Rasm. Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimlari turlari
Ayrim korxona miqyosidagi axborot tizimlarini o‘z navbatida uch guruhga
ajratadilar:
dispozitiv (yoki dispetcherlik);
bajaruvchi (yoki operativ).
Har xil guruhlarga mansub bo‘lgan logistik axborot tizimlari, o‘zlarining
funksional va ta'minlovchi tizimchalari bilan farqlanadilar. Ta'minlovchi tizimchalar
o‘zlarining barcha unsurlari, ya'ni texnik, axborot va matematik ta'minoti bilan bir
biridan farq qilishlari mumkin. Ayrim axborot tizimlarining xususiyatlariga batafsil
Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar boshqaruvning ma'muriy darajasida
(bosqichida) barpo etiladilar va strategik uzoq muddatli qarorlarni qabul qilishga
yordam beradilar. yechiladigan masalalar orasida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
logistik zanjir bo‘g‘inlarini yaratish va ularni optimallashtirish;
muntazam, ya'ni kam o‘zgaradigan ma'lumotlarni boshqarish;
chiqarishni rejalashtirish;
zaxiralarni umumiy boshqaruvini amalga oshirish;
rezervlarni boshqarish va boshqa masalalar.
Dispozitiv axborot tizimlari. Bu tizimlar ombor yoki sexni boshqarish
darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va logistik tizimlarning yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan ishini ta'minlash uchun xizmat qiladilar. Bunda quyidagi masalalar o‘z
yechimini topishlari mumkin:
zaxiralarni (omborga qo‘yishni) ... boshqarish;
ombor (q.x. korxonasi) ichidagi transportni boshqarish;
buyurtmalar bo‘yicha yuklarni tanlash, butlash, jo‘natiladiganlarini
hisobga olish va boshqalar.
Boshqaruvchi axborot tizimlari ma'muriy yoki operativ boshqaruv
ichida) barpo etiladilar. Bu tizimlarda axborotlarni qayta ishlanishi,
ularni EHMga kelib tushishi tezligida amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi
birdaniga amalga oshiriladi, hamda ishlab chiqarish va xizmatlarining hozirgi holati
olish, hamda boshqaruv ob'ektlariga nisbatan tadbirlarni o‘z
vaqtida o‘tkazish imkonini beradi. Ushbu tizimlar moddiy oqimlar nazorati, ishlab
chiqarishga xizmat ko‘rsatishni operativ boshqaruvi, harakatlanishlar boshqarilishi va
o‘lgan turli xildagi masalalarni yechishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |