Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]
@Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun IV bob. Kutilmagan taklif Bugun tunda birinchi marta Edvard tushimga kirdi. Zim-ziyo tunda uning yuzi yorug’lik manbaidek nur taratib turardi. U menga sinovchan tikilib, keyin zulmatda yolg’iz tashlagancha ketdi... Ortidan qancha yugurmay, yeta olmadim. Chaqirsam, eshitmadi. Qo’rqib uyg’onib ketdim, shundan keyin anchagacha uxlay olmadim. Bu tush tez-tez takrorlanadigan bo’ldi, Edvard har tun tushimga kirar va har kecha meni zulmatda yolg’iz tashlab ketardi. Falokat ro’y bergandan keyingi bir oy o’ta bezovta va qiyin kechdi. O’zim istamagan holda maktabning eng mashhur kishisiga aylandim. Tayler izimdan qolmay kechirim so’rar, Mayk bilan Erik uni yoqtirishmasada, undan qutulish oson emasdi. Xullas, boshimga yana bir dardisar oshiq paydo bo’lgandi. Hamma meni savolga tutar, lekin negadir Edvardning qahramonligini aytsam-da, hech kim uni savolga tutmas, aksincha undan o’zlarini olib qochishardi. Qolaversa, do’stlarim bir ovozdan Edvardni "Xonda" surilgandan keyingina ko’rganliklarini aytishardi. Kallenlar oilasi har doimgidek hech kimga qo’shilishmas, faqat o’zaro suhbatlashishardi. Endi Edvard men tomonga umuman qaramay qo’ydi. Biologiya darsida ham xuddi jirkangandek parta chetida o’tirar va borligimni sezmagandek tutardi o’zini. Faqat qo’llari musht bo’lib tugilgandagina uning xotirjam va befarqligiga shubha qilardim. Nazarimda u meni furgon g’ildiraklari ostidan chiqarib olganiga pushaymon edi. Uning o’zini tutishiga boshqa izoh yo’q. Avtohalokatning ertasi kuni g’azabim tarqab, minnatdorchilik bildirmoqchi bo’ldim. Lekin u menga etibor bermadi. Salom berganimda bosh silkib qo’ydi-yu, yana doskaga qarab oldi. Shundan keyin qaytib gaplashmadik. O’z tuyg’ularimni boshqara olmay unga uzoqdan tikilishda davom etardim. Uning ko’zlaridagi tilla uchqunlar kamayib yana tim qora rang olayotganini tushuna olmasdim. U men bilan gaplashmagani uchun o’zimni o’ta baxtsiz va yolg’iz his qilardim, lekin u tushlarimda doim birga edi. Bizning gaplashmaganimizga hammadan ham Mayk xursand edi. U avariyadan keyin Edvard bilan uzoqlashganimizdan quvonardi. Mart oyining birinchi haftasida Jessika qo’ng’iroq qildi. An'anaga ko’ra, bahorgi balda qizlar yigitlarni raqsga taklif etisharkan. Dugonam Maykni raqsga taklif etish uchun ruxsat so’radi. Roziligimni eshitgach: ― Maykni o’zing taklif qilmoqchi emasmiding? - dedi hayratini yashirmay. ― Men raqs tushishga bormayman, Jessika, - dedim uni tinchlantirib. Ertasi kuni darslarda u negadir shubhali tarzda tinchib qoldi. Mendan o’zini olib qochgani uchun men ham savolga tutmadim. Mayk unga rad javobini bergan shekilli. Gap nimadaligini Maykning o’zidan bildim. ― Bilasanmi, - dedi u yer chizib. - Jessika meni raqsga taklif qildi... ― Juda yaxshi, - dedim quvonib. ― To’g’risi, unga o’ylab ko’raman dedim. ― Nega? Mayk qizarib ketdi. Unga achindim. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Ochig’i, meni sen taklif qilasan deb umid qilgandim, - dedi - u eshitilar- eshitilmas. Shu payt Edvard men tomonga o’girilganini sezdim. - Yoki boshqa birovni taklif qildingmi? - so’radi u Edvard tomonga ishora qilib. ― Yo’q, men umuman raqslarga bormayman. Unga raqs tusha olmasligimni tushuntirib o’tirgim kelmay, miyamga kelgan birinchi gapni aytdim. ― O’sha kuni Sietlga bormoqchiman. ― Boshqa kuni borsang, bo’lmaydimi? - so’radi Mayk meni ko’ndirish maqsadida. ― Yo’q. Jessikani uzoq kuttirma, bu odobdan emas. ― To’g’ri aytasan, - dedi Mayk va qizargancha nari ketdi. O’zimdagi aybdordik hissini haydab, chuqur nafas oldim. Ko’z qirim bilan qarasam Edvard menga qiziqish va yana o’sha umidsizlik bilan qarab turibdi. Men uning ko’ziga tik qaradim, nigohini olib qochsa kerak deb o’ylagandim. Lekin u sinovchan nazarini olib qochmadi. Nega bu qadar chiroyli-a, bu? Qo’llarim titrab ketdi. ― Janob Kallen? - so’radi o’qituvchi men eshitmagan savolga javob olish uchun. ― Krebs davri, - dedi Edvard istamaygina nigohini o’qituvchiga olarkan. Dars qulog’iga kirganiga hayron qoldim. Uning nigohi asirligidan qutulib, o’zimni kitobga urdim. Uning husni tarovatiga yana asir bo’lmaslik uchun yuzimni sochlarim bilan to’sib oldim. Hozir his-tuyg’ularga erk bera olmayman. Necha kun deganda endi o’z nigohiga munosib ko’rdi, unga meni har ko’yga solishi uchun ruxsat bermasligim kerak. Qo’ng’iroq jiringlashi bilan darhol narsalarimni yig’ishtira boshladim. Edvard har doimgidek yugurib chiqib ketmadi. ― Bella! Nega bu ovozdan yuragimga titroq kiradi? Axir Edvardni taniganimga hali hech qancha bo’lgani yo’q-ku! Istamaygina sekin o’girildim. O’zimga tan olishga ham uyalaman, uning husni meni xuddi ohangrabodek o’ziga tortardi. Xayollarini bilolmay yuragim siqildi. Chaqirgandan keyin tezroq gapirsa-chi. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Menga gapiryapsanmi? Nahotki?! - so’radim asablarim qaqshab, istehzo bilan. U tabassumini sezdirmaslik uchun lablarini mahkam qimtidi. ― Unchalik emas... ― Unda nima istaysan? - dedim ko’zlarimni ochmay. Nihoyat ko’zlarimni ochganimda u menga jiddiy qarab turardi. ― Kechir. Bilaman, noto’g’ri ish qilyapman. Lekin shunisi ma'qul... ― Nima demoqchiligingni tushunmadim. ― Do’st bo’lmaganimiz ma'qul, - tushuntirdi u bosiqlik bilan. ― Menga ishon... Ko’zlarim alamimni sezdirib qo’ydi. ― Afsuski, bu fikr vaqtliroq miyangga kelmabdi-da, - chaqib oldim. ― O’shanda afsuslanishga hojat qolmasdi. ― Afsuslanish? - hayratlandi u. ― Nimadan afsuslanaman? ― O’sha furgon meni bosib ketmaganiga! Edvard taajjubda qotdi, keyin tutila-tutila dedi: ― Seningcha hayotingni saqlab qolganimga pushaymonmanmi? ― Xuddi shunday! ― Bekor gap! - endi rostakamiga jahli chiqdi. Men o’zimni bosib teskari qaradim. Aksincha, xayolimdagi barcha gapni yuziga aytib tashlashim mumkin edi. Darsliklarimni yig’ishtirib xonadan yugurib chiqib ketdim. Lekin no’noqligim ish berib eshikka urilib kitoblarimni tushirib yubordim. Endi engashib olmoqchi edim, Edvard epchillik qildi. Keyin kitoblarimni indamay menga uzatdi. ― Rahmat, - dedim sovuqqonlik bilan. Uning ko’zlari qo’rqinchli edi. ― Arzimaydi. Men boshimni mag’rur ko’targancha undan uzoqlashdim. Qolgan darslarda ham o’zimni yomon his qildim. Fizkultura darsida bir necha marta yiqildim. Xayolim Edvardda bo’lgani menga azob berardi. Dars tugashi bilan mashinamga qarab yugurdim. Hech kim bilan gaplashgim kelmasdi. Mashinam yonida Erik kutib turgan ekan. Hozir shu yetmay turgandi! ― Salom, Erik. Tinchlikmi? ― M-men o’yladimki.. balki balga birga borarmiz, - tortinib so’radi u. ― Qizlar taklif qilishi kerak, shekilli, - dedim muloyim gapirishga harakat qilib. ― Shunaqa-yu... ― Rahmat, taklif qilganing uchun, lekin dam olish kuni Sietlga borishim kerak, - dedim o’zimni bosib. ― Mayli, - xo’rsindi Erik. - Unda boshqa safar... ― Albatta, - undan oson qutilganimga xursand bo’ldim. U maktab tomonga keta boshlaganda yonginamda kimningdir piqillab kulgani eshitildi. Yonimdan hech kimga qaramay Edvard o’tib borardi. Jahl bilan pikapim eshigini qarsillatib yopdim va ko’chaga qarab haydadim. Lekin Edvard chaqqonlik bilan @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun mashinasini mendan oldin o’t oldirdi va yo’lni to’sib, oilasini kutish uchun to’xtadi. Yarqirab turgan "volvo" mashinasini boplab urgim keldi-yu, lekin atrof to’la guvoh edi. Orqani ko’rsatadigan oynadan qaraganimda yo’lda navbat paydo bo’lgandi. Mendan keyin Taylerning mashinasi turardi. U yap-yangi "Nissan"idan turib qo’l siltadi. Hozir u bilan gaplashishni istamasdim. Edvard mashinasini yurgizishini kutib turgandim, shunda mashinam oynasi taqilladi. ― Kechirasan Tayler, Kallenlarning mashinasi yo’lni to’sib turibdi, ulardan o’tib keta olmayapman. ― Ko’rib turibman. Navbatda turgan ekanmiz gaplashib olsak bo’lardi, - kuldi Tayler. Eh, bu ham... ― Balki meni balga taklif qilarsan, - tortinmay taklif qildi u. ― Tayler, men o’sha kuni shaharda bo’lmayman! - javobim keskinroq chiqdi. O’zimni bosishim kerak Mayk bilan Erik sabrimni to’ldirganiga u aybdor emas-ku. ― Ha, Mayk aytgandi. ― Unda nega so’rayapsan? ― Shunchaki, unga dam bervordingmi deb o’ylabman. ― Uzr, Tayler. ― Hechqisi yo’q, bal bo’lmasa, bitiruv oqshomi bor. Uf tortib, o’zimni kabinaga tashladim. Bu paytda Kallenlar oilasi nazokat bilan mashinaga joylashishdi. Orqani ko’rsatadigan ko’zgudan Edvardning nimtabassumi ko’rindi. U xuddi suhbatimizni eshitib, kulayotganga o’xshardi. Bu barno yigitning mashinasini pachog’ini chiqarib kayfiyatini buzgim keldi-yu, kalitni buradim, lekin u mashinasini uchirib ketishga ulgurdi. Uyga kelib dadamni xursand qilish uchun jo’ja qovurdim. Shu mahal telefon jiringladi. Hech kim bilan gaplashgim kelmasa ham go’shakni ko’tardim, onam bo’lishi mumkin. Jessika quvonchi ichiga sig’may Mayk taklifiga rozi bo’lganini aytdi. Mayk rozi bo’lgach, u mening balga bormaganimga bir oz afsuslandi. Unga ham Sietl haqida aytishga to’g’ri keldi. Xayolim hamon Edvardning gapida edi. Nega endi do’stlashmaganimiz yaxshi dedi. Nazarimda uni deb es-hushimdan ayrilayotganimni sezdi, shu sabab ham mendan nariroq yurmoqchi. Men bilan hatto, do’stlashishni ham istamayapti, shundan ham bilsa bo’ladi munosabatini. Unga umuman yoqmayman! Ko’zimga beixtiyor yosh to’ldi. To’g’ri, men bir ko’rimsiz qiz bo’lsam... U esa... U chiroyli, aqlli, ziyrak, qolaversa bir qo’li bilan furgonni to’xtata oladigan darajada kuchli! Mayli, nima ham qilardik. Uni tinch qo’yay, yana bir yil shu ovloqda yashashga sabrim etsa, keyin boshqa shtatdagi kollejlardan biriga o’qishga kirib, ko’chib ketaman. Dadam tayyorlagan taomimni ishtaha bilan tanovul qildi. ― Dada, ikki haftadan keyin Sietlga bormoqchiman. Maylimi? ― Nega? - hayron bo’ldi dadam. U uchun Forksdan yaxshi joy yo’q! ― Kitob do’koniga kirmoqchiman. Kiyim-kechak ham olarman. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Bir o’zing borasanmi? Sietl katta shahar adashib qolmaysanmi? - xavotirlandi dadam. ― Dada, men yashagan shahar Sietldan besh marta katta. Adashmayman! ― Balga yetib kelasanmi? Obbo! Faqat Forksga o’xshagan shaharchalarda otalar qizlarining bali qachonligini bilishadi. ― Men raqs tushmayman! - dedim. Beo’xshovligim kimga tortganini dadam bilishi kerak-ku? Ertalab mashinamni "Volvo"dan uzoqroqda to’xtatdim. Chunki uni urib, pachoq qilish istagi tark etmagandi. Yana Kallenlarga yangi mashina olib berishga to’g’ri kelmasin. Qo’limdan tushib ketgan kalitni olaman deb engashganimda, kimdir epchillik bilan mendan oldin olib uzatdi. Boshimni ko’targanimda Edvard pikapimga suyanib turardi. ― Yo’q joydan paydo bo’lishni qanday eplaysan? - so’radim jahlimni yashirmay. ― Sen e'tiborsiz bo’lsang, ayb mendami? - dedi u to’ng’illab. Uning ko’zlari bugun asal rangida edi. ― Kecha nega yo’lni to’sib qo’yding? Jahlimni chiqarmoqchi bo’ldingmi? ― Taylerga bir imkon yaratay dedim-da, - kulimsiradi u, masxara qilgandek. ― Sen... - ichimdan toshib kelayotgan g’azabni qanday tilimga chiqarishni bilmay tutildim. ― Jahlingni chiqarmoqchi emasdim, - negadir uning ko’zlari g’azabdan toraydi. ― Chiqarmoqchisan! Furgonning chala qolgan ishini bitirmoqchisan. ― Bella... kechirasanu, shu gaping ahmoqona chiqdi. Unga tarsaki tortib yuborgim keldi. Menga nima bo’lyapti o’zi? Teskari o’girilib keta boshladim. ― To’xta! - dedi Edvard ovozini ko’tarmay. Men qaysarlik bilan yo’limda davom etdim. ― Kechir, qo’pollik qildim. - Yo’l-yo’lakay kechirim so’radi. ― Nega meni tinch qo’ymaysan? ― Sendan bir narsa so’ramoqchiman. Lekin og’iz ochgani qo’ymayapsan, - dedi u yana jilmayib. ― Nazarimda ikkilanish kasaliga chalingansan. ― Bir-birimizni haqorat qilmasdan gaplashsak bo’ladimi? ― Mayli, gapir. ― Keyingi shanba kuni... Haligi bal kuni... ― Ustimdan kulyapsanmi?! - shartta gapini bo’ldim. Uning tillarang ko’zlari ayyorona jilvalandi. ― Gapimni tugatgani qo’yasanmi yo’qmi? - U ustimdan kulayotganini bildirmaslik uchun boshini egdi. ― Eshitishimcha o’sha kuni Sietlga ketarkansan. Seni olib borib kelsam maylimi? Undan bu gapni kutmagandim. ― Nima? - uning maqsadini tushunmadim. - Kim meni Sietlga olib boradi? @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Men albatta, - dedi u dona-dona qilib xuddi esi past odam bilan gaplashayotgandek. ― Nega? ― O’zim ham anchadan buyon bormoqchi bo’lib yurgandim. Qolaversa, pikaping uzoq masofaga dosh bera olmasa kerak. ― Mehribonchiliging uchun rahmat! Men o’z mashinamdan nolimayman. ― Yaxshi, lekin tez-tez benzin quyishingga to’g’ri keladi, - tinchlanmadi u izimdan qolmay. ― Senga nima? - kumushrang "Volvo"si bor otasining erkatoyi menga muruvvat qilmoqchimi? ― Foydali qazilmalarni tejash har bir fuqaroning burchi! - dedi u yasama jiddiylik bilan. ― Qo’ysang-chi, Edvard! - uning ismini birinchi marta tilimga olganimdan o’zim ham g’alati bo’lib ketdim. - Men seni qiziqtirmayman, men bilan do’stlashishni ham istamaysan-ku! ― Men do’stlashmaganimiz yaxshi dedim. Istamayman, demadim. ― Yo’g’-ey, bu gaping bilan ancha aniqlik kiritding. ― Men bilan do’stlashmasang, o’zingga yaxshi. Lekin men hissiz to’nka bo’lishdan, o’zimni befarq ko’rsatishdan charchadim, Bella! - u shunday hayajon bilan gapirdki, yuragim to’xtab qolay dedi. ― Xo’sh, men bilan Sietlga borasanmi? - so’radi u bir lahzalik quloqni yorgudek sukunatdan so’ng. Tilim aylanmagani uchun bosh silkidim. Uning yuzi tabassumdan yorishdi. ― Lekin baribir mendan uzoqroq yurganing yaxshi, - ogohlantirdi u jiddiy. ― Biologiya darsida uchrashamiz! - keskin o’girilib avtomobili tomon yurib ketdi. Men esa bu g’alati bolaning jumboqli gaplarining mag’zini chaqa olmay, anqaygancha qolaverdim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling