Microsoft Word 2-son umumiy doc
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
1305-Текст статьи-3253-1-10-20210420 (1)
Journal of Innovation in Primary Education Vol. 1, March - 2021 https:// primedu.jspi.uz 166 BOSHLANG`ICH TA`LIM O`QITUVCHILARINING KASBIY KOMPITENTLARINI RIVOJLANTIRISH YO`LLARI Eshbekova Dilnoza Ibraimovna – JDPI magistranti Annоtatsiya: ushbu maqolada boshlang`ich ta`lim o`qituvchilarining kasbiy kompitentlarini qanday qilib rivojlantirish kerakligi haqida ma`lumotlar joy olgan. Kalit so`zlar: boshlang`ich ta`lim o`qituvchilari, kasbiy kompitentlik, motiv, motivatsiya, diqqat, xotira, savod o`rgatish, ta`lim jarayoni, o`qish, ravon, pedagog, samaradorlik, rivojlantirish yo`llari, Yangi O`zbekiston. Annotation: This article provides information on how to develop the professional competencies of primary school teachers. Keywords: primary school teachers, professional competence, motive, motivation, attention, memory, literacy, educational process, reading, fluency, pedagogy, efficiency, ways of development , New Uzbekistan. Аннотация: В статье представлена информация о том, как развивать профессиональные компетенции учителей начальных классов. Ключевые слова: учителя начальных классов, профессиональная компетентность, мотив, мотивация, внимание, память, грамотность, учебный процесс, чтение, беглость, педагогика, эффективность, пути развития, Новый Узбекистан. Zamonaviy ta`limning asosiy maqsadi, jamiyat va davlat uchun har tomonlama rivojlangan jamiyatga, mehnat faoliyatiga ijtimoiy moslashuvchan, o`z ustida ishlay oladigan shaxsni tayyorlashdan iborat. Demak, har tomonlama rivojlangan shaxs tarbiyasida pedagoglarning kompitentlik darajasi muhum ahamiyatga ega. Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o'qituvchining doimiy ravishda fanlami mutolaa qilish bilan shug'ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: “O'qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug'ullanmog'i lozim. Aks holda и qurigan daraxt va toshga o'xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday о'qituvchidan hech qanday natija kutib bo`maydi” [3]. Journal of Innovation in Primary Education Vol. 1, March - 2021 https:// primedu.jspi.uz 167 Bundan tashqari muhtaram Prezidentimiz murojaatnomasida “Biz o`z oldimizga mamlakatimizda uchinchi renessans poydevorini barpo etishdek ulug` maqsadni qo`ygan ekanmiz buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug`beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak” [1] degan so`zlarida nechog`lik katta maqsad va ulkan rejalar borligini hisobga olgan holda biz pedagoglar o`z kasbimizning mohir, puxta bilimdoni bo`lmog`imiz, qolaversa kuchli psixolog egasi bo`lishni ham talab etadi. Qachonki boshlang`ich ta|`lim o`qituvchilari yuqorida aytganimdek o`quvchilarga bilim berish jarayonida har bitta fanidan motivatsiya bera olsa, bolalarni kichikligidan olim bo`lishga, olima bo`lishga, shoir-shoira bo`lishga, tadqiqotchi ixtirochi bo`lishga xohish uyg`ota olsagina “Yangi O`zbekistonni” – uchinchi renessans poydevorini barpo etishdek ulug` maqsadimizga erishish uchun birinchi qadamni qo`ygan bo`lamiz. Shuni alohida qayd etib o'tish zarurki, o'qituvchilik kasbi murakkab va mas`uliyatli jarayondan iborat. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, o'qituvchi doimo ongning yagona sohibi bo'lmish insonning ta`lim-tarbiyasi bilan shug`ullanib, u bilan muloqot olib boradi. Ongli va tirik jonzot esa aqliy, ruhiy hamda jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo`ladi. Shu sababli, bo`lajak o'qituvchilar tarbiyalanuvchi bilan doimiy muloqotda bo'lishi, unga ta`sir ko'rsatishi uchun muntazam ravishda psixologiya va tarbiya nazariyasini mukammal o'rganib, o'z kasbiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishi kerak [2]. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki xar bir mustaqil yo`nalish bo`yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o`zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni urganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o`z faoliyatida qullay bilishni taqozo etadi [2]. Journal of Innovation in Primary Education Vol. 1, March - 2021 https:// primedu.jspi.uz 168 Boshlang`ich ta`lim o`quvchilarini o`qitish jarayonida samaradorlikka erishish uchun, quyida: o`quvchilarga motivatsiya berish o`quvchilarning diqqatini oshirish o`quvchilarning xotirasini, uquvchanligini oshirish o`quvchilarni o`qituvchini sevishga, yaxshi ko`rishga o`rgatish(o`quvchilar o`qituvchini tan olishi) o`quvchilarni chiroyli yozuvga o`rgatish o`quvchilarni ravon o`qishga o`rgatishning optimal yo`l va usullarini ko`rib chiqish orqali boshlang`ich ta`lim o`qituvchilarining kasbiy kompitetligini yanada oshirishimiz mumkin. Bilamizki, shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy xulqi va o’zini qanday tutishi, egallagan mavqei ham sababsiz, o’z-o’zidan ro’y bermaydi. Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushunchalari ishlatiladi. S.L.Rubinshteyn motivning psixologik mohiyati to’g’risida quyidagi mulohazalarni bildiradi: motivatsiya - bu psixika orqali hosil bo’ladigan determinatsiyadir; motiv - bu shaxs xulq-atvorining kognitivistik jarayonini bevosita tashqi olam bilan bog’lovchi subyektiv tarzda aks etish demakdir. Shaxs o’zining motivlari yordamida borliq bilan uzviy aloqada bo`ladi. Insonning xulq-atvori (xulqi)ni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo`luvchi motivlar shaxsning tuzilishida (tarkibida) yetakchi o`rin egallaydi. Motivning tuzilish (strukturaviy) tarkibiga shaxsning yo`nalishi, uning xarakteri, emotsional holati (histuyg`usi), qobiliyati, ichki kechinmalari, faoliyati va bilish jarayonlari kiradi Shunday ekan bolani 1-sinfga qabul qilib savod o`rgatishni boshlagan kunimizdan ularga motivatsiya berishimiz, ularning maktabga qadam qo`yishidan maqsad faqat o`qish, o`qish va yana o`qish ekanligini erinmasdan takrorlashimiz Journal of Innovation in Primary Education Vol. 1, March - 2021 https:// primedu.jspi.uz 169 lozim. Ularga shunday motivatsiya berish kerakki sinfdagi barcha o`quvchilar faqat yaxshi o`qishni istashsin. Bundan tashqari har bir bolaga sinfda eng yaxshi o`quvchi bo`la olishi mumkinligini, o`ziga bo`lgan ishonchini orttirish va yuqoriga intilish hissini berishimiz kerak. O`quvchilardan kelajakda kim bo`lmoqchiligini, mana shu orzulari nima berishini tez-tez so`rashimiz lozim. Har bir inson, har bir o`quvchi o`z maqsadiga erishishi, orzusidagi insititut, unversitetlarga kirishi uchun harakatni oldindan ya`ni hozirdan boshlash kerakligini, hamda sinfdagi barcha o`quvchilar faol bo`lishi, a`lo baholarga o`qiy olishi mumkinligini,- «Biz hech kimdan kam emasmiz» degan naqlni hech qachon esidan chiqarmasligini ta`kidlashimiz darkor. Yana takror aytaman ularning o`ziga bo`lgan ishonchini doim mustahkamlashimiz kerak. O`quvchining diqqatini, xotirasini oshirish orqali ularning uquvchanligini ham oshirishimiz mumkin. Buning uchun o`qituvchi diqqatni jamlaydigan, xotirani mustahkamlaydigan mashqlardan tez – tez foydalanishi lozim. Masalan, matematika darslarida o`quvchilarning yosh xususiyatiga qarab 9-11ta sonlarni ko`rinadigan qilib markerda yozib, 30 soniyaga ko`rsatib, keyin yopib qo`yish lozim. O`quvchilar shu sonlarni eslab qolib, bir-biriga ko`rsatmagan holda yozib o`qituvchiga ko`rsatadi. O`qituvchi nechtagacha sonlarni eslab qolganini tekshiradi, natijani shu yerning o`zida aytib, kuchli xotira egalari e`tirof etiladi. Bunday xotira mashqlarini o`qish, ona tili darslarida moslashtirgan holda o`tkazish mumkin. Keyingi masala, o`quvchilar o`qituvchini tan ola bilishi. Bu juda mas`ulyat talab etadi. Ya`ni o`qituvchi har qanday vaziyatda, jarayonda o`quvchining mehrini qozona olishi lozim. Qachonki, o`quvchilar o`qituvchini tan olsa, sevsa, unga mehr qo`ya olsa shundagina uning har bir gapini diqqat bilan tinglaydi, har bir topshirig`ini hohlab bajaradi. Bunday natijaga erishish uchun o`qituvchi psixologiyani yaxshi bilishi, o`quvchining hohishlarini inobatga olishi, nimaga qiziqishi, nimani yoqtirishi, oilaviy ahvoli qandayligi, oilasida unga qanday munosabatda bo`lishi, darsda qanday kayfiyatda o`tirganligiga e`tabor berishi, bir Journal of Innovation in Primary Education Vol. 1, March - 2021 https:// primedu.jspi.uz 170 so`z bilan aytganda sinchikov bo`lmog`i lozim. Shu o`rinda o`quvchilarga psixologik ta`sir etishning qiziqarli bir yo`li bor. Tarbiya darslarida yoki sinf soatlarida ushbu metotdan foydalanish mumkin. “Yaxshi va yomon odatlar” Bunda asosan sust o`zlashtiradigan, sho`x o`quvchilardan doskaga chiqarib, uning yaxshi odatlarini o`quvchilar bilan birgalikda sanashi lozim. Natijada o`quvchining o`ziga bo`lgan ishonchi ortadi, shu o`rinda o`qituvchi tomonida eng asosiy yomon odati bitta ekanligini shuni yo`q qilsa, faqat yaxshi odatlar egasi bo`lishi mumkinligini aytib o`tilishi, bolaning yomon odatlarini bartaraf etishiga katta yordam beradi. Bolaning chiroyli yozuvini shakllantirish. Buning uchun o`quvchining qo`lidan ushlab yozdirish, doskada ko`rsatish, qayta qayta husnixat daftari tutdirish juda kam samara beradi. Samaraga erishish uchun eng yaxshi yo`l har bitta o’quvchining oldiga borib, kuzatib uning harflaridagi xatolarini, aynan qayerini xato yozayotganini aytib o`tish lozim. Kuzatishlar natijasida shuni aytishim mumkinki yozuvdagi xatolarni, bolalarning o’zlari topsa nur ustiga a`lo nur bo`lar edi. Bunda o`quvchilarga husnixat daftarda berilgan namunadagi yozuv bilan o`zi yozgan yozuvni taqqoslashi va o`zining xatolarini topish topshirig`i beriladi. Biz bilamizki har qanday inson o`z xatolarini anglab yetgandagina u, bu xatolarni boshqa takrorlamaslikka urinadi. Yana bir muammo, ko`pchilik o`qituvchilar savod o`rgatish davrida “Alifbe”dagi bo`g`inlarni o`quvchilarga yod oldirishga ham qiynalamiz. Buning oson yo`li sinfdagi barcha o`quvchilar bir-biriga raqobatbardosh qilib saralab “Kim o`zarga o`qish” o`yinidan foydalanib ikkitadan o`qitish lozim. O`quvchilar kim o`zarga o`qishda sherigini imkon qadar yutushga, ortda qoldirishga harakat qiladi. Dars jarayonida raqobat yuzaga keladi. Raqobatni yuzaga keltirish natijasida o`quvchilar nafaqat bo`g`inlarni balki, so`zlarni ham yodlab oladi. Bu esa o`qish davrida sidirg`a o`qishiga ancha qo`l keladi. Journal of Innovation in Primary Education Vol. 1, March - 2021 https:// primedu.jspi.uz 171 Yuqorida ko`rib chiqilgan, samaradorlikka erishishning yo`llari va usullari orqali hozirda 1-sinf o`quvchilarim har bir darsda juda faol ishtirok etadi. Samaradorlik hattoki ingliz tilidan ham 94% ni tashkil etmoqda. O`quvchilarim darsdan tashqari vaqtlarda ham masalan tanaffus yoki dars boshlanishiga qadar ham sinfga kirib kelganimda bir-biri bilan kim o`zarga tez o`qish o`qib o`tiradi. Bunday holatni ko`rish esa juda maroqli. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 29-dekabr 2020-yil 6-bet. 2. Pedagogik kompitentlik fanidan o`quv uslubiy majmua. Jizzax – 2020. 3. Pedagogik mahorat darslik AAXoliqov. O`zR Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi “Iqtisod moliya” 2011. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling