Microsoft Word 2022-6 !˚˛ oxirgi variant Orginal


Download 92.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.05.2023
Hajmi92.72 Kb.
#1426704
Bog'liq
121.O‘ZBЕK MUMTOZ ADABIYOTIDA PAMFLЕTNING TARIXIY ILDIZLARI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI 
FarDU. 
ILMIY 
XABARLAR- 
1995 yildan nashr etiladi 
Yilda 6 marta chiqadi 
НАУЧНЫЙ 
ВЕСТНИК.
ФерГУ 
Издаётся с 1995 года 
Выходит 6 раз в год 



2022/№6 
FarDU. ILMIY XABARLAR – НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК.ФЕРГУ 
Muassis: Farg‘ona davlat universiteti. 
“FarDU. Ilmiy xabarlar – Научный вестник. ФерГУ 
– Scientific journal of the Fergana State University” jurnali bir 
yilda olti marta elektron shaklda nashr etiladi. 
Jurnal pedagogika, filologiya, tarix, falsafa, siyosat, 
kimyo, biologiya hamda geografiya fanlari bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 
doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish 
tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Jurnaldan maqola ko‘chirib bosilganda, manba 
ko‘rsatilishi shart. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2020-yil 
2-sentabrda 1109 raqami bilan ro‘yxatga olingan. 
Muqova dizayni va original maket FarDU 
tahririy-nashriyot bo‘limida tayyorlandi. 
Tahrir hay’ati 
Bosh muharrir
SHERMUHAMMADOV B.SH. 
Mas’ul muharrir
ZOKIROV I.I 
FARMONOV Sh. (O‘zbekiston) 
BEZGULOVA O.S. (Rossiya) 
RASHIDOVA S. (O‘zbekiston) 
VALI SAVASH YYELEK (Turkiya) 
ZAYNOBIDDINOV S.( O‘zbekiston) 
JEHAN SHAHZADAH NAYYAR (Yaponiya) 
LEEDONG WOOK. (Janubiy Koreya) 
A’ZAMOV A. (O‘zbekiston) 
KLAUS XAYNSGEN (Germaniya 
BAXODIRXONOV K. (O‘zbekiston) 
G‘ULOMOV S.S. (O‘zbekiston) 
BERDISHEV A.S. (Qozog‘iston) 
KARIMOV N.F. (O‘zbekiston) 
CHESTMIR SHTUKA (Slovakiya) 
TOJIBOYEV K. (O‘zbekiston) 
Tahririyat kengashi 
QORABOYEV M. (O‘zbekiston) 
OTAJONOV S. (O‘zbekiston) 
O‘RINOV A.Q. (O‘zbekiston) 
KARIMOV E. (O‘zbekiston) 
RASULOV R. (O‘zbekiston) 
ONARQULOV K. (O‘zbekiston) 
YULDASHEV G. (O‘zbekiston) 
XOMIDOV G‘. (O‘zbekiston) 
DADAYEV S. (O‘zbekiston) 
ASQAROV I. (O‘zbekiston) 
IBRAGIMOV A.(O‘zbekiston) 
ISAG‘ALIYEV M. (O‘zbekiston) 
TURDALIYEV A. (O‘zbekiston) 
AXMADALIYEV Y. (O‘zbekiston) 
YULDASHOV A. (O‘zbekiston) 
XOLIQOV S. (O‘zbekiston) 
MO‘MINOV S. (O‘zbekiston) 
MAMAJONOV A. (O‘zbekiston)
ISKANDAROVA Sh. (O‘zbekiston) 
SHUKUROV R. (O‘zbekiston) 
YULDASHEVA D. (O‘zbekiston) 
JO‘RAYEV X. (O‘zbekiston) 
KASIMOV A. (O‘zbekiston) 
SABIRDINOV A. (O‘zbekiston) 
KAXAROVA M (O‘zbekiston) 
XOSHIMOVA N. (O‘zbekiston) 
G‘OFUROV A. (O‘zbekiston) 
ADHAMOV M. (O‘zbekiston) 
XONKELDIYEV Sh. (O‘zbekiston) 
EGAMBERDIYEVA T. (O‘zbekiston) 
ISOMIDDINOV M. (O‘zbekiston) 
USMONOV B. (O‘zbekiston) 
ASHIROV A. (O‘zbekiston) 
MAMATOV M. (O‘zbekiston) 
G‘ANIYEV B (O‘zbekiston) 
SIDDIQOV I. (O‘zbekiston) 
XAKIMOV N. (O‘zbekiston) 
BARATOV M. (O‘zbekiston)
Muharrir: 
Sheraliyeva J. 
Tahririyat manzili: 
150100, Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy.
Tel.: (0373) 244-44-57. Mobil tel.: (+99891) 670-74-60 
Sayt: www.fdu.uz. Jurnal sayti 
Bosishga ruxsat etildi: 
Qog‘oz bichimi: - 60×84 1/8 
Bosma tabog‘i: 
Ofset bosma: Ofset qog‘ozi. 
Adadi: 10 nusxa 
Buyurtma № 
FarDU nusxa ko‘paytirish bo‘limida chop etildi. 
Manzil: 150100, Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. 
Farg‘ona, 2022. 



2022/№6 
M.G‘.Yulchiyeva, X.X.Turayev, Sh.A.Kasimov, S.S.Zoirov
Karbamid formaldegid anilin asosidagi polimer ligand sintezi va tadqiqi............................................... 479 
X.Umurzaqova, I.Zokirov 
Farg‘ona viloyati anor agrobiotsеnozi fitofaglarining taksonomik tarkibi ............................................... 485 
K.G‘aniyev, G.Zokirova, S.Asqaraliyeva, Sh.Hamidov 
Shiralarda (Homoptera, Aphidoidea) “parazit-xo‘jayin” munosabatlar tizimi haqida ............................. 490 
N.Israilov
“Sharq kutubxonasi” asarida Amir Temur tomonidan Hindistonning zabt etilishi 
masalasining o‘rganilishi ........................................................................................................................ 495 
Y.Nazarova, M.Marupova 
Nurell-d misolida insektitsidlarni sinflanishini takomillashtirish masalalari ............................................ 498 
I.Asqarov, B.Nizomov 
Yeryong‘oq tarkibidagi qandli diabet kasalligini davolashda ishtirok etuvchi moddalarning
kimyoviy tuzilishi ..................................................................................................................................... 505 
R.Kenjayeva 
Yassaviy hikmatlarida as’hobi kahf itining ramziy tasviri ....................................................................... 508 
N.Sulaymonova
F.M.Dostoyevskiy mahorati va polifonik roman poetikasi ...................................................................... 512 
N.Sharafutdinova 
Ko‘k so‘zining teonimik ma’nosi ............................................................................................................. 515 
N.Qo‘ldoshev, S.Ahmadjonova 
Uchko‘prik tumani shevalarining fonetik va morfologik xususiyatlari tahlili ............................................ 519 
F.Rakhimov, U.Bekov 
Plastifitsirlangan gips olishda fenol formaldegid asosidagi kremniyorganik polimerdan
foydalanish ............................................................................................................................................. 522 
A.Usmonov 
Bog‘lovchilarning diologik nutqda voqeylanishi ...................................................................................... 526 
M.Dehqonova 
80-yillar she’riyati talqinlari ..................................................................................................................... 530 
D.Umarov 
Badiiy asarlarda davr muammosi talqini ................................................................................................ 533 
J.Sayidolimov 
Sharq agiografiyasida arba’innavislik an’anasi ...................................................................................... 536 
J.Temurov 
S.Yesenin she’rlarida sharq haqidagi motivlar ....................................................................................... 539 
D.Xolmatov 
Odil Yoqubovning “Vido” hikoyasida qahramonlar tasviri ...................................................................... 543 
G.Qosimova, M.Ne’matova 
Inson tabiati va xarakterini ifodalovchi frazeologizmlarning semantik xususiyatlari .............................. 547 
O.Maxmudova 
Turkologlarning turkiy tub so‘zlarning fonetik tarkibi haqidagi qarashlari .............................................. 549 
G.Davlyatova 
Oliy ta’lim massasalarida “Yosh notiq” to‘garagini tuzish haqida........................................................... 552 
U.Usmonova 
Tohir Mаlik publitsistikаsining sintаktik-stilistik xususiyatlаri ................................................................. 555 
M.Masodiqova, G.Abduvahobova, G.Ahmadjonova, S.Asqaraliyeva 
Tengsiz ipakchi (ocneria dispar linnaeus, 1758) turining etologiyasi haqida
ayrim ma’lumotlar ................................................................................................................................... 559 
V.Giyosova
Murojaat birliklarining struktur-semantik va tematik tasnifi .................................................................... 562 
M.Baxramova
“Konsept” tushunchasining mohiyati, tuzilishi masalasiga doir .............................................................. 565 
E.Yusupjanov
O‘zbеk mumtoz adabiyotida pamflеtning tarixiy ildizlari ........................................................................ 569 
BIOLOGIYA, QISHLOQ XO‘JALIGI
ILMIY AXBOROT 


ILMIY AXBOROT 
569 
2022/№6 
UDK:811.411+82+7.049.2
DOI: 
10.56292/SJFSU/vol28_iss6/a121
O‘ZBЕK MUMTOZ ADABIYOTIDA PAMFLЕTNING TARIXIY ILDIZLARI 
ИСТОРИЧЕСКИЕ КОРНИ ПАМФЛЕТА В УЗБЕКСКОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ 
ЛИТЕРАТУРЕ 
HISTORICAL ROOTS OF THE PAMFLET IN UZBEK CLASSICAL LITERATURE
Yusupjanov Elyorbek Usmonali o‘g‘li

1
Yusupjanov Elyorbek Usmonali o‘g‘li 
− Farg‘ona davlat universiteti Mustaqil tadqiqotchisi. 
Annotatsiya 
Maqolada pamfletning tarixiy ildizlari, xususan, uning achchiq kulgi orqali jamiyatdagi turli illatlarni ochib 
tashlash xususiyati o‘zbek adabiyotida qadimdan mavjudligi haqida so‘z yuritiladi. Bunda muallif Alisher Navoiy, Turdi 
Farog‘iy, Gulxaniy, Muqimiy kabi mumtoz adabiyot vakillari asarlaridagi satira unsurlarini tahlil qiladi, o‘rni bilan Nurali 
Qobulning roman-pamfletiga solishtiradi. Satirik kulgi va pamfletning farqli va o‘xshash jihatlarini ko‘rsatadi. Natijada 
pamflet o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos tarixiy asosga ega degan xulosaga keladi. 
Аннотация 
В статье говорится об исторических корнях памфлета, в частности, его особенности выявления 
различных пороков в обществе через горький смех, существовавшей в узбекской литературе с древних 
времен. Алишер Навои, Турди Фароги, Гулхани, Мукими и др., анализирует элементы сатиры в произведениях 
представителей классической литературы и сравнивает их с романом-памфлетом Нурали Габула. Показаны 
различия и сходства между сатирическим юмором и памфлетом. В результате делается вывод, что 
памфлет имеет уникальную историческую основу в узбекской литературе. 
Abstract 
The article talks about the historical roots of pamflet, in particular, about the fact that its feature of revealing 
various vices in society through bitter laughter has existed in Uzbek literature for a long time. In this case, the author 
analyzes the elements of satire in the works of such representatives of classical literature as Alisher Navoi, Turdi 
Farogiy, Gulkhani, Muqimi, compares the role to the novel-pamphlet of Nurali Kabul. Satirical laughter and shows 
different and similar aspects of pamflet. As a result, pamflet comes to the conclusion that Uzbek literature has its own 
historical basis. 
Kalit so‘zlar: satira, kulgi, sarkazm, roman-pamflet, muxammas, doston, g‘azal, publitsistika, tasviriy ifoda usuli. 
Ключевые слова: сатира, смех, сарказм, роман-памфлет, мухаммас, эпос, газель, публицистика, 
метод изобразительного выражения. 
Key words: satire, laughter, sarcasm, novel-pamflet, mukhammas, epic, gazelle, publicistics, method of 
pictorial expression. 
KIRISH 
Qadim davrlardan beri odam atrof-borliq va jamiyatdagi o‘zgarishlarga o‘z munosabatini bildirib 
kelgan. Bunday munosabat o‘z tabiatiga ko‘ra, turlicha bo‘ladi. Ko‘pincha ijobiy, ba’zan esa, anirog‘i, 
kishi ideali, xalq intilishlariga zid bo‘lsa, salbiy yoki tanqidiy bo‘lishi mumkin. Bunda kishilar kulgi va 
uning turli ko‘rinishlari – istehzoli kulgi, achchiq kulgi, samimiy kulgi, kesatiqli kulgi, pichingli kabilardan 
samarali foydalanishgan. Shu tariqa kulgi orqali u yoki bu illat, kamchilikni tanqid qilingan, nuqsonni 
fosh etilgan. Achchiq kulgi yordamida asl ideal yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan narsalarni ifodalash 
ham ijtimoiy munosabat bildirish shakli sanaladi. “Aslida, kulgili narsa – bu hech kimning dilini 
og‘ritmaydigan, ba’zi bir nuqson va majruhlikdir... kulgili niqob azob (ifodasi)siz, xunuklik va aynanlikni 
tasvirlashdir”[1,26]. Shu ma’noda ifodalangan voqeadagi kulgili holat, vaziyat u yoki bu kishining yoxud 
ma’lum guruh, qatlamning ma’naviy nuqsoni, illati, kamchiligini kulgi yo‘li bilan tozalash, boshqalarni 
ular kabi bo‘lib qolmaslikka chaqiradi. 
Kulgi va uning badiiy-estetik vazifalariga asoslangan qator janrlar qadimdan adabiyotda faol 
ishlatilib kelinadi. Xususan, hajviya, hangoma, pamflet, satira kabilar shular jumlasiga kiradi. Xalq 
og‘zaki ijodidagi latifa, askiya, lof kabi janrlar ham mohiyatan kulgiga qurilgan bo‘lib, jamiyatdagi biror 
illat, kamchilik yoki nuqsonni turli darajadagi kulgi bilan fosh etiladi. Kishilar o‘sha xatoni takrorlamaslik 
ko‘nikmasini shakllantiradi.
Zamonaviy adabiyotda maxsus pamflet janri qaysidir ma’noda aynan satiraning, achchiq 
kulgining vazifasini bajarishi bilan ajralib turadi. Chunki adabiy jarayon doimiy harakatda bo‘lib, 
yaratilayotgan asarlar janri ham muntazam yangilanib, takomillashib boraveradi. Satira dastlab janr 
sifatida keng tarqalgan, asosan antik davrda yetakchi bo‘ldi, so‘ngra ifoda vositasiga aylanib, o‘z o‘rnini 
pamflet janriga bo‘shatdi. Shuning uchun roman-pamflet yangi asr boshlariga kelib adabiyotda 


ILMIY AXBOROT 
570 
2022/№6 
qaytadan jonlandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki achchiq kulgi –sarkazmga asoslangan asarlar 
adabiyotimiz tarixida qadimdan mavjud bo‘lgan. Shuning uchun kulgi va uning pamflet asarga ta’sirini 
tadqiq etish zarurati paydo bo‘lgan.
II. Metodologik asos va adabiyotlar tahlili. 
To‘g‘ri, bevosita roman-pamflet janridagi asar Nurali Qobulgacha o‘zbek adabiyotida bo‘lmagan. 
Ammo uning achchiq kulgi, ijtimoiy hayotni keskin fosh qiluvchi kabi jihatlari qadimdan adabiyotimizda 
mavjud bo‘lgan. Buni satirik asarlar misolida kuzatish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy “Durrojning 
yolg‘onni chin o‘rnig‘a ayturidin hodisa domig‘a tushgonda, chin so‘zini sher yolg‘on sog‘inib, faryodig‘a 
yetmagoni va ani balo domidin xalos etmagoni”[2,114-116], Turdi Farog‘iyning “Subhonqulixon va uning 
amir amaldorlari” [5], Maxmurning “Xapalak”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” [3], ”Muqimiy “Tanobchilar”, 
“Maskovchi boy ta’rifida”, “Saylov”, “Hajvi Viktor boy” [4, 343-394], Zavqiy hajviyoti kabilarni keltirish 
mumkin. Mazkur qaydlarning mavjudligi ularni roman-pamflet bilan solishtirish yoki pamfletning janr 
xususiyatlarini ulardan izlashni taqazo etadi.Bu esa tadqiqot metodologiya qiyosiy tahlil, struktural tahlil 
usullarini talab etishini anglatadi.
III. Natija. 
Satira va yumor, havjviya mumtoz adabiyotimizda qadimdan mavjud bo‘lib, ular voqelikka 
muallifning badiiy-estetik munosabati, biror illat yoki hodisani tanqid qilish, xunuklik va go‘zallikni 
farqlash kabi qator maqsadlarda faol qo‘llanilgan. Lekin satirik kulgining ijtimoiy-publitsistik ahamiyati, 
siyosiy tuzumga bo‘lgan tanqidiy qarash kabi jihatlari nisbatan kam o‘rganilgan. Biz yuqorida sanagan 
manbalarda ham ijtimoiy muammolarga tezroq yechim topishdan ko‘ra, ularni borligicha tasvirlash, 
shaxs xarakteridagi illatni ochib berish yetakchilik qiladi. Aynan shu xususiyatlar, satirik asarlarni 
pamfletga yaqinlashtiradi. Shuning uchun pamfletning tarixiy ildizlarini mumtoz adabiyotimiz 
namunalaridan izlash kerak, degan xulosaga kelindi. 
IV. Tahlillar. 
Hazrat Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” dostonining o‘ninchi bobida jamiyatdagi rostgo‘ylikning 
ahamiyati haqida nazariy qarashlarini badiiy ifodalab, bevosita yolg‘onchilik salbiy oqibatlari o‘limga olib 
kelishi mumkinligini yolg‘onchi Durroj ochib bergan. Bu yerda Durroj yengil hayot, yolg‘onchilik bilan kun 
ko‘ruvchi odam timsolida kelgan bo‘lib, aslida o‘zida yo‘q qobiliyatni,kuylarida o‘zi chekmagan,bilmagan 
dardni kuylab yurgan Durroj oqibatda real tuzoqqa tushadi. 
Aslida o‘rmonda bir sher yashashi, chumolilar uning bolasiga doimo ozor berishi sabab, sher 
bolasini tishlab olib yurishi, Durroj esa sherdan qo‘rqqanidan u kelganda ustidan pir etib uchib o‘tishi, bu 
ovozdan sher bolasini yanada qattiqroq tishlab, unga ozor berishi haqidagi so‘z bilan hikoyatni 
boshlanadi. Shunda sher bolasiga ozor bermaslik uchun Durroj bilan do‘st tutinishga urinadi. Ular shu 
qadar do‘st bo‘lishadiki, endi Durroj Xumo qushi kabi sherning ustida uchib, kuylab yurardi. Ammo 
uning kuyida yolg‘oni borligini anglagan sher uni bu yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi. Biroq Durroj pandni 
quloqqa ilmadi va ovchining tuzog‘iga tushib, dod soldi: 
Qichqiribon dom aro ul mubtalo, 
Necha dedi: “Tot! Meni tuttilo!” 
Sher qulog‘iga yetib ul maqol, 
Savtini doyimig‘a etti xayol 
Ko‘p eshitib erdi bu yolg‘onni, 
O‘yla gumon etti chin afg‘onini” [2,116] 
Ko‘rinadki, yolg‘on kuylagani uchun, soxta dardlarini aytib yurgani uchun ovchining tuzog‘iga 
ilingan qushning haqiqiy faryodini sher yana yolg‘on kulayapti, deb xayol etadi va uni ovchi qo‘lga oladi. 
Demak, o‘zida yo‘q narsani bor deb doimo ta’kidlash, halokatga tushdim deb aldash, oxir oqibat o‘sha 
fojea yuz berganda kishini qutqarmasligini ta’kidlangan. Durrojning turmush tarzi tanqid etilgan. 
Ko‘rinadiki, rost so‘zlamasdan, o‘zini boshqa bir vaziyatga solib, aldash natijasida o‘z joni bir kuni 
haqiqatdan ham nochor ahvolga tushganda, do‘sti unga yordamga kelmadi.
Pamfletda ham aslida o‘zida yo‘q bo‘lgan aqllilikni, salohiyatni bordek ko‘rsatib rahbarlik qilgan, 
jamoani boshqargan rahbarlar ustidan kulinadiki, shu xususiyati bilan u Alisher Navoiyning mazkur 
hikoyatiga mos keladi. 
O‘zbek adabiyotining yana bir yirik vakili Turdi Farog‘iy ham satirik asarlar yozib, achchiq kulgi 
yordamida podshoh va uning amaldorlarini kuchli tanqid ostiga oladi. Ko‘rinadiki, uning qator 
xususiyatlari pamfletga mos keladi. Masalan, uning quyidagi muxammasini tekshirish mumkin: 
Ey yuzi qora, ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar, beglar, 
Bilingiz bu so‘zni pandi sarosar, beglar, 
Aylangiz payravi shar’i payg‘apmbar, beglar, 


ILMIY AXBOROT 
571 
2022/№6 
Sizga darkor bu yurt, ey gala zanglar, beglar, 
Bu qadim naql erur: el rabotu to‘ra qo‘noq[5]. 
Mazkur parchada xalqning “g‘am xirmaniga” botgan ahvoliga qarab buzilgan dilini vayronani 
obod qilmoqchi bo‘lgan muallif yurt kattalariga bevosita murojaat qilmoqda. Ularning xalq ahvolidan 
ko‘zi ko‘r,qulog‘i kar,yuzi qoraligini ta’kidlab, bu dunyo o‘tkinchi,el esa karvonsaroy, undagi rahbarlar 
esa mehmondek kelib ketadi.Sen ham vaqtincha bekliginingni anglab,xalq holini yaxshilashga xizmat 
qil,deya achchiq kulgi bilan ularning mas’uliyatsizligi,ma’nan qashshoqligini ochib tashlamoqda.
Gulxaniy yaratgan “Zarbulmasal” nasriy asari garchi ixcham, teran mazmunli didaktik asar 
hisoblanadi. Boshqa tomondan olganda esa Sharq adabiyotidagi qadim an’ana, ya’ni qushlar tilidan 
kishilarning ijtimoiy hayoti bayon qilinganini e’tiborga olsak, unda ham qator satirik o‘rinlar mavjud. 
Xususan, Yapoloq qushdan kelgan sovchiga qizi uchun vayrona shaharlarni qalin o‘rnida so‘rashi, 
Nurali Qobulning roman-pamfletida tilga olingan voqea: ikkinchi jahon urushi oldidan dunyoni bo‘lib 
olish maqsadida urushga tayyorgarlik ko‘rgan va bir-biriga turli shaharlarni vayron qilib, bosib olishiga 
indamay qarab turgan davlat rahbarlari ishiga o‘xshab ketadi.
Muqimiy ham jamiyatda o‘z xizmat mavqeini suiste’mol qiladigan rahbarlar, xususan, tanobchilik 
amaliga ega bo‘lib, kishilarning yerlarini o‘lchab, ulardan qo‘shimcha soliqlar undirib, kishilarga azob 
beradigan amaldorlarni Sulton Ali Xo‘ja va Hakimjon obrazi orqali fosh etadi: 
Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar, 
Arz etayin emdi yozib nomalar. 
Adl qulog‘ila eshit holimi, 
Zulm qilur, baski, menga zolimi. 
O‘n iki oyda keladur bir tanob, 
O‘zgalara rohatu menga azob. 
Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav, 
Biri xotun,birisi bo‘ldi kuyav [4,343].
Muqimiy shu tariqa kishilar yerini va undan olinadigan daromad hisobini, xon xazinasi uchun 
olinadigan soliqni o‘z istaklari bo‘yicha amalga oshirishlari, bu esa xalq orasida norozilikka sabab 
bo‘lishini ta’kidlab, xonlikning soliqqa torttish va uni boshqaruv tizimini keskin tanqid etadi. Bu yerda 
qator ijtimoiy masalalar ham ochiq bayon etiladiki, ular bugungi kun uchun ham dolzarblik kasb etadi. 
Tahlilga tortilgan asarlardan Alisher Navoiy hikoyatida bevosita kishi fazilati,xarakteridagi qusur 
keltirilgan. Biz bunday jihatni Nurali Qobulning roman-pamfletida u yoki bu personaj tasvirida ham 
uchrashiga amin bo‘ldik.Xususan, roman-pamfletdagi Molotov va Ribbentrop suhbatini keltirish mumkin: 
– Haqiqatdan ham rus podshohlari go‘zal, muhtasham saroylar qurganlar!, deydi u Stalin 
chiqib keladigan eshikka mijja qoqmay tikilib turgan Molotovga. 
– To‘g‘ri, biroq bunday so‘zlarni Iosif Vissarionovichga aytmang, ko‘zi ola-kula bo‘lib
Ribbentropga qaradi Molotov. 
– Nega? Bu saroylarni maqtaganimiz dohiylaringizga xush yoqmaydi? – hayron bo‘lib so‘radi 
Ribbentrop. [6.32] 
– Bu saroylar yaxshi. Iosif Vissarionovich buni bizdanda yaxshi biladilar. Siz Stalin davri 
me’morchiligini, masalan, hozir kelganimiz tashqi ishlar vazirligi binosini, Moskva universiteti, “Ukraina” 
mehmonxonalari haqida gapiring[6.32-33]. 
Mazkur dialogda yozuvchi Stalin davrida faqat uning nomiga aloqador narsalarni gapirish 
shartligi, qolgan buyuk ishlarni tilga olmasligi kerakligi haqidagi mulohazani tasvirlaydi. Boshia binolarni 
tilga olgani uchun tashqi ishlar vazirining qo‘rqqanidan ko‘zi ola-kula bo‘lgani, faqat Stalin davri 
me’morchiligini maqtash lozimligini ta’kidlaydi. Bu yerda hukumat a’zolari ichida shaxs erki, shaxsiy fikr 
bildirish huquqi yo‘qligi yoki hammasidan dohiy yashi bilishi haqidagi faktlarga urg‘u beradi. Bu esa 
ijtimoiy jamiyatni,davlat tizimini bir xil tarzda fikrlovchi mutaassib kishilar, har qanday topshiriqni 
o‘ylamasdan so‘zsiz bajaruvchi, kaltabin odamlarga to‘laligini anglatadi. Yozuvchi ushbu suhbatda 
davlat va jamiyatni ma’naviy inqiroz olib borgan siyosatning fojeali asoratini keltiradi. Hatto, Germaniya 
tashqi ishlar vaziri ham bu yerda o‘ylab gapirishi shartligi, dohiydan ortiq gap aytish munosabatlarga 
salbiy ta’sir etishiga ishora qiladi.
Muallif insoniyat boshiga ulkan fojealarni solgan ikki rahbar Stalin va Gitlerni solishtarar ekan, 
bu ikki siyosatchining asl niyatini ham qistirib o‘tadi: “Stalinning niyati bitta edi. Gitler butun yer yuzini 
bosib olsin. Istasa...Faqat unga, uning toj-u taxtiga tegmasa bo‘ldi... 
Gitlerchilar sobiq SSSRga hujum qilgan qirq birinchi yilning yoziga qadar oktabr to‘ntarishidan 
buyon yigirma million kishi fuqarolar urushi, sun’iy ocharchilik va repressiyalar qurboni bo‘lgan. “Sodda” 
Gitler ana shu yigirma million qatliomga uchragan kishining bir nafardan eng yaqin qarindoshi uni 
quvvatlasa, kamida yigirma million o‘z tarafdoriga ega bo‘lshini rejalashtirgan edi [6, 44] 


ILMIY AXBOROT 
572 
2022/№6 
Mazkur parchada aslida do‘stdek tuyulgan bu ikki mamlakat siyosatchilarining zimdan 
qilayotgan ishini tasvirlar ekan, bitta hayotiy haqiqatni to‘g‘ri ta’kidlaydi. O‘zini daho deb bilgan bu ikki 
rahbarning insoniyat boshiga yo‘lagan fojeasi, keyingi butun boshli avlodni – chalasavod, o‘z tarixini 
teran anglamaydigan, “ideali To‘ytepadan nariga o‘tmaydigan” kishilarni shakllantirganiga ishora qiladi. 
Bundan afsuslanib quyidagilarni yozadi: “Millat olomonu guruhlardan iborat emas, shakllangan 
shaxslardan tashkil topadi. Shunday kishilar bo‘lmas ekan, ulus ko‘zlagan muqaddas manzillar 
uzoqlashaveradi” [46].
Bu mulohaza bir qarashda barcha xalqlarga tegishli, yuqoridagi ikki siyosatchi faoliyatiga 
berilgan bahodek tuyulsa-da, aslida hamon mustaqil fikr yuritmayotgan, “almoyi-jalmoyi” tush 
ko‘rayotgan chalasavod kishilar ko‘pligidan nadomat chekib aytilgan gaplar edi. 
Roman-pamfletdagi Moskvaga kelgan Germaniya tashqi ishlari vazirining maqsadi go‘yoki, 
Gulxaniyning asaridagi sovchining qismatiga o‘xshaydi: “Ko‘rqush aydi: «Man Yapaloqbiyni 
zavchisidurman, Boyug‘lini qiziga xostakorlikg‘a borurman». Anda Hudhud aydi: «Yapaloqni nihoyat 
kam xiradligini emdi bildim. «Har oyina o‘z jinsidin». Yapaloqlar qurug‘ondek, sani yuborurmudi?”[3,15] 
Mazkur o‘rinda Ko‘rqush, Yapaloqqush, Boyqushlarning majoziy ma’nosi bo‘lib, Ko‘rqush darhaqiqat 
real voqelikni bilmaydi va anglamaydi. Yapaloqqush ham o‘z mavqeidan kelib chiqmasdan 
Boyqushnikiga sovchi yuboradi. Bu esa o‘z imkoniyati, salohiyati, bilim darajasini bilmasdan harakat 
qilishi oqibatida kulgiga qolgan odamlar harakatiga o‘xshaydi. Demak, muallif satira va roman-pamflet 
o‘rtasidagi ana shunday o‘xshash joylarni, roviy nutqidagi sarkazm va kesatiqlarni to‘g‘ri ishlata bilgan. 
Natijada ijtimoiy taraqqiyotdagi ulkan xatolar Gulxaniy yaratgan Yapaloqqush Boyo‘g‘li bilan quda 
bo‘lishga uringanidek, katta fojealar salbiy vaziyatlarni yuzaga keltirishini ko‘rsatadi. 
V.Xulosa. 
1. Tahlilarlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, hazrat Alisher Navoiy, Turdi Farog‘iy, Muhammad Sharif 
Gulxaniy, Muqimiy kabilarning asarlaridan keltirilgan namunalarda ijtimoiylik, keskin tanqid, sarkazm 
yetakchilik qiladi. Bu esa ularni pamflet janriga yaqinlashtiradi.
2. O‘zbek adabiyotida pamfletning keskin tanqid, publitsistik ruhiyat kabi jihatlar qadimdan 
mavjud bo‘lgan. Lekin ulardagi satira, sarkazm, achchiq kulgini ifodalash vositasi sifatida olingan. Ya’ni 
bu vositalar doston, g‘azal, muhammas kabi janrlar doirasida qo‘llanilgan, pamflet kabi alohida maxsus 
janr tarzida shakllantirilmagan. 
ADABIYOTLAR 
1. Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. – 352 б. (Aristotle. 
Poetics. His morals are great. Rhetoric. - Tashkent: New age generation, 2012. - 352 p.) 
2. Алишер Навоий. Ҳайратул аброр. - Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 
1989. – 352 б. (Alisher Navoi. “Hayratul Abror”. - Tashkent: Gafur Ghulam Publishing House of Literature and Art, 1989. - 
352 p.)
3. Гулханий. Зарбулмасал. (Нашрга тайёрловчи Ф. Исҳоқов.) – Тошкент:, Ғафур Ғулом номидаги 
Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – 80 б. (Gulkhani. “Zarbulmasal” (Preparing for publication by F. Ishakov.) - 
Tashkent: Gafur Ghulam Publishing House of Literature and Art, 1974. - 80 p.)
4. Муқимий. Асарлар. Нашрга тайёрловчи ва сўз боши муаллифи ф.ф.д., проф.Ғ.Каримов. – Тошкент: 
Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1974. – 482 б (Important. “Asarlar”. Preparer for the publication 
and author of the foreword, Ph.D., Prof. G‘. Karimov. - Tashkent: Gafur Ghulam Publishing House of Literature and Art, 
1974. - 482 p.) 
5. Турди Фароғий. (Turdi Faroghi.) 
https://ilmlar.uz/arboblar.turdu_farog‘iy_hayoti_va_ijodi
.
6. Қобул, Нурали. Сукут суиқасди ёхуд Сталиндан Саддамгача. Биринчи китоб.– Тошкент:Адабиёт 
учқунлари, 2018. – 288 б. (Kabul, Nurali. Assassination of silence or from Stalin to Saddam. The first book. - Tashkent: 
Adabiyot ukkunlari, 2018. - 288 p.) 

Download 92.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling