Microsoft Word 13. Ma'Ruzalar matni


(bosqichida) barpo etiladilar va strategik uzoq muddatli qarorlarni qabul qilishga


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/55
Sana18.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1589725
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

(bosqichida) barpo etiladilar va strategik uzoq muddatli qarorlarni qabul qilishga 
yordam beradilar. yechiladigan masalalar orasida quyidagilar bo‘lishi mumkin: 
- logistik zanjir bo‘g‘inlarini yaratish va ularni optimallashtirish; 
- shartli-muntazam, ya'ni kam o‘zgaradigan ma'lumotlarni boshqarish; 
- ishlab chiqarishni rejalashtirish; 
- zaxiralarni umumiy boshqaruvini amalga oshirish; 
- rezervlarni boshqarish va boshqa masalalar. 
Dispozitiv axborot tizimlari. Bu tizimlar ombor yoki sexni boshqarish 
darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va logistik tizimlarning yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan ishini ta'minlash uchun xizmat qiladilar. Bunda quyidagi masalalar o‘z 
yechimini topishlari mumkin: 
- zaxiralarni (omborga qo‘yishni) ... boshqarish; 
- ombor (q.x. korxonasi) ichidagi transportni boshqarish; 
- buyurtmalar bo‘yicha yuklarni tanlash, butlash, jo‘natiladiganlarini 
hisobga olish va boshqalar. 
Boshqaruvchi axborot tizimlari ma'muriy yoki operativ boshqaruv darajasida 
(bosqichida) barpo etiladilar. Bu tizimlarda axborotlarni qayta ishlanishi, ularni 
EHMga kelib tushishi tezligida amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi birdaniga 
amalga oshiriladi, hamda ishlab chiqarish va xizmatlarining hozirgi holati to‘g‘risida 
ma'lumot olish, hamda boshqaruv ob'ektlariga nisbatan tadbirlarni o‘z vaqtida 
o‘tkazish imkonini beradi. Ushbu tizimlar moddiy oqimlar nazorati, ishlab 
chiqarishga xizmat ko‘rsatishni operativ boshqaruvi, harakatlanishlar boshqarilishi 
va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lgan turli xildagi masalalarni yechishlari mumkin. 


Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta'minlovchi tizimchalarda ham farqlar mavjud. Rejali, 
dispozitiv va bajaruvchi axborot tizimchalari dasturiy ta'minotining tavsifiy xususiyatlariga 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Moddiy oqimlarni boshqarishning ko‘p bosqichli avtomatlashgan tizimlarini 
yaratish, dasturiy ta'minot ishlab chiqish sohasidagi katta xarajatlar bilan bog‘liqdir. 
Dasturiy ta'minot bir tomondan tizimning ko‘p funksionalliligini, ikkinchi tomondan esa 
uning yuqori darajadagi integratsiyasini ta'minlashi lozim. Shu munosabat bilan, logistika 
sohasida boshqaruvning avtomatlashgan tizimlarini yaratishda nisbatan arzon bo‘lgan, 
mahalliy sharoitlarga moslashgan, standart dasturiy ta'minotni ishlatish imkoniyatlari 
izlanishi kerak. 
Hozirgi kunda yetarlicha takomillashgan dasturlar paketlari yaratilmoqda. Ammo 
ular axborot tizimlarining barcha turlarida qo‘llanilavermaydi. Bu moddiy oqimlar 
boshqaruvida yechiladigan masalalarning standartlashish darajasiga bog‘liq. 
Rejali axborot tizimlaridagi masalalarni yechishda standartlashish darajasi eng 
yuqori, bu esa standart dasturiy ta'minotni deyarli qiyinchiliklarsiz moslashtirish imkonini 
beradi. Dispozitiv axborot tizimlarida standart dasturlar paketini moslashtirish imkoniyati 
past. Bu bir qator sabablarga bog‘liq: 
- korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoni tarixan shakllanib kelgan va biror- bir 
o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi; 
- turli foydalanuvchilardagi qayta ishlanadigan ma'lumotlar tuzilmasi keskin 
farqlanadi. 
Bajaruvchi axborot tizimlaridagi boshqaruvning operativ darajasida, ko‘p hollarda, 
individual dasturiy ta'minot qo‘llaniladi. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling