etadi. Zaxiralarning bu kategoriyasi, keyingi yetkazishlargacha bo‘lgan davr ichida
ishlab chiqarish yoki savdo jarayonining uzluksizligini ta'minlaydi. Joriy zaxiralar hajmi
doimo o‘zgarib turadi.
Ehtiyot zaxiralari - turli xil ko‘zda tutilmagan hollarda ishlab chiqarish yoki savdo
jarayonini uzluksizligini ta'minlash uchun mo‘ljallangandir. Bunday hollarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
yetkazishlar davriyligi va kattaligi shartnomadagidan farq qilishi;
-
materiallar va tovarlarning turli sabablar bilan yo‘lda to‘xtab qolishi;
-
talabni kutilmagan oshib ketishi;
Shunday qilib, ehtiyot zaxiralari yaxshi rivojlanmagan xo‘jalik munosabatlari va
noto‘g‘ri bashoratlardan o‘zini asrash uchun yaratiladi.
Ehtiyot zaxiralarining hajmi, odatda, o‘zgarmas bo‘ladi.
Mavsumiy zaxiralar - ishlab chiqarish, iste'mol yoki tashish mavsumiy xususiyatga
ega bo‘lganda paydo bo‘ladilar. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab
chiqarish, qayta ishlash va tashish uchun ayniqsa muhimdir. Misol tariqasida yig‘im-
terim mavsumida yoqilg‘i iste'molini keltirish mumkin. +ishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishining mavsumiyligini hisobga olgan holda unga tegishli deyarli barcha zaxiralar
mavsumiy deb hisoblanishlari mumkin.
Bundan tashqari moddiy zaxiralarning quyidagi turlari mavjud:
-
o‘tuvchi;
-
tayyorgarlikli;
-
nolikvid;
-
yo‘ldagi zaxiralar va b.
Моддий захиралар
7.1-
Rasm. Moddiy zaxiralarning asosiy turlari
O ‘tuvchi zaxiralarga hisob davrining oxiridagi moddiy vositalar resurslarining
Do'stlaringiz bilan baham: |