Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
3.8. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish
3.8.1.Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi Korxonaning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish hisob yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirib turish uchun joriy hisob ma’lumotlari vaqti-vaqti bilan jamlanib turiladi. Amalda bunday joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish har oyda oborot qaydnomalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oborot qaydnomalari sintetik schotlar bo‘yicha ham, analitik schotlar bo‘yicha ham tuziladi. Sintetik schotlarning qoldiq va oborotlari asosida iyul oyi uchun oborot qaydnomasi quyidagicha tuziladi. Bu oborot qaydnomasi sintetik schotlardan boshlang‘ich qoldiqlar, jamlangan oylik oborotlar va oxirgi qoldiqlarni bevosita ko‘chirib o‘tkazish yo‘llari bilan tuziladi (2.7-jadval). Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasida uchta juft tenglik mavjudligini ko‘rish mumkin: birini juftlik – barcha schotlarning boshlang‘ich debet qoldiqlari va boshlang‘ich kredit qoldiqlar yig‘indisining o‘zaro tengligi. ikkinchi juftlik – debet oborotlari va kredit oborotlari yig‘indisining o‘zaro tengligi bo‘lib, xo‘jalik muomalalarini schotlarga ikki yoqlama aks ettirish usulining qo‘llanilishi bilan tushuntiriladi. Bunda har bir xo‘jalik muomalasi bir xil summa bilan tegishli schotlarning debet va kreditga yoziladi. uchinchi juftlik – barcha schotlarning oxirgi debet qoldiqlari va kredit qoldiqlari yig‘indisining o‘zarotengligidir. Bu qoldiqlar oy oxirida yangi balansda aks ettirilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar va manbalarning tarkibini tavsiflaydi. 3.7-jadval Sintetik schotlarning OBOROT QAYDNOMASI ,20- yil iyul № Sintetik schotlar nomi 1 iyulga qoldiq Iyul oyidagi oborot 1 avgustga qoldiq Debet Kredit Debet Kredit Debet Kredit 1 Asosiy vositalar 1 480 00 0 - - - 1480 000 - 2 Xom-ashyo va Materiallar 2 820 00 0 - 1 548 00 0 1 332 00 0 3 036 00 0 - 3 Asosiy ishlab chiqarish 164 400 240 000 1 332 00 0 - 1 496 40 0 240 000 4 Kassa 3 900 - 400 000 400 000 3 900 - 5 Hisob-kitob schoti 3 186 70 0 - 2 200 00 0 3 000 00 0 2 386 70 0 - 6 Boshqa debitorlar qarzi 3 400 00 0 - - 220 000 120 000 - 7 Boshqa majburiyatlar 6 640 00 0 140 000 110 000 110 000 8 Ustav kapitali - 3 000 00 0 - - - 3 000 00 0 9 Taqsimlanmagan foyda - 395 000 - - - 395 000 1 0 Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha - 680 000 461 000 491 000 - 710 000 hisoblashuvlar 1 1 Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar - 6 600 00 0 3 000 00 0 1 548 00 0 - 5 148 00 0 J a m i 11 055 0 00 11 055 0 00 9 081 00 0 9 081 00 0 9 603 000 9 603 000 Yuqorida ko‘rsatilgan tengliklardan birortasining buzilishi xo‘jalik muomalalarini schotlarga yozishda yoki summalarni jamlashda xatoga yo‘l quyilganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot qaydnomasi schotlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, yangi balans tuzishda ham ishlatilar ekan. Agar korxonada «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yuritilsa, u holda sintetik schotlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan oborot qaydnomasi boshqa jami nazorat summasini tekshirishga ham imkon beradi. Ya'ni sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasidagi debet va kredit oborotlarining yig‘indisi ko‘rsatilgan daftardagi oborotlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim. Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi, avvalo nazorat ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni aniqlashga imkon beradi. Agar oborot qaydnomasidagi juftliklardan birortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro teng chiqmasa, buning sababi quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1. Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri yozilgan, ammo uning bilan korrespondensiyalangan schotning krediti bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan yoki aksincha bo‘lishi mumkin. 2. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta yozilib, ammo boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan, yoki aksincha, bitta schotning kreditida ikki marta yozilib, uning bilan korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi mumkin. 3. Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta va boshqa schotning kreditiga ikki marta yozilgan. 4. Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa schotning kredit qoldig‘i va (yoki) debet oboroti sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin. 5. Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik operatsiyalarining soni kam sodir bo‘ladigan va mulklari kam bo‘lgan, ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar, masalan, dehqon xo‘jaliklarida joriy buxgalteriya hisobi yozuvlarining to‘liqligi va ishonchliligi “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari” yordamida nazorat qilinadi (2.8-jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling