Reja: Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri


Download 249.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana05.01.2022
Hajmi249.76 Kb.
#223246
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Tamaki mahsulotlari xillari va zarari



Tamaki mahsulotlari xillari va zarari

Reja:


1.

Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri

2.

Bemaza qovunning urug’I ko’p bo’ladi



3.

Chekish va tamakiga qarshi hukumat

4.

Xulosa o’zingizdan



Chekishing inson salomatligiga salbiy ta’siri

Chekish — ayrim tutovchi oʻsimlik mahsulotlari (tamaki, afʼyun va

boshqalar) tutunidan nafas olish. Tamaki Ch. keng tarqalgan zararli

odatlardan boʻlib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sogʻligʻiga

yomon taʼsir etadi; yuraktomir, meʼda, oʻpka kasalliklari rivojlanishiga olib

keladi. Tamaki chekkan odam unga oʻrganib, chekmasdan turolmaydigan

boʻlib qoladi. Tamaki tarkibidagi nikotin odam organizmiga kuchli taʼsir

etib, u markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qoʻzgʻatuvchi

taʼsir koʻrsatadi, arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni

toraytiradi; nafasni tezlashtiradi va h.k. Nikotin bilan birga tamaki

tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Tamaki tutunida

kanserogen moddalar boʻladi. Tamaki tutunidan tish emali shikastlanadi,

kariyes, stomatit, gingivit kabi kasalliklar vujudga keladi, u bronxlar shilliq

pardasiga taʼsir etib, surunkali bronxit va oʻpka emfizemasiga, keyinchalik

tuzatib boʻlmaydigan xavfli oʻsmalar rivojlanishiga olib keladi.

Surunkasiga uzoq vaqt chekish kishining tez qarishiga sabab boʻladi.

Toʻqimalarning kislorod bilan yomon taʼminlanishi, mayda tomirlarning

torayishi chekuvchilarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirib yuboradi (koʻz oki

va teri sargʻimtir tusga kiradi, soʻlgʻinlik paydo boʻladi). Nafas yoʻllari

shilliq pardasidagi oʻzgarish tovushga taʼsir etadi (tovush boʻgʻiqlashadi,

odam xirillab nafas oladi). Nikotin yoshlarga va keksalarga ancha salbiy

taʼsir koʻrsatadi, chunki ularning nerv sistemasi nikotin taʼsiriga oʻta

sezuvchan boʻladi. Chekish homiladorlik davrida ayniqsa, zararlidir, bunda

nikotin ona qoniga oʻtib, homilani zaharlaydi. chekish irsiyatni ham

zaharlab, nimjon, nuqsonli farzandlar tugʻilishiga olib kelishi mumkin.




Tamakining vatani janubiy amerika, uni ispanlar 16-a.da evropaga

keltirgan. Dastavval tamakini xidlash yoki chaynash odat bo’lgan. Bora

bora u chekiladigan bo’ldi, chunki tamaki chekilganda undagi asosiy

modda – nikotin kuchliroq ta’sir etadi. Nikotin markaziy va periferik nerv

sistemasiga vaqtincha qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi(q. Periferik nerv

sistemasi, Markaziy nerv sistemasi), arterial qon bosimini oshiradi, mayda

qon tomirchalarini toraytiradi; nafasni tezlashtiradi, ovqat hazm qilish

sistemasining shirasini kuchaytiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi

yonish mahsulotlari ham organizmni zaxarlaydi. Shuning uchun

chekmaydigan kishilarning chekilgan xonada bo’lishi zararlidir. Tarkibida

yonish mahsuloti bo’lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi

kislorodni kamaytirib yuboradi(kislorodni tashuvchi gemoglabin o’zining

kislorodni biriktirib olish funksiyasini yo’qotadi). U bronxlar shilliq

pardasiga ta’sir ko’rsatib, xronik bronxit va o’pka emfizemasiga sabab

bo’ladi. Tamaki chekuvchilar hadeb yo’taladigan bo’lib qolishadi.

Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay

darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining

nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki tutunini

ichga tortib, u o’z salomatligi, immuniteti va nafas olish va yurak-tomir

tizimiga shikast yetkazadi. Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar

ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi:

ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan

gap bilan ovutishadi. Biroq, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zigina

bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor




ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi.


Download 249.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling