etilishi, ana'naviy ahborot tizimlarinikidan sezilarli ravishda farq qilishi mumkin.
Logistikada axborot tizimlari barcha unsurlarni har tomonlama integratsiyasini,
ta'minlashlari lozim. «Logistik tizimlarning axborot texnik ta'minoti, axborot jihatlari va
uni qayta ishlashning texnik vositalari to‘plami bilan emas, balki ularni barpo etish
uchun qo‘llaniladigan uslublar va tamoyillar bilan farq qiladi».
Axborot tizimi ta'rifini quyidagicha ifodalash mumkin: axborot tizimi - bu u
yoki bu funksional masalalar (logistikada - moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha
masalalar) yechimini ta'minlovchi, o‘zaro bog‘langan hisoblash texnikasi
vositalarining muayyan tarzda tashkil etilgan yig‘indisi birligidir.Logistikada axborot
tizimlari turlari
Logistikada axborot tizimlari ayrim korxona miqyosidagi moddiy oqimlarni
boshqarish maqsadida, yoki mintaqa, mamlakat va hattoki mamlakatlar guruhlari
hududidagi logistik jarayonlarni tashkil etishga yordam berish uchun tashkil etilishlari
mumkin. (11.2- rasm).
11.2- Rasm. Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimlari turlari
Ayrim korxona miqyosidagi axborot tizimlarini o‘z navbatida uch guruhga
ajratadilar:
- rejali;
- dispozitiv (yoki dispetcherlik);
- bajaruvchi (yoki operativ).
Har xil guruhlarga mansub bo‘lgan logistik axborot tizimlari, o‘zlarining
funksional va ta'minlovchi tizimchalari bilan farqlanadilar. Ta'minlovchi tizimchalar
o‘zlarining barcha unsurlari, ya'ni texnik, axborot va matematik ta'minoti bilan bir-
biridan farq qilishlari mumkin. Ayrim axborot tizimlarining xususiyatlariga batafsil
to‘xtalib o‘tamiz.
Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar boshqaruvning ma'muriy darajasida
Do'stlaringiz bilan baham: |