Microsoft Word 3-vazifa docx


Download 191.44 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.12.2022
Hajmi191.44 Kb.
#1045300
Bog'liq
2 5343804266802845318



© ZED IT Academy 2022 
Muhammadyunus Tursunov 
 
 
HOMEWORK#03 
 
• If/elif/else 
math module 


© ZED IT Academy 2022 
Muhammadyunus Tursunov 
Vazifalarning hammasi bitta faylda bo’lsin. Kommentida qaysi 
vazifaning qaysi mashqi ekani ko’rsatilgan holda bo’lsin. JUMA 
kuni soat 23:59 gacha (t.me/taqiy_marginoniy) lichkamga 
yuborilishi shart! 
 
1. 
Foydalanuvchidan bir integer son so’rab, sonning toq yoki juft 
sonligini aniqlovchi dastur tuzing.
2. 
Temperatura uchun input qabul qiling. Kiritilgan son 36.6 dan 
katta bo’lsa ham, kichik bo’lsa ham “Tana haroratingiz normal 
emas” deb ekranga chiqarsin. 
3. 
Dasturingiz foydalanuvchidan 3 ta son qabul qilsin va ularning 
eng kattasini ekranga chiqarsin 
4. 
Dasturingiz foydalanuvchidan 3 ta son qabul qilsin va ularning 
eng kichigini ekranga chiqarsin. 
5. 
Dasturingiz foydalanuvchidan 1 ta integer son qabul qilsin va 
sonning musbat yoki manfiyligini ekranga chiqarsin. 
6. 
a, b, c sonlari berilgan. Bu sonlardan uchburchak yasasa 
bo'ladimi yo'qmi tekshiring. Eslatma: Uchburchakning 2 ta 
tomoni yig'indisi har doim 3-tomondan katta bo'ladi. 
7. 
Uchta a, b, c butun sonlar input qiling. b soni a va b oraliqda 
bo’lsa “b oraliqda”, aks holda “b oraliqda emas” degan natija 
ko’rinsin. 
8. 
Ikkita son input qiling. Ikkala son ham toq bo’lsa, “to’g’ri”, aks 
holda “notog’ri” degan natija chiqsin 


© ZED IT Academy 2022 
Muhammadyunus Tursunov 
9. 
a, b, c son input qiling. Uchala son ham toq bo’lsa “uchalasi ham 
toq”, faqat 2 tasi toq bo’lsa “ikkitasi toq”, faqat bittasi toq 
bo’lsa “bittasi toq” degan natija chiqsin. 
10. 
Musbat butun son berilgan bo’lsin. Berilgan son ikki xonali 
bo’lsa, “2 xonali juft/toq son”, uch xonali bo’lsa “3 xonali juft/toq 
son” ekanini aniqlaydigan dastur yarating. 
11. 
Input orqali son qabul qiling, agar bu son 3ga qoldiqsiz bo'linsa 
ekranga "Fiz", 5ga qoldiqsiz bo'linsa "Biz", ham 5ga, ham 3ga 
qoldiqsiz bo'linsa "FizBiz" yozuvini ekranga chiqaring. Agar son 
hech qaysi shartni bajarmasa, sonning o'zi ekranga chiqsin. 
12. 
a va b son input qiling. Sonlarning har ikkisi ham toq yoki har 
ikkisi ham juft son bo’lsa, “Barakalla”, aks holda “Yutqazdingiz” 
yozuvlari ekranga chiqsin. 
13. 
ax^2 + bx + c = 0 kvadrat tenglama nechta yechimga ega 
ekanligini hisoblaydigan dastur yozing. a, b va c o'zgaruvchilarini 
input orqali qabul qiling. Tenglama nechta yechimga egaligini 
topish uchun d = b*b – 4 * a * c formulasidan foydalaning (d > 0 
bo’lsa 2ta, d = 0 bo’lsa 1ta yechimga ega va d<0 bo’lsa 
yechimga ega emas.) 
14. 
3 xonali son input qilinsin. Shu sonning teskarisi ham shu songa 
teng bo’lsa “palindrom”, aks holda “palindrom emas” degan 
natija chiqsin. 
15. 
a, b, c haqiqiy sonlari berilgan. Agar berilgan sonlar o'sish 
tartibida berilgan bo'Isa, sonlarni 2 ga ko’paytiring, aks holda 
sonlarning ishorasini o'zgartiring. a, b, c ning qiymatlari ekranga 
chiqarilsin. 
16. 
3 ta son input qilinsin. Shu sonlarning o’rachasini ko’rsatadigan 
dastur yarating. 


© ZED IT Academy 2022 
Muhammadyunus Tursunov 
17. 
3 xonali son input qilinsin. Ushbu son bir xil raqamlardan tashkil 
topgan yoki yo’qligini tekshiring 
(777 yoki 444 vahokazo)
18. 
a, b, c haqiqiy sonlari berilgan. Agar berilgan sonlar o'sish yoki 
kamayish tartibida berilgan bo'Isa, sonlarni ikkilantiring, aks 
holda sonlarning ishorasi o'zgartirilsin. a, b, c ning qiymatlari 
ekranga chiqarilsin. 
19.  Biror yil input qilinsin (masalan, 1980). Berilgan yilda necha kun borligini 
aniqlovchi programma tuzilsin. Kabisa yilida 366 kun bor, kabisa bo'Imagan 
yilda 365 kun bor. 
(Kabisa yil deb 4 ga karrali yillarga aytiladi. Lekin 100 ga karrali 
yillar ichida faqat 400 ga karrali bo'Iganlari kabisa yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 
1900 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili)
20. 
Temperatura uchun input oling. Qaysi oraliqdaligiga qarab 
quyidagi yozuvlarni chiqarsin: 
41°C - 44 °C – Tana haroratingiz juda baland, 103 ga qo’ng’iroq qiling. 
38°C - 40 °C – Tana haroratingiz baland, dam oling va ko’p suyuqlik iching. 
36.6°C – 37.0 °C – Tana haroratingiz normal, sog’ligingiz joyida. 
32°C - 35 °C – Tana haroratingiz past, dam oling va issiqroq kiyining. 
24°C - 32 °C – Tana haroratingiz juda past, 103 ga qo’ng’iroq qiling..

Download 191.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling