlariga ko‘ra buxgalteriya daftarlari, kartochkalari
alohida varaqalarga va mashinogrammalarga bo‘linadi
Buxgalteriya daftarlari – bir-biriga biriktirilgan va muqovalangan qog‘oz varaqlaridir. 
Muqovasida muayyan korxonaning nomi, hisobot yili va buxgaltyerlik hisobi schotlarining nomi va 
shifri ko‘rsatiladi. Daftar varaqlari buxgalteriya yozuvlari yozilishiga qadar raqamlanadi, ayrim 
maxsus ahamiyatga ega bo‘lgan daftarlar ip o‘tkazib, ipning uchlari daftarning oxirgi betiga 
surg‘uchli muhr bilan muhrlanadi va «Ushbu daftarda hamma betlar raqamlangan» degan yozuv 
yozilib, korxona rahbari va bosh buxgaltyerining imzolari quyiladi. Daftarning kyerakli betini tez 
topish maqsadida uning birinchi betiga mundarija qilinadi. 
So‘nggi yillarda daftar shaklidagi hisob registrlari kam qo‘llanilmoqda. Chunki, ular hisob 
xodimlari orasida vazifalarni taqsimlashda noqulay va xo‘jalik muomalalarini qayd qilishda hisoblash 
texnikasidan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Kartochkalar xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish uchun mo‘ljallangan bir xil shakldagi 
qog‘oz va kartondan tayyorlangan, maxsus rekvizitlari matbaa usulida bosilgan jadvallardir. Ular 
analitik hisob uchun ishlatiladi.
Kartochkalar ochilish vaqtida maxsus reestrda qayd qilinadi. Yil boshida reestrda avval 
qoldig‘i bor schotlar bo‘yicha ochilgan kartochkalar, so‘ngra yangi ochilgan kartochkalar xronologik 
tartibda qayd qilinadi. Amalda kartochkalar bir nusxada ochiladi va korxona buxgalteriyasida maxsus 
quti-kartotekalarda saqlanadi. Kartochkalarni saqlash va ulardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun 
kartoteka bo‘lgichlar (karton plastinkalar) va indiqatorlar (metall plastinkalar) bilan jihozlanadi. 
Jamlash va hisoblash texnikasida bajarilganda ham kartochkalardan foydalanish yozuvlarni 
bajarishga imkon beradi. Bundan tashqari ular hisob xodimlari o‘rtasida ishni taqsimlashda yordam 
beradi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling