Microsoft Word Èáòèäîèé11. doc
Download 109.23 Kb.
|
b6b0e44868afb26c9a5ccd39b93a2233 ibtidoiy jamoa tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-asosiy savol: Ibtidoiy to’da jamoasida mehnat, jinsiy munosabatlar Maqsad
NAZORAT TOPSHIRIQLARI:
Ibtidoiy poda yoki jamoa arafasi tushunchasini ta’riflang. Nima uchun qadimgi odam yolg’iz bo’lganda yashay olmasligini ayting. Ibtidoiy podani fanda boshqa nomlanishlarini ko’rsating: A. neandertal V. urug’chilik jamoasi S. ibtidoiy to’da D. Jamoa arafasi E. S va D javoblari to’g’ri Ibtidoiy poda xo’jalik turlarini ko’rsating A. kulolchilik, ziroatchilik V. dehkonchilik, xunarmandchilik S. ziroatchilik, ovchilik D. Baliqchilik, ovchilik E. Ovchilik, dehqonchilik Ibtidoiy to’da hayotida ovchilikning o’rnini baholang, Ibtidoiy odamlar to’dasi davrining xronologik chegaralarini 2-asosiy savol: Ibtidoiy to’da jamoasida mehnat, jinsiy munosabatlar Maqsad: Ibtidoiy to’da jamoasida mehnatning rolini tushuntirish, jinsiy munosabatlarni ta’riflab berish, ibtidoiy oila tushunchasini izohlab berish. IDENTIV O’QUV MAQSADLARI: Ibtidoiy to’dada mehnat va uning o’rnini tushuntiradi. Ibtidoiy to’dadagi jinsiy munosabatlarni izohlaydi. Qon-qarindoshlik oila haqida tushunchaga ega bo’ladi. Insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi mehnat tufayli bo’lganligi ma’lumdir. Mehnat o’zidan o’zi insonning tabiatga jamoa tarzida ta’sir etish formasi bo’lgan. Hatto eng oddiy mehnat turlariga o’tish faqat jamoada bo’lishi mumkin edi, ya’ni xulq-atvorning ijtimoiy formalari sharoitlarida mumkin edi. SHuning uchun ham ibtidoiy jamoa tarixi va antropogenezning ilk bosqichlarida oziq-ovqatni topish va taqsimlashda hayvoniy egaizmni bostirish kelib chiqa boshlagan. Bu jarayon tabiiyki, aynan o’zaro yordam va aloqalar mustahkam bo’lgan jamoalarning boshqa to’da va tabiiy ofatlarga qarshi tura olishga va yashab kelishga imkon bergan. Hayvoniy egaizmni yo’q qilish ayniqsa muste davrida yaqqol namoyon bo’ladi. Ibtidoiy to’dadagi tabiiy va ijtimoiy jihatlar kurashining asosiy yo’llaridan biri jinsiy munosabatlar bo’lgan. Bu sohada hayvoniy instinktlar ayniqsa kuchli namoyon bo’lib, rivojlanib borayotgan jamiyat tomonidan qattiq ta’sirga uchragan. Ma’lumki, hozirgi davrda primatlarning ayrim turlari, masalan shimpanze maymunlari, to’da bo’lib yashab, unda ayrimlari juft oila bo’lib yashasa, boshqa birlarida bitta katta erkak jinsidagi maymun qolib bir nechta urg’ochi jinsidagi maymunlar bo’ladi. Ibtidoiy to’dadagi jinsiy munosabatlar ham ushbu munosabatlarga o’xshash bo’lgandir. Urg’ochilar uchun ko’plab janjallar kelib chiqadi. SHuning uchun ham ayrim olimlarning fikricha, ibtidoiy jamoa faqatgina unda zoolik oilalarni birlashtirgan va katta yoshdagi erkaklarni o’zaro bir birini chidagan holdagina, ya’ni tartibsiz jinsiy munosabatlarning o’rnatilishi yoki promiskuitetning o’rnatilishi sharoitida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan. Hozirgi kunda ham ayrim qoloq qabilalarda promiskuitet bayramlari nishonlanib keladi. Biroq, boshqa fikrga ko’ra, ibtidoiy to’da hayvonlardan haramlik oilaviy munosabatlarni merosga olgan bo’lib, jinsiy hayot reglamentlashtirilgan edi. SHunday bo’lsa, ibtidoiy to’da bir necha haram birlashmalaridan iborat bo’lganini, ularning o’z boshliqlari (eng kuchli erkaklari) o’lgani tuyfayli, yoki ayollar uchun janjallar tufayli qayta guruhlarga taqsimlanishini tan olshimiz kerak. L.G.Morgan o’zining "Qadimgi jamiyat" degan asarida nikoh-oila munosabatlarining eng qadimgi formasi qon-qarindloshlik Oilasi bo’lgan. Morganning ta’kidlashicha, qon-qarindoshlik oilada nikoh birligi faqat bir avlod kishilarini - ya’ni barcha qarindoshlarni, opa-akalar, ularning ota-onalari avlodlari, ularning bobo-momolari avlodlarini o’zida mujassam etgan. Turli avlodlar o’rtasida nikoh munosabatlari ta’qiqlangan. Hozirgi kunda deyarli hamma tadqiqotchilar Morgan gipotezasini xato deb tan oldilar va bu muammo hozirgi kunda ham dolzarb bo’lib turmoqda. Download 109.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling