Microsoft Word 3-Mavzu. Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi
Shavkat Mirziyoyev- O’zbekiston prezidenti
Download 45.68 Kb.
|
3-Mavzu Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1991-yil 6-sentabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini
- “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risidagi”
- “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”
- «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat to‘g‘risida» , «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»
Shavkat Mirziyoyev- O’zbekiston prezidenti.2016 yil 4-dekabrda mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy voqea- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bolib o’tdi. Savlovda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko’rsatilgan nomzod Shavkat Miramonovich Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz olib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 6-sentabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko‘zlab uning tarkibida 1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim deb topildi. 1992-yil iyulida u Mudofaa Vazirligiga bo‘ysundirildi. Mustaqil O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari tizimida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo‘mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo‘mita va statistika davlat qo‘mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 1997-yildan ushbu Qo‘mita Makroiqtisodiyot Vazirligiga aylantirildi. Xalq xo‘jaligini boshqarishning yangi usuli sifatida konsernlar vujudga keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga o‘tish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘ldi. “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbekneftgaz” va boshqa ko‘plab konsernlar shular jumlasidandir. 1991-yil 7-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, Sobiq Ittifoq manfaatlarini birinchi galda qondiruvchi idoralar tugatilib, yangi shakldagi qo‘mitalar, konsernlar va vazirliklar tashkil etildi. Bu bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida o‘z milliy taraqqiyotiga mos, vatan mustaqilligini mustahkamlovchi boshqaruv tizimi vujudga keltirildi. O‘zbekistonda davlatning boshqaruvni to‘liq monopoliya qilishdan cheklanish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish, aholi turli tabaqalarining hokimiyat tizimida ishtirok etishini ta’minlashning yana bir yo‘li mahalliy davlat hokimiyatlarini shakllantirish ekanligi e’tirof etildi. 1990-1992-yillari O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunicha bo‘lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bular orasida 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risidagi” qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ-hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo‘yildi. Ijro etuvchi hokimiyat organlarida bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida, viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya organlarining qaramligiga tushib qolgan ijro organlari- ijroiya komitetlari tugatildi Hokimlarning huquqiy vakolatining asosi, avvalo, Konstitutsiyaning 99 va 102 moddalari va yuqorida tilga olingan qonunning 1- moddasida belgilangan. Konstitutsiya va qonun normalarini umumlashtirsak, hokim tegishli hududda vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladi va ayni paytda shu erdagi mansabdor shaxs hisoblanadi. Hokimlar mahalliy hokimiyatni boshqarar ekanlar, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqaradigan yaxlit ijro hokimiyat organlari tizimi tarkibiga kiradi. Shuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun (1993-yil, sentyabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonun (1994-yil, may) kabi hujjatlar muhim o‘rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi. Oliy Majlis palatalarining (2005-yil 28-yanvar) majlisida demokratik o‘zgarishlar mahalliy axborot vositalarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlamasdan turib mumkin emas deb qayd etdi. 2004-yilning 1-yanvar oyiga ko‘ra mamlakatimizda 571 gazeta, 140 jurnal, 4 axborot agentligi, 85 teleradio va kabel studiyasi, 298 Elektron axborot vositalari ishlamoqda. So‘nggi yillarda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. 2002-yilning 27-yanvarida umumxalq referendumi o‘tkazilib bunda O‘zbekistonda ikki palatali parlamentga o‘tish, Prezident vakolatini besh yildan etti yilga uzaytirish masalalari hal qilindi. II-chaqiriq Oliy Majlisning X-sessiyasi (2002-yil dekabr) «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senat to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida» qonunlar qabul qildi. 2003-yilning 24-25-aprel II-chaqiriq Oliy Majlisning XI-sessiyasi O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasiga tegishli o‘zragishlar kiritadi. Xususan, Prezident vakolatining bir qismi yuqori palata deb nomlanuvchi Senatga o‘tadi. Prezident Vazirlar Mahkamasi rayisi lavozimidan voz kechadi; Quyi palata deb nomlanuvchi Qonunchilik palatasida deputatlar doimiy ravishda ish olib boradi. 2004-yilning 26-dekabri va 2005 yilning 9-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatasi saylovlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston fuqarolarining faol ishtiroki va mahalliy hamda xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar vakillarining nazoratidan o‘tgan saylov natijasida qonunchilik palatasiga 120 deputatlar saylandi. Bular Xalq demokratik partiyasidan 28 nafar, Liberal-demokratik partiyasidan 41,Fidokorlar milliy demokratik partiyasidan 18, Milliy tikllanish demokratik partiyasidan 11, Adolat sosial demokratik partiyasidan 10 nafar deputatlar saylandi. 12 deputat tashabbuskor guruhlardandir. Mahalliy hokimiyat organlaridan yuqori palata Senatga har viloyatdan 6 nafardan jami 84 senator va 16 senator Prezident tomonidan ko‘rsatilishi belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda davlat hokimiyatining huquqiy demokratik tizimi yildan-yilga takomillashib bormoqda, oxirgi yillardagi o‘zgarishlar haqida keyingi mavzuda alohida o‘rganiladi. Download 45.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling