Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc
Download 37.72 Kb.
|
AKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Xulosa:Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi. Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat jadal suratlar bilan shakllanib, axborotlar dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Global kompyuter tarmog‘i jahon davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling