Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta'minot funksiyalarini amalga oshirish


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/55
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1589725
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

4.2 Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ta'minot funksiyalarini amalga oshirish 
Logistika konsepsiyasiga muvofiq, korxonani mehnat buyumlari bilan ta'minlash 
jarayonida moddiy oqimlarni boshqarishga tizimli yondashishni amalga oshirish bo‘yicha 
tadbirlar ham bo‘lishi lozim. 
Xarid logistikasining oldingi paragrafdagi vazifalarini bajarishning, O‘zbekiston 
sharoitida murakkablashuviga yaqin o‘tmishimiz sabab. Ilgari korxonalar oldida bunday 
vazifalar umuman turmasdi, chunki resurslar qayta taqsimlanardi. 
Ta'minotni tashkil etishning ikki variantini ko‘rib chiqaylik. Ular, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani xom ashyo bilan ta'minlash jarayonida moddiy 
oqimlarni boshqarishga tizimli yondashish imkoniyatlari borasida bir-biridan prinsipial tarzda 
farqlanadilar. 
4.1- 
rasmda, tepada qayd etilgan masalalar har xil funksional bo‘limlar o‘rtasida 
taqsimlangan korxonaning tashkiliy tuzilmasi taqdim etilgan. Bunda ko‘rinib turibdiki, nima 
sotib olish va qancha sotib olish masalasi ishlab chiqarish bo‘yicha masala rahbariyat 
tomonidan yechiladi. 
4.1- 
Rasm. Ta'minot funksiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar va 
masalalar 
4.2- 
rasmda keltirilgan variantda, korxona ta'minoti bo‘yicha barcha funksiyalarni 
bir qo‘lda, masalan moddiy-texnikaviy ta'minot bo‘limiida, mujassamlanishi ko‘zda tutiladi. 
Xarid qilingan mehnat buyumlarini omborga qo‘yish ishlari ham shu yerda bajariladi. 
Ta'minot ishlari ham shu yerda bajariladi, ya'ni shartnomalar tuziladi, ularning 
bajarilishi nazorat qilinadi, sotib olingan mahsulotlarni yetkazish tashkil etiladi. Natijada 
ta'minot jarayonidagi moddiy oqimlarni boshqarish funksiyasi har xil bo‘limlar orasida 


taqsimlangan va uni samarali amalga oshirilishi qiyinlashgan vaziyatga duch kelamiz. 
Bunday tuzilma, mehnat buyumlarini xarid qilish bosqichida moddiy oqimlarni logistik 
optimallashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling