Microsoft Word 2022-6 !˚˛ oxirgi variant Orginal
Download 92.72 Kb. Pdf ko'rish
|
121.O‘ZBЕK MUMTOZ ADABIYOTIDA PAMFLЕTNING TARIXIY ILDIZLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI FarDU. ILMIY XABARLAR- 1995 yildan nashr etiladi Yilda 6 marta chiqadi НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК. ФерГУ Издаётся с 1995 года Выходит 6 раз в год 2 2022/№6 FarDU. ILMIY XABARLAR – НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК.ФЕРГУ Muassis: Farg‘ona davlat universiteti. “FarDU. Ilmiy xabarlar – Научный вестник. ФерГУ – Scientific journal of the Fergana State University” jurnali bir yilda olti marta elektron shaklda nashr etiladi. Jurnal pedagogika, filologiya, tarix, falsafa, siyosat, kimyo, biologiya hamda geografiya fanlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan. Jurnaldan maqola ko‘chirib bosilganda, manba ko‘rsatilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2020-yil 2-sentabrda 1109 raqami bilan ro‘yxatga olingan. Muqova dizayni va original maket FarDU tahririy-nashriyot bo‘limida tayyorlandi. Tahrir hay’ati Bosh muharrir SHERMUHAMMADOV B.SH. Mas’ul muharrir ZOKIROV I.I FARMONOV Sh. (O‘zbekiston) BEZGULOVA O.S. (Rossiya) RASHIDOVA S. (O‘zbekiston) VALI SAVASH YYELEK (Turkiya) ZAYNOBIDDINOV S.( O‘zbekiston) JEHAN SHAHZADAH NAYYAR (Yaponiya) LEEDONG WOOK. (Janubiy Koreya) A’ZAMOV A. (O‘zbekiston) KLAUS XAYNSGEN (Germaniya BAXODIRXONOV K. (O‘zbekiston) G‘ULOMOV S.S. (O‘zbekiston) BERDISHEV A.S. (Qozog‘iston) KARIMOV N.F. (O‘zbekiston) CHESTMIR SHTUKA (Slovakiya) TOJIBOYEV K. (O‘zbekiston) Tahririyat kengashi QORABOYEV M. (O‘zbekiston) OTAJONOV S. (O‘zbekiston) O‘RINOV A.Q. (O‘zbekiston) KARIMOV E. (O‘zbekiston) RASULOV R. (O‘zbekiston) ONARQULOV K. (O‘zbekiston) YULDASHEV G. (O‘zbekiston) XOMIDOV G‘. (O‘zbekiston) DADAYEV S. (O‘zbekiston) ASQAROV I. (O‘zbekiston) IBRAGIMOV A.(O‘zbekiston) ISAG‘ALIYEV M. (O‘zbekiston) TURDALIYEV A. (O‘zbekiston) AXMADALIYEV Y. (O‘zbekiston) YULDASHOV A. (O‘zbekiston) XOLIQOV S. (O‘zbekiston) MO‘MINOV S. (O‘zbekiston) MAMAJONOV A. (O‘zbekiston) ISKANDAROVA Sh. (O‘zbekiston) SHUKUROV R. (O‘zbekiston) YULDASHEVA D. (O‘zbekiston) JO‘RAYEV X. (O‘zbekiston) KASIMOV A. (O‘zbekiston) SABIRDINOV A. (O‘zbekiston) KAXAROVA M (O‘zbekiston) XOSHIMOVA N. (O‘zbekiston) G‘OFUROV A. (O‘zbekiston) ADHAMOV M. (O‘zbekiston) XONKELDIYEV Sh. (O‘zbekiston) EGAMBERDIYEVA T. (O‘zbekiston) ISOMIDDINOV M. (O‘zbekiston) USMONOV B. (O‘zbekiston) ASHIROV A. (O‘zbekiston) MAMATOV M. (O‘zbekiston) G‘ANIYEV B (O‘zbekiston) SIDDIQOV I. (O‘zbekiston) XAKIMOV N. (O‘zbekiston) BARATOV M. (O‘zbekiston) Muharrir: Sheraliyeva J. Tahririyat manzili: 150100, Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Tel.: (0373) 244-44-57. Mobil tel.: (+99891) 670-74-60 Sayt: www.fdu.uz. Jurnal sayti Bosishga ruxsat etildi: Qog‘oz bichimi: - 60×84 1/8 Bosma tabog‘i: Ofset bosma: Ofset qog‘ozi. Adadi: 10 nusxa Buyurtma № FarDU nusxa ko‘paytirish bo‘limida chop etildi. Manzil: 150100, Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Farg‘ona, 2022. 7 2022/№6 M.G‘.Yulchiyeva, X.X.Turayev, Sh.A.Kasimov, S.S.Zoirov Karbamid formaldegid anilin asosidagi polimer ligand sintezi va tadqiqi............................................... 479 X.Umurzaqova, I.Zokirov Farg‘ona viloyati anor agrobiotsеnozi fitofaglarining taksonomik tarkibi ............................................... 485 K.G‘aniyev, G.Zokirova, S.Asqaraliyeva, Sh.Hamidov Shiralarda (Homoptera, Aphidoidea) “parazit-xo‘jayin” munosabatlar tizimi haqida ............................. 490 N.Israilov “Sharq kutubxonasi” asarida Amir Temur tomonidan Hindistonning zabt etilishi masalasining o‘rganilishi ........................................................................................................................ 495 Y.Nazarova, M.Marupova Nurell-d misolida insektitsidlarni sinflanishini takomillashtirish masalalari ............................................ 498 I.Asqarov, B.Nizomov Yeryong‘oq tarkibidagi qandli diabet kasalligini davolashda ishtirok etuvchi moddalarning kimyoviy tuzilishi ..................................................................................................................................... 505 R.Kenjayeva Yassaviy hikmatlarida as’hobi kahf itining ramziy tasviri ....................................................................... 508 N.Sulaymonova F.M.Dostoyevskiy mahorati va polifonik roman poetikasi ...................................................................... 512 N.Sharafutdinova Ko‘k so‘zining teonimik ma’nosi ............................................................................................................. 515 N.Qo‘ldoshev, S.Ahmadjonova Uchko‘prik tumani shevalarining fonetik va morfologik xususiyatlari tahlili ............................................ 519 F.Rakhimov, U.Bekov Plastifitsirlangan gips olishda fenol formaldegid asosidagi kremniyorganik polimerdan foydalanish ............................................................................................................................................. 522 A.Usmonov Bog‘lovchilarning diologik nutqda voqeylanishi ...................................................................................... 526 M.Dehqonova 80-yillar she’riyati talqinlari ..................................................................................................................... 530 D.Umarov Badiiy asarlarda davr muammosi talqini ................................................................................................ 533 J.Sayidolimov Sharq agiografiyasida arba’innavislik an’anasi ...................................................................................... 536 J.Temurov S.Yesenin she’rlarida sharq haqidagi motivlar ....................................................................................... 539 D.Xolmatov Odil Yoqubovning “Vido” hikoyasida qahramonlar tasviri ...................................................................... 543 G.Qosimova, M.Ne’matova Inson tabiati va xarakterini ifodalovchi frazeologizmlarning semantik xususiyatlari .............................. 547 O.Maxmudova Turkologlarning turkiy tub so‘zlarning fonetik tarkibi haqidagi qarashlari .............................................. 549 G.Davlyatova Oliy ta’lim massasalarida “Yosh notiq” to‘garagini tuzish haqida........................................................... 552 U.Usmonova Tohir Mаlik publitsistikаsining sintаktik-stilistik xususiyatlаri ................................................................. 555 M.Masodiqova, G.Abduvahobova, G.Ahmadjonova, S.Asqaraliyeva Tengsiz ipakchi (ocneria dispar linnaeus, 1758) turining etologiyasi haqida ayrim ma’lumotlar ................................................................................................................................... 559 V.Giyosova Murojaat birliklarining struktur-semantik va tematik tasnifi .................................................................... 562 M.Baxramova “Konsept” tushunchasining mohiyati, tuzilishi masalasiga doir .............................................................. 565 E.Yusupjanov O‘zbеk mumtoz adabiyotida pamflеtning tarixiy ildizlari ........................................................................ 569 BIOLOGIYA, QISHLOQ XO‘JALIGI ILMIY AXBOROT ILMIY AXBOROT 569 2022/№6 UDK:811.411+82+7.049.2 DOI: 10.56292/SJFSU/vol28_iss6/a121 O‘ZBЕK MUMTOZ ADABIYOTIDA PAMFLЕTNING TARIXIY ILDIZLARI ИСТОРИЧЕСКИЕ КОРНИ ПАМФЛЕТА В УЗБЕКСКОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ HISTORICAL ROOTS OF THE PAMFLET IN UZBEK CLASSICAL LITERATURE Yusupjanov Elyorbek Usmonali o‘g‘li 1 1 Yusupjanov Elyorbek Usmonali o‘g‘li − Farg‘ona davlat universiteti Mustaqil tadqiqotchisi. Annotatsiya Maqolada pamfletning tarixiy ildizlari, xususan, uning achchiq kulgi orqali jamiyatdagi turli illatlarni ochib tashlash xususiyati o‘zbek adabiyotida qadimdan mavjudligi haqida so‘z yuritiladi. Bunda muallif Alisher Navoiy, Turdi Farog‘iy, Gulxaniy, Muqimiy kabi mumtoz adabiyot vakillari asarlaridagi satira unsurlarini tahlil qiladi, o‘rni bilan Nurali Qobulning roman-pamfletiga solishtiradi. Satirik kulgi va pamfletning farqli va o‘xshash jihatlarini ko‘rsatadi. Natijada pamflet o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos tarixiy asosga ega degan xulosaga keladi. Аннотация В статье говорится об исторических корнях памфлета, в частности, его особенности выявления различных пороков в обществе через горький смех, существовавшей в узбекской литературе с древних времен. Алишер Навои, Турди Фароги, Гулхани, Мукими и др., анализирует элементы сатиры в произведениях представителей классической литературы и сравнивает их с романом-памфлетом Нурали Габула. Показаны различия и сходства между сатирическим юмором и памфлетом. В результате делается вывод, что памфлет имеет уникальную историческую основу в узбекской литературе. Abstract The article talks about the historical roots of pamflet, in particular, about the fact that its feature of revealing various vices in society through bitter laughter has existed in Uzbek literature for a long time. In this case, the author analyzes the elements of satire in the works of such representatives of classical literature as Alisher Navoi, Turdi Farogiy, Gulkhani, Muqimi, compares the role to the novel-pamphlet of Nurali Kabul. Satirical laughter and shows different and similar aspects of pamflet. As a result, pamflet comes to the conclusion that Uzbek literature has its own historical basis. Kalit so‘zlar: satira, kulgi, sarkazm, roman-pamflet, muxammas, doston, g‘azal, publitsistika, tasviriy ifoda usuli. Ключевые слова: сатира, смех, сарказм, роман-памфлет, мухаммас, эпос, газель, публицистика, метод изобразительного выражения. Key words: satire, laughter, sarcasm, novel-pamflet, mukhammas, epic, gazelle, publicistics, method of pictorial expression. KIRISH Qadim davrlardan beri odam atrof-borliq va jamiyatdagi o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirib kelgan. Bunday munosabat o‘z tabiatiga ko‘ra, turlicha bo‘ladi. Ko‘pincha ijobiy, ba’zan esa, anirog‘i, kishi ideali, xalq intilishlariga zid bo‘lsa, salbiy yoki tanqidiy bo‘lishi mumkin. Bunda kishilar kulgi va uning turli ko‘rinishlari – istehzoli kulgi, achchiq kulgi, samimiy kulgi, kesatiqli kulgi, pichingli kabilardan samarali foydalanishgan. Shu tariqa kulgi orqali u yoki bu illat, kamchilikni tanqid qilingan, nuqsonni fosh etilgan. Achchiq kulgi yordamida asl ideal yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan narsalarni ifodalash ham ijtimoiy munosabat bildirish shakli sanaladi. “Aslida, kulgili narsa – bu hech kimning dilini og‘ritmaydigan, ba’zi bir nuqson va majruhlikdir... kulgili niqob azob (ifodasi)siz, xunuklik va aynanlikni tasvirlashdir”[1,26]. Shu ma’noda ifodalangan voqeadagi kulgili holat, vaziyat u yoki bu kishining yoxud ma’lum guruh, qatlamning ma’naviy nuqsoni, illati, kamchiligini kulgi yo‘li bilan tozalash, boshqalarni ular kabi bo‘lib qolmaslikka chaqiradi. Kulgi va uning badiiy-estetik vazifalariga asoslangan qator janrlar qadimdan adabiyotda faol ishlatilib kelinadi. Xususan, hajviya, hangoma, pamflet, satira kabilar shular jumlasiga kiradi. Xalq og‘zaki ijodidagi latifa, askiya, lof kabi janrlar ham mohiyatan kulgiga qurilgan bo‘lib, jamiyatdagi biror illat, kamchilik yoki nuqsonni turli darajadagi kulgi bilan fosh etiladi. Kishilar o‘sha xatoni takrorlamaslik ko‘nikmasini shakllantiradi. Zamonaviy adabiyotda maxsus pamflet janri qaysidir ma’noda aynan satiraning, achchiq kulgining vazifasini bajarishi bilan ajralib turadi. Chunki adabiy jarayon doimiy harakatda bo‘lib, yaratilayotgan asarlar janri ham muntazam yangilanib, takomillashib boraveradi. Satira dastlab janr sifatida keng tarqalgan, asosan antik davrda yetakchi bo‘ldi, so‘ngra ifoda vositasiga aylanib, o‘z o‘rnini pamflet janriga bo‘shatdi. Shuning uchun roman-pamflet yangi asr boshlariga kelib adabiyotda ILMIY AXBOROT 570 2022/№6 qaytadan jonlandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki achchiq kulgi –sarkazmga asoslangan asarlar adabiyotimiz tarixida qadimdan mavjud bo‘lgan. Shuning uchun kulgi va uning pamflet asarga ta’sirini tadqiq etish zarurati paydo bo‘lgan. II. Metodologik asos va adabiyotlar tahlili. To‘g‘ri, bevosita roman-pamflet janridagi asar Nurali Qobulgacha o‘zbek adabiyotida bo‘lmagan. Ammo uning achchiq kulgi, ijtimoiy hayotni keskin fosh qiluvchi kabi jihatlari qadimdan adabiyotimizda mavjud bo‘lgan. Buni satirik asarlar misolida kuzatish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy “Durrojning yolg‘onni chin o‘rnig‘a ayturidin hodisa domig‘a tushgonda, chin so‘zini sher yolg‘on sog‘inib, faryodig‘a yetmagoni va ani balo domidin xalos etmagoni”[2,114-116], Turdi Farog‘iyning “Subhonqulixon va uning amir amaldorlari” [5], Maxmurning “Xapalak”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” [3], ”Muqimiy “Tanobchilar”, “Maskovchi boy ta’rifida”, “Saylov”, “Hajvi Viktor boy” [4, 343-394], Zavqiy hajviyoti kabilarni keltirish mumkin. Mazkur qaydlarning mavjudligi ularni roman-pamflet bilan solishtirish yoki pamfletning janr xususiyatlarini ulardan izlashni taqazo etadi.Bu esa tadqiqot metodologiya qiyosiy tahlil, struktural tahlil usullarini talab etishini anglatadi. III. Natija. Satira va yumor, havjviya mumtoz adabiyotimizda qadimdan mavjud bo‘lib, ular voqelikka muallifning badiiy-estetik munosabati, biror illat yoki hodisani tanqid qilish, xunuklik va go‘zallikni farqlash kabi qator maqsadlarda faol qo‘llanilgan. Lekin satirik kulgining ijtimoiy-publitsistik ahamiyati, siyosiy tuzumga bo‘lgan tanqidiy qarash kabi jihatlari nisbatan kam o‘rganilgan. Biz yuqorida sanagan manbalarda ham ijtimoiy muammolarga tezroq yechim topishdan ko‘ra, ularni borligicha tasvirlash, shaxs xarakteridagi illatni ochib berish yetakchilik qiladi. Aynan shu xususiyatlar, satirik asarlarni pamfletga yaqinlashtiradi. Shuning uchun pamfletning tarixiy ildizlarini mumtoz adabiyotimiz namunalaridan izlash kerak, degan xulosaga kelindi. IV. Tahlillar. Hazrat Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonining o‘ninchi bobida jamiyatdagi rostgo‘ylikning ahamiyati haqida nazariy qarashlarini badiiy ifodalab, bevosita yolg‘onchilik salbiy oqibatlari o‘limga olib kelishi mumkinligini yolg‘onchi Durroj ochib bergan. Bu yerda Durroj yengil hayot, yolg‘onchilik bilan kun ko‘ruvchi odam timsolida kelgan bo‘lib, aslida o‘zida yo‘q qobiliyatni,kuylarida o‘zi chekmagan,bilmagan dardni kuylab yurgan Durroj oqibatda real tuzoqqa tushadi. Aslida o‘rmonda bir sher yashashi, chumolilar uning bolasiga doimo ozor berishi sabab, sher bolasini tishlab olib yurishi, Durroj esa sherdan qo‘rqqanidan u kelganda ustidan pir etib uchib o‘tishi, bu ovozdan sher bolasini yanada qattiqroq tishlab, unga ozor berishi haqidagi so‘z bilan hikoyatni boshlanadi. Shunda sher bolasiga ozor bermaslik uchun Durroj bilan do‘st tutinishga urinadi. Ular shu qadar do‘st bo‘lishadiki, endi Durroj Xumo qushi kabi sherning ustida uchib, kuylab yurardi. Ammo uning kuyida yolg‘oni borligini anglagan sher uni bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi. Biroq Durroj pandni quloqqa ilmadi va ovchining tuzog‘iga tushib, dod soldi: Qichqiribon dom aro ul mubtalo, Necha dedi: “Tot! Meni tuttilo!” Sher qulog‘iga yetib ul maqol, Savtini doyimig‘a etti xayol Ko‘p eshitib erdi bu yolg‘onni, O‘yla gumon etti chin afg‘onini” [2,116] Ko‘rinadki, yolg‘on kuylagani uchun, soxta dardlarini aytib yurgani uchun ovchining tuzog‘iga ilingan qushning haqiqiy faryodini sher yana yolg‘on kulayapti, deb xayol etadi va uni ovchi qo‘lga oladi. Demak, o‘zida yo‘q narsani bor deb doimo ta’kidlash, halokatga tushdim deb aldash, oxir oqibat o‘sha fojea yuz berganda kishini qutqarmasligini ta’kidlangan. Durrojning turmush tarzi tanqid etilgan. Ko‘rinadiki, rost so‘zlamasdan, o‘zini boshqa bir vaziyatga solib, aldash natijasida o‘z joni bir kuni haqiqatdan ham nochor ahvolga tushganda, do‘sti unga yordamga kelmadi. Pamfletda ham aslida o‘zida yo‘q bo‘lgan aqllilikni, salohiyatni bordek ko‘rsatib rahbarlik qilgan, jamoani boshqargan rahbarlar ustidan kulinadiki, shu xususiyati bilan u Alisher Navoiyning mazkur hikoyatiga mos keladi. O‘zbek adabiyotining yana bir yirik vakili Turdi Farog‘iy ham satirik asarlar yozib, achchiq kulgi yordamida podshoh va uning amaldorlarini kuchli tanqid ostiga oladi. Ko‘rinadiki, uning qator xususiyatlari pamfletga mos keladi. Masalan, uning quyidagi muxammasini tekshirish mumkin: Ey yuzi qora, ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar, beglar, Bilingiz bu so‘zni pandi sarosar, beglar, Aylangiz payravi shar’i payg‘apmbar, beglar, ILMIY AXBOROT 571 2022/№6 Sizga darkor bu yurt, ey gala zanglar, beglar, Bu qadim naql erur: el rabotu to‘ra qo‘noq[5]. Mazkur parchada xalqning “g‘am xirmaniga” botgan ahvoliga qarab buzilgan dilini vayronani obod qilmoqchi bo‘lgan muallif yurt kattalariga bevosita murojaat qilmoqda. Ularning xalq ahvolidan ko‘zi ko‘r,qulog‘i kar,yuzi qoraligini ta’kidlab, bu dunyo o‘tkinchi,el esa karvonsaroy, undagi rahbarlar esa mehmondek kelib ketadi.Sen ham vaqtincha bekliginingni anglab,xalq holini yaxshilashga xizmat qil,deya achchiq kulgi bilan ularning mas’uliyatsizligi,ma’nan qashshoqligini ochib tashlamoqda. Gulxaniy yaratgan “Zarbulmasal” nasriy asari garchi ixcham, teran mazmunli didaktik asar hisoblanadi. Boshqa tomondan olganda esa Sharq adabiyotidagi qadim an’ana, ya’ni qushlar tilidan kishilarning ijtimoiy hayoti bayon qilinganini e’tiborga olsak, unda ham qator satirik o‘rinlar mavjud. Xususan, Yapoloq qushdan kelgan sovchiga qizi uchun vayrona shaharlarni qalin o‘rnida so‘rashi, Nurali Qobulning roman-pamfletida tilga olingan voqea: ikkinchi jahon urushi oldidan dunyoni bo‘lib olish maqsadida urushga tayyorgarlik ko‘rgan va bir-biriga turli shaharlarni vayron qilib, bosib olishiga indamay qarab turgan davlat rahbarlari ishiga o‘xshab ketadi. Muqimiy ham jamiyatda o‘z xizmat mavqeini suiste’mol qiladigan rahbarlar, xususan, tanobchilik amaliga ega bo‘lib, kishilarning yerlarini o‘lchab, ulardan qo‘shimcha soliqlar undirib, kishilarga azob beradigan amaldorlarni Sulton Ali Xo‘ja va Hakimjon obrazi orqali fosh etadi: Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar, Arz etayin emdi yozib nomalar. Adl qulog‘ila eshit holimi, Zulm qilur, baski, menga zolimi. O‘n iki oyda keladur bir tanob, O‘zgalara rohatu menga azob. Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav, Biri xotun,birisi bo‘ldi kuyav [4,343]. Muqimiy shu tariqa kishilar yerini va undan olinadigan daromad hisobini, xon xazinasi uchun olinadigan soliqni o‘z istaklari bo‘yicha amalga oshirishlari, bu esa xalq orasida norozilikka sabab bo‘lishini ta’kidlab, xonlikning soliqqa torttish va uni boshqaruv tizimini keskin tanqid etadi. Bu yerda qator ijtimoiy masalalar ham ochiq bayon etiladiki, ular bugungi kun uchun ham dolzarblik kasb etadi. Tahlilga tortilgan asarlardan Alisher Navoiy hikoyatida bevosita kishi fazilati,xarakteridagi qusur keltirilgan. Biz bunday jihatni Nurali Qobulning roman-pamfletida u yoki bu personaj tasvirida ham uchrashiga amin bo‘ldik.Xususan, roman-pamfletdagi Molotov va Ribbentrop suhbatini keltirish mumkin: – Haqiqatdan ham rus podshohlari go‘zal, muhtasham saroylar qurganlar!, deydi u Stalin chiqib keladigan eshikka mijja qoqmay tikilib turgan Molotovga. – To‘g‘ri, biroq bunday so‘zlarni Iosif Vissarionovichga aytmang, ko‘zi ola-kula bo‘lib Ribbentropga qaradi Molotov. – Nega? Bu saroylarni maqtaganimiz dohiylaringizga xush yoqmaydi? – hayron bo‘lib so‘radi Ribbentrop. [6.32] – Bu saroylar yaxshi. Iosif Vissarionovich buni bizdanda yaxshi biladilar. Siz Stalin davri me’morchiligini, masalan, hozir kelganimiz tashqi ishlar vazirligi binosini, Moskva universiteti, “Ukraina” mehmonxonalari haqida gapiring[6.32-33]. Mazkur dialogda yozuvchi Stalin davrida faqat uning nomiga aloqador narsalarni gapirish shartligi, qolgan buyuk ishlarni tilga olmasligi kerakligi haqidagi mulohazani tasvirlaydi. Boshia binolarni tilga olgani uchun tashqi ishlar vazirining qo‘rqqanidan ko‘zi ola-kula bo‘lgani, faqat Stalin davri me’morchiligini maqtash lozimligini ta’kidlaydi. Bu yerda hukumat a’zolari ichida shaxs erki, shaxsiy fikr bildirish huquqi yo‘qligi yoki hammasidan dohiy yashi bilishi haqidagi faktlarga urg‘u beradi. Bu esa ijtimoiy jamiyatni,davlat tizimini bir xil tarzda fikrlovchi mutaassib kishilar, har qanday topshiriqni o‘ylamasdan so‘zsiz bajaruvchi, kaltabin odamlarga to‘laligini anglatadi. Yozuvchi ushbu suhbatda davlat va jamiyatni ma’naviy inqiroz olib borgan siyosatning fojeali asoratini keltiradi. Hatto, Germaniya tashqi ishlar vaziri ham bu yerda o‘ylab gapirishi shartligi, dohiydan ortiq gap aytish munosabatlarga salbiy ta’sir etishiga ishora qiladi. Muallif insoniyat boshiga ulkan fojealarni solgan ikki rahbar Stalin va Gitlerni solishtarar ekan, bu ikki siyosatchining asl niyatini ham qistirib o‘tadi: “Stalinning niyati bitta edi. Gitler butun yer yuzini bosib olsin. Istasa...Faqat unga, uning toj-u taxtiga tegmasa bo‘ldi... Gitlerchilar sobiq SSSRga hujum qilgan qirq birinchi yilning yoziga qadar oktabr to‘ntarishidan buyon yigirma million kishi fuqarolar urushi, sun’iy ocharchilik va repressiyalar qurboni bo‘lgan. “Sodda” Gitler ana shu yigirma million qatliomga uchragan kishining bir nafardan eng yaqin qarindoshi uni quvvatlasa, kamida yigirma million o‘z tarafdoriga ega bo‘lshini rejalashtirgan edi [6, 44] ILMIY AXBOROT 572 2022/№6 Mazkur parchada aslida do‘stdek tuyulgan bu ikki mamlakat siyosatchilarining zimdan qilayotgan ishini tasvirlar ekan, bitta hayotiy haqiqatni to‘g‘ri ta’kidlaydi. O‘zini daho deb bilgan bu ikki rahbarning insoniyat boshiga yo‘lagan fojeasi, keyingi butun boshli avlodni – chalasavod, o‘z tarixini teran anglamaydigan, “ideali To‘ytepadan nariga o‘tmaydigan” kishilarni shakllantirganiga ishora qiladi. Bundan afsuslanib quyidagilarni yozadi: “Millat olomonu guruhlardan iborat emas, shakllangan shaxslardan tashkil topadi. Shunday kishilar bo‘lmas ekan, ulus ko‘zlagan muqaddas manzillar uzoqlashaveradi” [46]. Bu mulohaza bir qarashda barcha xalqlarga tegishli, yuqoridagi ikki siyosatchi faoliyatiga berilgan bahodek tuyulsa-da, aslida hamon mustaqil fikr yuritmayotgan, “almoyi-jalmoyi” tush ko‘rayotgan chalasavod kishilar ko‘pligidan nadomat chekib aytilgan gaplar edi. Roman-pamfletdagi Moskvaga kelgan Germaniya tashqi ishlari vazirining maqsadi go‘yoki, Gulxaniyning asaridagi sovchining qismatiga o‘xshaydi: “Ko‘rqush aydi: «Man Yapaloqbiyni zavchisidurman, Boyug‘lini qiziga xostakorlikg‘a borurman». Anda Hudhud aydi: «Yapaloqni nihoyat kam xiradligini emdi bildim. «Har oyina o‘z jinsidin». Yapaloqlar qurug‘ondek, sani yuborurmudi?”[3,15] Mazkur o‘rinda Ko‘rqush, Yapaloqqush, Boyqushlarning majoziy ma’nosi bo‘lib, Ko‘rqush darhaqiqat real voqelikni bilmaydi va anglamaydi. Yapaloqqush ham o‘z mavqeidan kelib chiqmasdan Boyqushnikiga sovchi yuboradi. Bu esa o‘z imkoniyati, salohiyati, bilim darajasini bilmasdan harakat qilishi oqibatida kulgiga qolgan odamlar harakatiga o‘xshaydi. Demak, muallif satira va roman-pamflet o‘rtasidagi ana shunday o‘xshash joylarni, roviy nutqidagi sarkazm va kesatiqlarni to‘g‘ri ishlata bilgan. Natijada ijtimoiy taraqqiyotdagi ulkan xatolar Gulxaniy yaratgan Yapaloqqush Boyo‘g‘li bilan quda bo‘lishga uringanidek, katta fojealar salbiy vaziyatlarni yuzaga keltirishini ko‘rsatadi. V.Xulosa. 1. Tahlilarlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, hazrat Alisher Navoiy, Turdi Farog‘iy, Muhammad Sharif Gulxaniy, Muqimiy kabilarning asarlaridan keltirilgan namunalarda ijtimoiylik, keskin tanqid, sarkazm yetakchilik qiladi. Bu esa ularni pamflet janriga yaqinlashtiradi. 2. O‘zbek adabiyotida pamfletning keskin tanqid, publitsistik ruhiyat kabi jihatlar qadimdan mavjud bo‘lgan. Lekin ulardagi satira, sarkazm, achchiq kulgini ifodalash vositasi sifatida olingan. Ya’ni bu vositalar doston, g‘azal, muhammas kabi janrlar doirasida qo‘llanilgan, pamflet kabi alohida maxsus janr tarzida shakllantirilmagan. ADABIYOTLAR 1. Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. – 352 б. (Aristotle. Poetics. His morals are great. Rhetoric. - Tashkent: New age generation, 2012. - 352 p.) 2. Алишер Навоий. Ҳайратул аброр. - Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989. – 352 б. (Alisher Navoi. “Hayratul Abror”. - Tashkent: Gafur Ghulam Publishing House of Literature and Art, 1989. - 352 p.) 3. Гулханий. Зарбулмасал. (Нашрга тайёрловчи Ф. Исҳоқов.) – Тошкент:, Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – 80 б. (Gulkhani. “Zarbulmasal” (Preparing for publication by F. Ishakov.) - Tashkent: Gafur Ghulam Publishing House of Literature and Art, 1974. - 80 p.) 4. Муқимий. Асарлар. Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи ф.ф.д., проф.Ғ.Каримов. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – 482 б (Important. “Asarlar”. Preparer for the publication and author of the foreword, Ph.D., Prof. G‘. Karimov. - Tashkent: Gafur Ghulam Publishing House of Literature and Art, 1974. - 482 p.) 5. Турди Фароғий. (Turdi Faroghi.) https://ilmlar.uz/arboblar.turdu_farog‘iy_hayoti_va_ijodi . 6. Қобул, Нурали. Сукут суиқасди ёхуд Сталиндан Саддамгача. Биринчи китоб.– Тошкент:Адабиёт учқунлари, 2018. – 288 б. (Kabul, Nurali. Assassination of silence or from Stalin to Saddam. The first book. - Tashkent: Adabiyot ukkunlari, 2018. - 288 p.) Download 92.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling