Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. Ilk taassurotlarim
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ZULMAT OSTONASIDAGI MUHABBAT. 1-FASL Dilfuza SOBIROVA tarjimasi MUQADDIMA Ilgari o’lim haqida jiddiy o’ylamasdim, vaholanki, so’nggi oylarda bu haqda o’ylash uchun sabablar ko’p bo’lgan bo’lsa-da... Bazan bu fikr miyamga kelar, lekin o’lim bilan qay holatda yuzma-yuz kelishimni tasavvur qila olmasdim. Nafasimni yutib, katta zalning narigi burchagida turgan iskovuchning tantana qilayotgan ko’zlariga tikilardim. Birov uchun hayotingni qurbon qilish, ayniqsa u sevgan kishing bo’lsa, bu olijanoblik! Men Forksga ko’chib kelgan kunimoq hayotimni xavf ostiga qo’yganimni tushunib turardim. Lekin qo’rquvdan yuragim muzlab borayotgan bo’lsa-da, afsuslanmayapman. Ko’nglingning tub-tubidagi orzuing ushalgach, taqdirga qarzingni qaytarishing kerakligini tushunardim. Iskovuch ko’ngli to’lib jilmaygancha, sekin-asta men tomonga kela boshladi... I bob. Ilk taassurotlarim Usti ochiq mashinada onam bilan aeroportga yetib keldik. Finiksda kun issiq bo’lib, osmon musaffo edi. Arizona bilan xayrlashar ekanman, egnimda o’zim yoqtirgan yupqa bluzka, qo’limda esa qalin kurtkamni ko’tarib olgandim. Forks Vashington shtatining shimoli-sharqida joylashgan kichik shaharcha bo’lib, yog’ingarchilik mo’l edi. Bu yer qo’shma shtatlarning eng seryomg’ir hududi hisoblanardi. Kishini ko’ngliga ma'yuslik soladigan bu zerikarli shaharchadan onam men hali go’dakligimdayoq qochib ketgan. O’n to’rt yoshimgacha har yili yoz faslida shu tund shaharchada tatilni o’tkazardim. Bir marta isyon ko’targanimdan keyin otam so’nggi uch yilda Kaliforniyaga olib boradigan bo’ldi. Mana endi o’z ixtiyorim bilan Forksga qaytyapman. Bu qarorga kelishim oson bo’lmadi, chunki bu joyni bolaligimdan yoqtirmasdim. Menga quyoshli, shovqin, quvnoq Finiks ko’proq yoqardi. ― Bella, - dedi onam. Uning nima deyishini bilib turardim. - Hali ham kech emas, fikringdan qaytishing mumkin, - ming birinchi marta u shu taklifini takrorladi. Men onamga juda o’xshayman, faqat uning soch turmagi kalta, kulsa ko’zining atrofida mayda ajinlar paydo bo’ladi. Men uning bolalarnikidek sodda ko’zlariga tikildim, yuragimda og’riq turdi. Nahotki, onajonimni tashlab ketsam, albatta, endi uning yonida qayg’uradigan, mehribon Fil bor. ― Rostdan borgim kelyapti... - dedim men qatiylik bilan. Yolg’on gapirishni qoyil qila olmasamda, oxirgi paytlarda ko’p qaytarganim uchun bu gapimga o’zim ham ishonib qolgandim. ― Mayli... Unda Charliga salom deb qo’y. ― Albatta, - xo’rsindim men. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Biz tez kunda uchrashamiz. Iltimos, xohlagan paytda qaytib kelishing mumkinligini unutma. Bir gap bo’ladigan bo’lsa, qo’ng’iroq qil... Men darhol yetib boraman! ― Xavotir olmang, hammasi yaxshi bo’ladi. Sizni yaxshi ko’raman oyijon. Onam meni mahkam bag’riga bosib, o’pdi shundan keyin yuklarimni topshirgani ketdim. Demak, oldinda Sietlgacha to’rt soatlik parvoz. Keyin boshqa samolyotga o’tib, yana bir soat Port-Anjelesgacha uchish va nihoyat Forksgacha bir soat mashinada yo’l bosishim kerak! Parvoz qilish yoqardi lekin bir soat dadamning mashinasida yo’l bosishni o’ylasam, yuragim siqilardi. Dadam u bilan yashashga qaror qilganimdan chin dildan quvonib, kutib oldi. Meni mahalliy maktabga yozdirib qo’yishga ham ulguribdi, bitta mashina topishga ham vada berdi. Muammo shunda ediki, men ham dadam ham so’zamol emasdik. Umuman olganda o’zaro muhokama qiladigan mavzumizning o’zi yo’q edi. Albatta, Finiksdan ketish haqidagi qarorim uni hayratga solgandi, chunki u ham seryomg’ir Forksni yoqtirmasligimni bilardi. Port-Anjeles meni sharros yomg’ir bilin kutib oldi. Men yomg’irni yomon alomat deb emas, balki odatiy hol deb qabul qildim. Chunki quyosh bilan endi xayrlashish kerakligini bilardim. Dadam meni olib ketgani patrul mashinasida kelgandi. Shunday bo’lishini oldindan bilgandim. Chunki butun Forks shaharchasi uchun dadam - politsiya shefi Svon. Shu sabab ham iqtisodiy tomondan qiynalsam-da, shaxsiy avtomobilim bo’lishini istagandim. Chunki shahar bo’ylab chirog’i lipillaydigan mashinada yurishni istamasdim. Samolyot zinasidan tusha yotib, sirpanib to’g’ri dadamning qo’liga borib tushdim. ― Seni ko’rganimdan xursandman, Bella, - dedi dadam meni sekin yerga qo’yarkan. - O’zgarmabsan. Onang yaxshi yuribdimi? ― Onamning ishlari joyida. Men ham sizni ko’rganimdan xursandman, dada. Nima haqida gaplashishni bilmay bir zum tek qotdik. Yuklarim kam edi. Chunki Arizonada kiygan kiyimlarim Vashington uchun to’g’ri kelmasdi. Onam bilan iloji boricha ko’proq issiq kiyimlar xarid qilishga urindik. Lekin baribir kiyimlarim yetarli emas edi. ― Senga zo’r mashina topib qo’ydim, narxi ham yomon emas! - dedi dadam o’rinddiqqa joylashganimizdan so’ng. ― Qanaqa ekan? - aniqlik kiritgim keldi. Uning "zo’r" degani shubhali tuyuldi. ― Umuman olganda, pikap, "shevrole". ― Qayerdan topdingiz? ― La-Pushlik Billi Blek esingdami? La-Push bu hindular yashaydigan hudud bo’lib, sohilda joylashgandi. ― Yo’q. ― O’tgan yili yozda hammamiz baliq oviga borgandik, - eslatdi dadam. - Endi u nogironlar aravachasida, rulga o’tira olmaydi. Shu sabab pikapini arzonga sotdi. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun Shu sabab ham men Blekni eslay olmadim. Mening og’riqli va keraksiz xotiralarni o’chirib tashlaydigan yaxshi xususiyatim bor. ― Xo’sh, u pikap zavoddan chiqqaniga necha yil bo’lgan? Dadamning peshonasi tirishganidan aynan shu savoldan cho’chib turganini bildim. ― Umuman olganda... Billi motorga ancha pul xarajat qilgan, hozir u soatdek aniq ishlaydi, - gapni aylantira boshladi dadam. ― Necha yil bo’lgan? - men ham qaysarlik qilib turib oldim. ― Billi uni taxminan 1984 yilda sotib olgan... ― Yangiligidami? ― Shunaqa desa ham bo’ladi. Taxminan elliginchi yillarning oxiri, balki oltmishinchi yillarning boshida yig’ilgan.. - istamaygina tan oldi dadam. ― D-dada! Men mashinani tushunmayman-ku. Buzilib qolsa kim tuzatib beradi. Mexanikga to’laydigan ortiqcha pulimiz yo’q... ― Xudo haqqi Bella, mashina naq arslonning o’zi. Bunaqa modellar boshqa chiqarilmayapti. ― Xo’sh bu "arslon" uchun Billi qancha so’rayapti. ― Men uni allaqachon sotib oldim. Senga uni sovg’a qilmoqchiman. Forksga xush kelibsan Bella! ― Nima qilardingiz, dada... O’z avtomobilimga o’zim pul to’lay olaman. ― Mayli, qo’yaver. Forks senga yoqishi uchun harakat qilyapman, - dedi dadam yo’ldan ko’zini uzmay. Dadam his-tuyg’ularini ko’rsatishni istamaydiganlardan bo’lib, bu xislati menga ham o’tgandi. ― Katta rahmat, dada - dedim, men ham ko’ziga qaramaslikka harakat qilib. Forks menga baribir yoqmasligini aytib dadamning dilini xufton qilgim kelmadi. Ayniqsa, sovg’a qilingan otning tishiga qaralmaydi. ― Qo’ysang-chi, Bella sen uchun arzimaydi, - xijolat bo’lib to’ng’illadi dadam. Rasvo havo haqida bir oz gaplashgach, ikkalamiz ham yo’lga qarab jimgina ketaverdik. Haqiqatni aytadigan bo’lsam, atrof chiroyli edi. Dengiz yam-yashil, daraxtlar, yerni qoplagan paparotnik gilami va hatto, daraxtlarning orasidan tushib turgan nur ham yam- yashil ko’rinardi. Xuddi yashil sayyoraga tushib qolganga o’xshardim. Nihoyat dadamning uyiga yetib keldik. U ikki qavatli, uncha katta bo’lmagan, bir paytlar onam uchun sotib olingan uyda yashardi. Uy oldida mening "yangi" pikapim turardi. Rangi bir oz uniqqan, kabinasi keng "arslon"im menga yoqdi. Uning qanday yurishini bilmaymanu, lekin o’zimni uning rulida tasavvur qila boshladim. Bunaqa baquvvat pikaplarni kinoda ko’rganman. Unga uncha-buncha halokatlar cho’t emas. ― Rahmat zo’r mashina ekan. Endi ertangi kundan qo’rqmasam ham bo’ladi. Shu yomg’irda ikki mil piyoda yurish yoki dadamning patrul mashinasida maktabga borishdan qutilganimga xursandman. ― Senga yoqqanidan xursandman, - to’ng’illab qo’ydi dadam qizargancha. Keyin yuklarimni ikkinchi qavatga olib chiqdik. Dadam derazasi g’arbga qaragan xonani @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun menga tayyorlab qo’ygandi. Bu xona menga yaxshi tanish, tatilga chiqqan paytimda doim shu xonada yashardim. Xonadagi barcha narsa bolaligimning bir parchasi edi. Faqat katta karavot va yozuv stoli mening kelishim uchun sotib olinibdi. Stolda eskigina kompyuter va modem turardi. Modem olishni onam talab qilgandi. U men bilan doimiy aloqada bo’lib turishni istardi. Tebranadigan kresloda mening eski qo’g’irchoqlarim turardi. Albatta, sharoit zo’r bo’lmasa-da, chidasa bo’ladi. Dadamning eng yaxshi xislati, ortiqcha tergamasligi. Sumkalarimni ikkinchi qavatga olib chiqib qo’ygach, bemalol joylashishim uchun meni yolg’iz qoldirdi. Onam bunday qilmagan bo’lardi. Qanday yaxshi, endi yolg’iz qolishim mumkin, yomg’ir yog’ishini tomosha qilib, istagan paytim yig’lashim ham mumkin. Lekin hozir yig’lash niyatim yo’k, bu ishni kechqurunga qoldiraman. Ertaga maktab! Forksdagi o’rta maktabda 357 ta o’quvchi bo’lib, men bilan birga 358 ta bo’ladi. Finiksda esa men tengi sinfdoshlarning o’zi bundan ikki barobar ko’p edi. Demak, mahalliy aholi bir-birining miridan-sirigacha bilishardi. Meni esa besh yildan keyin ham yangi deb hisoblashadi. Afsuski, men mahalliy arizonaliklarga o’xshab baland bo’yli, sochlari tillarang, quyoshda qorayganlardan emasman. Rangpargina, sochlarim sarg’ish bo’lib, gavdam tik bo’lsada atletlarnikidek chiroyli emasdi. Sezish xususiyatim kuchsiz bo’lgani uchun birorta ham sport turi bilan shug’ullana olmagandim. Dush qabul qilganimdan keyin sochlarimni tarash uchun oynaga qaradim. Rangim xuddi xastalarnikidek sarg’ayib ketganini ko’rib hafsalam pir bo’ldi. Bunga chiroq yorug’ligi aybdor deb o’zimni tinchlantirdim. Bir oz pardoz qilsam, yuzim tiniqlashadi. To’yib-to’yib yig’lab olsam ham uxlay olmadim. Tinimsiz yog’gan yomg’ir tovushi va yaproqlarning shitir-shitiri tuni bilan tinchlik bermadi. Yarim tundan o’tgachgina, boshimni yostiq bilan yopib zo’rg’a uxladim. Ertalab uyg’onib, quyuq tuman qoplagan osmonga ko’zim tushdi. Bulut shunchalik quyuq ediki, orasidan quyosh nurlari o’ta olmasdi. Yuragim siqildi. Nonushta tinchgina o’tdi. Dadam birinchi o’quv kunida omad tiladi. Iloji boricha muloyimlik bilan javob berishga urindim. Chunki omad bilan do’stligim yo’qligini bilardim. Dadam mendan oldin ketdi, uning birinchi uyi politsiya mahkamasi edi. Bir o’zim qolgach, oshxonani ko’zdan kechirdim. Onam o’n sakkiz yil oldin qanday bezatgan bo’lsa, hammasi o’sha- o’sha. Oshxona yonida kichkina mehmonxona bo’lib, kamin ustida suratlar turardi. Birinchi o’rinda ota-onamning to’y suratlari, yonida meni tug’uruqxonadan olib chiqishgandagi baxtiyor palla tasvirlangan. Keyin qatorlashib mening maktab davridagi suratlarim... Suratlarga qarab yuragim siqildi, dadamga aytib ularni olib qo’yish kerak, deb o’yladim. Bu yerda onamdan keyin boshqa ayol yashamagani bilinib turardi. Negadir g’alati bo’ldim... Men uchun noqulay bo’lgan qalin kurtkam va qalin etigimni kiydimda, ko’chaga chiqib eshikni qulfladim. Achchiq sovuqdan bekinish uchun o’zimni pikapga urdim. Kabinada tabakining hidi o’tirib qolgan bo’lsa-da, lekin dadam va Billi uni yaxshilab tozalab qo’yishgandi. Motor qattiq xuddi bir hayvon o’kirgancha o’t oldi. Hatto, eskigina radiosi ham ishlarkan. Oldin sira ko’rmagan bo’lsam-da, maktabni topishim qiyin bo’lmadi. Boshqa shaharchalarga o’xshab bu yerda ham maktab shundoq @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun avtostrada bo’yida joylashgandi. Bu yerda ko’chalar alfavit harflari bilan belgilanardi. Maktabim Sharqiy V ko’chasida joylashgan ekan. Ko’chaning nomini eshitib kulgim qistadi. Asablarim tob beryapti shekilli. Maktabning ko’zga tashlanadigan tomoni yo’q edi. To’q qizil toshdan yasalgan bir necha bino va "Forks o’rta maktabi" degan yozuv. Binolar atrofi qalin va quyuq daraxtlar bilan o’ralgandi. Maktabga o’xshamaydi ham. Negadir baland devorlar bilan o’ralmagan, tekshiruv nazorati ham yo’q. Eshigiga "Mamuriyat" deb yozilgan bino oldida mashinamni to’xtatdim. Bugun qabul kuni emas shekilli, boshqa mashina yo’q edi. Borib kun tartibini bilishga qaror qildim. Tosh yo’ldan yugurib o’tib eshikni taqillatib, xonaga kirdim. Mamuriyat yorug’ va issiq edi. Xuddi tashqaridagi yashillik yetmagandek shinamgina bezatilgan idorada son-sanoqsiz tuvak gullar turardi. Stol ortida sariq sochli gavdali ayol o’tirardi. U menga o’girilib: ― Qanday yordam berishim mumkin? - deb so’radi. ― Izabella Svon, - deb tanishtirdim o’zimni, ayol tushundim degandek bosh silkidi. Bu yerda meni katta qiziqish bilan kutishayotgandi. Har holda shef Svonning qizi va uning shamoldek beqaror xotini qadrdon uyasiga qaytayotgani bu yerdagilar uchun katta gap edi. ― Albatta. Mana dars jadvalingiz va maktab xaritasi, - dedi u bir necha qog’ozni stol ustiga qo’yarkan. Mamuriyat xodimi sinf xonalari va laboratoriyalar qaysi binolarda joylashganini tushuntirdi. Keyin esa darsga kirganimni tasdiqlovchi hujjatni qo’limga tutqazdi. Hujjatni o’qituvchilarning imzosi bilan darsdan keyin mamuriyatga qaytarishim kerak edi. ― Forks sizga maqul bo’ladi deb umid qilaman, - dedi ayol jilmayib. Men minnatdorchilik sifatida kulib qo’ydim. Mashina to’xtash joyiga chiqqanimda bitta ham bo’sh joy qolmagandi. Hali dars boshlanmagani uchun maktab hovlisini aylana boshladim. Yaxshihamki ko’pgina o’kuvchilarning mashinalari menikidek eski ekan. Finiksda maktab ostonasida yap-yangi "Mersedes" yoki "Porshe" ko’rish tabiiy hol edi. Bu yerda esa eng yaxshi mashina "Volvo" edi. Xaritaga burnimni tirab, yo’lak va xonalarni o’rganib borarkanman o’zimga o’zim hammasi yaxshi bo’ladi, meni hech kim yeb qo’ymaydi degancha uqtirib o’smirlar to’dasiga aralashdim. Shapkamni qoshimgacha bostirib olganim va qora kurtkam bilan hech kimning etiborini tortmasligimdan xursand edim. Tezda uchinchi binoni topdim, lekin kirishdan oldin oyoqlarim qaltiray boshladi. Bu maktabning xonalari namuncha kichkina. Mendan oldinga o’tganlar plashlarini yechib ilib qo’yishdi. Men ham xuddi shunday qildim. Plashlilarning biri mallasoch, ikkinchisi qo’ng’ir sochli qizlar edi. Demak, bu yerda mendan ham qoraroqlar bor ekan. Stoldagi yozuvga qarab o’qituvchining familiyasi Meyson ekanligini bildim. Mening familiyamni o’qib o’qituvchi ma'noli qarab qo’ydi. Qizarib ketdim. Sinfdoshlarim menga qiziqib qaray boshlashdi. Men esa adabiyot fanini berilib o’qiyotgandek, kitob varaqlay boshladim. Nihoyat qo’ng’iroq jiringladi va bo’yi baland yuziga husnbuzar toshgan bola yugurib kelib, meni savolga tutdi. ― Sen Izabella Svonsan, to’g’rimi? - so’radi u negadir xursand bo’lib. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Bella, - to’g’riladim men. Atrofdagilarning hammasi menga tikilib turardi. ― Keyingi darsing nima ekan? Men sumkamdan dars jadvalimni olib: ― Politologiya, janob Jeffersonning darsi, - dedim tikilib turganlarning qaysi biriga qarashni bilmay. ― Men to’rtinchi binoga ketyapman, kuzatib qo’yishim mumkin. Aytgandek, mening ismim Edik. ― Rahmat, - dedim men nima deyishni bilmay. Biz yomg’ir kuchaygan hovliga chiqdik. Nazarimda kimdir ortimizdan kelib gapimizga quloq solayotgandek edi. ― Bizning shahar Finiksga o’xshamaydi. ― Ha... ― U yerda yomg’ir umuman yog’masa kerak? ― Yog’adi, bir yilda bir necha marta. ― Yomg’irsiz yashash mumkinligini tasavvur qila olmayman. Negadir sen quyoshda qorayganlarga o’xshamaysan. ― Onam albinos, - tushuntirdim men. Yigit menga qarab kulib qo’ydi. Yomg’ir hazil tushunchalarini ham yuvib ketgan shekilli, deb o’yladim. Hademay men ham ularga o’xshab qolaman. Erik mening adashib qolishimdan qo’rqdi shekilli, eshik oldigacha kuzatib qo’ydi. Keyin, endi tez-tez uchrashib turamiz deb, umid qilaman degancha xayrlashdi. Trigonometriya o’qituvchisi janob Varner bir ko’rganimdayoq menga yoqmadi. Chunki u meni butun sinf oldida turg’izib, o’zim haqimda gapirib berishimni so’radi. Men qizargancha, tutilib-tutilib allanimalar dedim, joyimga o’tirayotib esa qoqilib yiqilib tushishimga bir bahya qoldi. Ikki darsdan keyin menga sekinlik bilan ko’nika boshlashdi. Har bir sinfda bir-ikkita dadil bolalar topilar, kelib men bilan tanishishar, Forks menga yoqqan-yoqmaganini so’rashardi. Men muloyim bo’lishga harakat qilib, yolg’on gapirardim. Maktab xaritasi kerak ham bo’lmadi. Bir qiz bilan ikki-uch darsda birga o’tirdik, keyin tushlik qilgani ham birga bordik. Yangi tanishim jajjigina qiz bo’lib, bo’yi mendan o’n santimetr past edi. U tinmay gapirar, men esa xuddi tushungandek bosh silkirdim. Lekin shuncha harakat qilsam-da, ismini eslab qololmadim. Biz uning o’rtoqlari bilan bir stolga o’tirdik. Ingliz tilida birga o’tirgan Erik zalning narigi burchagidan turib qo’l siltab qo’ydi. Aynan shu kuni men ularni birinchi marta ko’rdim. Ular besh kishi edi, zalning eng burchagidagi stolda o’tirishar, hech kim bilan gaplashishmas, stol usti to’la taom bo’lsada, hech nima yeyishmasdi. Ular menga etibor berishmadi, shu sabab men ularga bemalol o’g’rincha nazar tashlay boshladim. Meni o’ziga tortgan narsa ularning etiborsizligi emasdi. Ular bir-biriga sira o’xshamas, juda boshqacha edilar. Uch yigitdan biri gavdali bo’lib, mushaklariga qaraganda tosh ko’taruvchi atletlarga o’xshardi. Ikkinchisi ham baland bo’yli, sochlari yong’oq rangida bo’lib u ham juda xushbichim edi. Uchinchisi ham kelbatli bo’lib, bir oz pala jingalak edi. U o’z do’stlaridan ko’ra yoshroq ko’rinar, do’stlari maktab o’quvchisidan ko’ra ko’proq institut talabasi va hatto, o’qituvchisiga o’xshardi. Qizlar ham bir sira o’xshamasdi. Biri baland bo’yli, fotomodeldek qomati chiroyli, uzun tillarang sochlari o’ziga yarashardi. Xuddi shunga o’xshagan qizlarni jurnal muqovalarida qo’rganman. Uning yonida boshqa qizlar irkit o’rdakchaga o’xshashardi. Ikkinchisi jajjigina, qop-qora sochlari xuddi tipratikannikidek, u ertakdagi parilarga o’xshardi. Lekin ularni birlashtirib turadigan nimadir bor edi. Balki hammasining rangi marmardek oppoqligidir. Ularni hatto, mendan ham rangparroq deyish mumkin. Sochlarining rangi turli bo’lishiga qaramay, beshtalasining ham ko’zi bir xil tim qora rangda edi. Ko’z osti qovoqlari ham uyqusizlikdan qiynalganlarnikidek qoraygan... Lekin burunlari va yuz tuzilishlar aslzodalarnikidek chiroyli, bejirim edi. Lekin men ularning husnidan ko’z uzolmay qolganimga bu ham sabab bo’la olmasdi. Men umrimda bundanda go’zalroq bulardanda, nazokatli odamlarni ko’rmagandim. Ularning yuz tuzilishi har xil bo’lsa ohangrabodek tortardi. Chekka bir shaharcha maktabida bu qadar go’zallikni uchrataman deb o’ylamagandim. Ularni faqat jurnal muqovasida va golland ustalari asarlarida uchratish mumkin deb o’yl ekanligini farqlash qiyin edi. Bo’yi baland xushbichim qizmi yoki bronza rangli sochlari to’lqinlanib turgan yigit? Ularning nigohlari allaqayerga uzoqlarga tikilgandi, go’yoki oshxonadagilarni ko’rmayotgandek. Pa ko’targancha xuddi modellardek xirom aylab eshik tomon yura boshladi. Men uning xirom aylab yurishiga mahliyo bo’lib, patnisni qo’yib tashqariga chiqib ketgunicha ortidan qarab qoldim. Shundan keyin stolimdagilarg ― Narigi stolda o’tirganlar kim? U qaysi stolni aytayotganimni ko’rish uchun o’girildi, ovozimdagi hayajondan ham kim haqida gapirayotganimni bilsa bo’lardi. Xuddi shu payt bronza sochli yigit ko’tarib avval mening o’rtog’imga keyin menga qaradi. Ko’rkam yigit mendanda tezroq ko’zlarini olib qochdi. Bu nigohda qiziqishdan asar ham yo’q edi. Xuddi dugonam uni ismini aytib chaqirganu, u o’girilib qaragandek tasavvur uyg’ondi menda. Keyin gaplashishni istamagandek teskari o’girildi. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun Uchinchisi ham kelbatli bo’lib, bir oz pala-partish, sochlari bronza rangida va jingalak edi. U o’z do’stlaridan ko’ra yoshroq ko’rinar, do’stlari maktab o’quvchisidan proq institut talabasi va hatto, o’qituvchisiga o’xshardi. Qizlar ham bir sira o’xshamasdi. Biri baland bo’yli, fotomodeldek qomati chiroyli, uzun tillarang sochlari o’ziga yarashardi. Xuddi shunga o’xshagan qizlarni jurnal muqovalarida Uning yonida boshqa qizlar irkit o’rdakchaga o’xshashardi. Ikkinchisi qora sochlari xuddi tipratikannikidek, u ertakdagi parilarga o’xshardi. Lekin ularni birlashtirib turadigan nimadir bor edi. Balki hammasining rangi . Ularni hatto, mendan ham rangparroq deyish mumkin. Sochlarining rangi turli bo’lishiga qaramay, beshtalasining ham ko’zi bir xil tim qora rangda edi. Ko’z osti qovoqlari ham uyqusizlikdan qiynalganlarnikidek qoraygan... Lekin burunlari va yuz tuzilishlari xuddi qadimgi tangalarda chizilgan qirollar va aslzodalarnikidek chiroyli, bejirim edi. Lekin men ularning husnidan ko’z uzolmay qolganimga bu ham sabab bo’la olmasdi. Men umrimda bundanda go’zalroq bulardanda, nazokatli odamlarni yuz tuzilishi har xil bo’lsa-da, nimasidir o’xshash edi va meni ohangrabodek tortardi. Chekka bir shaharcha maktabida bu qadar go’zallikni uchrataman deb o’ylamagandim. Ularni faqat jurnal muqovasida va golland ustalari asarlarida uchratish mumkin deb o’ylardim. Ularga qarab qaysi biri chiroyliroq ekanligini farqlash qiyin edi. Bo’yi baland xushbichim qizmi yoki bronza rangli sochlari to’lqinlanib turgan yigit? Ularning nigohlari allaqayerga uzoqlarga tikilgandi, go’yoki oshxonadagilarni ko’rmayotgandek. Parisurat qiz qo’l urilmagan ovqat patnisini ko’targancha xuddi modellardek xirom aylab eshik tomon yura boshladi. Men uning xirom aylab yurishiga mahliyo bo’lib, patnisni qo’yib tashqariga chiqib ketgunicha ortidan qarab qoldim. Shundan keyin stolimdagilarga o’girildim: ― Narigi stolda o’tirganlar kim? - so’radim men yonimdagi jingalak soch qizdan. U qaysi stolni aytayotganimni ko’rish uchun o’girildi, ovozimdagi hayajondan ham kim haqida gapirayotganimni bilsa bo’lardi. Xuddi shu payt bronza sochli yigit ko’tarib avval mening o’rtog’imga keyin menga qaradi. Ko’rkam yigit mendanda tezroq ko’zlarini olib qochdi. Bu nigohda qiziqishdan asar ham yo’q edi. Xuddi dugonam uni ismini aytib chaqirganu, u o’girilib qaragandek tasavvur uyg’ondi menda. Keyin aplashishni istamagandek teskari o’girildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling