2 - Laboratoriya ishi
Mavzu: Kommutatorda port xavfsizligi (port security) ni sozlash
Ishdan
maqsad:
Kommutatsiya
jadvallari
to`ldirilishiga
yo`naltirilgan
hujumlardan, tarmoqni himoya
qilish imkonini beruvchi
kommutatorning ―port- securityǁ funksiyasini sozlash bo`yicha
amaliy
ko`nikmalarga ega bo‘lish.
Qisqacha nazariy ma‟lumotlar
Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir
porti orqali tarmoqqa faqat
ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi.
Ushbu portga kirishga
ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi.
MAC- manzillar
dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan
tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi
tugunlar sonini cheklashga
imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga
oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga yo`naltirilgan
hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi