Microsoft Word 2-mustaqil ish tarmoqlar docx


Download 328.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.01.2023
Hajmi328.75 Kb.
#1100403
  1   2
Bog'liq
2-mustaqil ish tarmoqlar



 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI 
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI 
 
 
 
 
 
 
Bajardi: KI20-02-guruh talabasi
Khasanov.S.
Qabul qildi: Sattarov M.A. 
 
 
 
 
SAMARQAND – 2022 
 
 


 
 
Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari 
Oxirgi foydalanuvchilarning terminallari, provayderlarnng taqdim 
etadigan xizmat turlari, kundalik ish faoliyatidagi ehtiyojlar sabab bo’lsa 
kerak, MAN tarmoqlari ham simsiz ham simli texnologiyalar asosida 
samarali qurilmoqda va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda.
Idoralar, maktablar, campuslar va xonadonlar LAN tarmoqlari asosida 
qurilsa, shaharlar, shtatlar, viloyat yoki mamlakat MAN tarmoqlari asosida 
quriladi. Bunday katta hududlar ikki xil texnologiya asosida quriladi: simli 
va simsiz. Shahar ichi tarmoqlarida telekommunikatsiya xizmat 
provayderlari, masalan Interner provayderlari, foydalanuvchilarga, 
tashkilotlar, institutlarga ikki muhit orqali xizmatlarni taqdim etadi. 
Shaharlararo aloqa esa asosan optik kabellar orqali ta’minlanadi.
Simsiz MAN tarmoqlari. Hozirgi kunda Korea, Yaponiya kabi 
rivojlangan mamlakatlarda shahar tarmoqlarini simsiz texnologiyalar 
asosida qurish ommalashgan. Buning asosiy sabablaridan qilib 
foydalanuvchi terminallari (smartfon, noutbok, platshet, turli raqamli 
qurilmalar) simsiz bog’lanishlarni qo’llab quvvatlashidir. WiMAX, LTE va 
sputnik texnologiyalari asosida shahar telekommunikatsiya tarmoqlari 
simsiz ko’rinishda qurish mumkin.
WiMax (Worldwide Interoperability for Microwave Acces) - bu IEEE 
802.16 standartlari to'plamiga asoslangan simsiz keng polosali aloqa 
standartlari oilasiga mansub bo’lgan texnologiya hisoblanadi. WiMAX 
ikkita asosiy komponentdan tashkil topadi: WiMax antenna va WiMax 
terminal. Wi-Fi texnologiyasi singari, WiMax antenna foydalanuvchi 
kompyuteriga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi. Msobl uchun O’zbekistonda 
WiMax standarti asosida faoliyat olib borayotgan Internet provayderi EVO 
ham WiMax texnologiyasi asosida qurilgan. Foydalanuvchi WiMax 


modemini sotib oladi va WiMax antenna bilan bog’langan holda internet 
xizmatlaridan yuqori tezlikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Boshqacha qilib aytganda, WiMax ko'plab kichik, tarqoq hududlarni bitta 
ulkan simsiz ulanish nuqtasiga aylantiradi, ya’ni WiMax antennasi 50km 
hududga Internet xizmatlarini taqdim etadi. Quyidagi 2-rasmda WiMax 
texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i keltirilgan. 
2-rasm. WiMax texnologiyasi asosida qurilgan shahar tarmog’i 
"WiMAX" nomi 2001 yil iyun oyida standartning muvofiqligi va o'zaro 
muvofiqligini ta'minlash, shu jumladan tijorat sotuvchilari uchun oldindan 
belgilangan tizim profillarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan WiMAX 
forumi tomonidan yaratilgan. Forum WiMAX texnologiyasini "kabelli va 
DSL texnologiyalariga alternativ sifatida so'nggi milyani simsiz keng 
polosali tarmoq xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqqan. 
IEEE 802.16m yoki WirelessMAN-Advanced LTE Advanced standartiga 
mos ravishda 4G uchun nomzod standart hisoblanadi. 


WiMAX texnologiyasi dastlab ma'lumotlarni soniyasiga 30-40Mb 
tezlik bilan uzatish imkoniyatini qo’llab quvvatlagan bo’lsa, 2011 yilda 
yangilangan stantsiyalar soniyasiga 1Gbit tezlikkacha ma’lumot uzatish 
imkoniyatiga ega bo’lgan. Hozirgi kunda AeroMACS texnologiyasi ishlab 
chiqilgan bo’lib, u orqali aeroport hududi, samolyot va aeroportda 
joylashgan asosiy vositalarni bog'lash uchun mo'ljallangan simsiz keng 
polosali xizmatlar taqdim etilgan. 2018 yilga kelib, 8 ta mamlakatda 
AeroMACS antennasi mavjud, yana kamida 25 ta mamlakatga ushbu 
texnologiyani joriy etish rejalashtirilgan. 

Download 328.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling