www.ziyouz.com kutubxonasi
6
«Ikkita oppoq libosdagi kishi akam Muhammadni olib ketishdi», dedi.
Horis baqirib yubordi: «Olib ketishdi? Axir u bizlarga omonat-ku! Unga va salomatligiga
javobgarmiz-ku!»
Halima va eri Muhammad haqida gapirib yugurib ketishdi. Men ham nima bo‘lganini
ko‘rish uchun ularga ergashdim.
Bizlar Muhammadning bamaylixotir turganini ko‘rdik. Uning shirin tabassumi misoli
yangi chiqayotgan quyoshdek yuziga nur berib turardi. Uning sog‘-salomatligidan Halima
va Horis juda xursand bo‘lishdi. Lekin qo‘rqib ketishganidan bolani qaytarib berishga
qaror qilishdi.
Muhammad bizlarni tark qildi. Ammo u bizlarga o‘zi olib kelgan yaxshiliklarni, yomg‘ir va
o‘tloqlarni tashlab ketdi. Keng rizqni, saodat, xursandchilikni tashlab ketdi. Ikki oq
kiyimdagi kishilar haqida eshitganimizdan so‘ng mehrimiz yana oshdi. U ikkisi maloikalar
(farishtalar) ekan. Ular Muhammadning qalbini tozalash uchun kelishgan ekan. Bu unga
katta bir hidoyat risolatining kelishligiga dalolat, o‘ziga xos tayyorgarlik edi. Bu Islom
risolatidir. Alloh hammamizni to‘g‘ri yo‘lga boshlasin.
Shu yerda, aziz bolajonlar, Halimaning eshagi boshidan kechirgan xotiralar intihosiga
yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |