Microsoft Word \312\356\357\350\377 Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat kitobi 1-fasl [uzsmart.uz]
XI bob. Mushkulot
Sinfxonaga yonma-yon kirib kelganimizda barchaning og’zi ochilib qoldi. E'tibor markazida bo’lsam ro’y beradigan hodisa yana takrorlandi, yani oyoqlarim chalishib qoqilib ketdim. Meni tirsagi bilan tutib qolgan Edvard Bella, dedi horg’in. U endi o’zini mendan olib qochmas, bir-birimizga turtina-turtina partaga borib o’tirdik. Ortimizdan g’ildirakli metall stulni surgancha janob Banner kirib keldi. Stulda eskigina televizor va videomagnitofon bor edi. Janob Bannerning ishiga puxtaligiga tan bermay iloj yo’q. Butun sinf kino ko’rish xabarini eshitib tantana qildi. Biologiya fanidan navbatdagi mavzu genetika bo’lgani uchun "Lorenso yog’i" filmini ko’rishimiz kerak edi. Bu leksiya eshitgandan ko’ra yaxshiroq albatta. Sinfda qorong’ulik cho’kkach, yonginamda o’tirgan Edvarddan meni o’ziga tortadigan kuchli energiya taralayotganini his qildim. O’z-o’zidan uning qo’lidan ushlagim kelardi. Uyalganimdan qizarib, shoshib qo’llarimni ko’ksimga chalishtirib oldim. Aqldan ozyapman shekilli. Ekranda yozuvlar paydo bo’lgach, sinf bir oz yorishdi, ko’z qirim bilan Edvardga qaradim. Kulgim keldi, chunki u ham xuddi menga o’xshab qo’llarini chalishtirib, ko’z qiri bilan qarab turardi. Ko’zlarimiz to’qnashgach, g’amgin jilmaydi. O’tkir nigohi qorong’uda ham yuragimgacha yetib borib ichimga o’t soldi. Nafas olishdan to’xtab qolmaslik uchun shoshib teskari o’girildim. Filmning so’nggi ko’rinay demasdi. Dars tugaguncha igna ustida o’tirgandek o’tirdim. Dars tugagach, yengil tin olib qimirlamay o’tiraverganimdan qotib qolgan qo’llarimni ishqaladim. Uzoq cho’zilgan darsdan keyin Edvard meni jismoniy tarbiya darsiga kuzatib qo’ydi. U bilan xayrlashaman deb o’girilganimda yuzidagi horg’inlik va chidab bo’lmas g’ussani ko’rib ko’nglim to’lib ketdi. Uning bag’riga boshimni qo’yib ovutish istagidan o’zimni zo’rg’a to’xtatdim. U ikkilanib qo’lini ko’tardi va barmoqlarining uchi bilan yuzimni siladi. Barmoqlari taftidan issig’im oshib ketgandek bo’ldi. Shundan keyin bir og’iz ham gapirmay, o’girilib ketvordi. Jismoniy tarbiyada beso’naqayligim uchun o’qituvchidan dakki eshitdim, menga uloqtirilgan voleybol @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun to’pini tutib qololmaganim sabab to’p to’g’ri peshanamga undan keyin meni himoya qilayotgan Maykning yelkasiga borib tegdi. Meni xijolatga qo’ymaslikka harakat qilishsada, sinfdoshlarimning yonida uyatdan yerga kirib ketay dedim. Darsdan keyin Mayk menga ergashdi: ― Xo’-o’-o’-sh? - dedi u ma'noli jilmayib. ― Nima xo’sh? ― Bella plyus Edvardmi? ― Seni nima ishing bor? - dedim Jessikaning og’zida gap turmasligidan kayfiyatim buzilib. ― Bu menga yoqmayapti. ― Senga yoqishi shartmas! ― U senga xuddi yeb qo’ygudek qaraydi... - Shunday deya u kulib yubordi. Javob o’rniga jahl bilan kiyinish xonasiga kirib ketdim. Kiyina turib oyoqlarim titrab ketdi. Bu do’stlarim bilan urishib qolganimdan emasdi, albatta. Boshqa tashvishlarim ham ko’p edi. Qiziq Edvard meni olib ketgani sportzalga kelarmikan yoki uni avtoto’xtash joyida kutsammi? Balki meni mashinasiz kelganimni unutgandir. Hozir hovlida uning qarindoshlariga duch kelsam-chi? Ularning sirlaridan xabardorligimni bilisharmikan? Agar bilishsa endi o’zimni qanday tutishim kerak? Shu xayollarda tashqariga chiqib endi uyga piyoda ketmoqchi bo’lib turgandim. Salom, degan qadrdon tovush eshitildi. U devorga suyangancha meni kutib turardi. Xavotirlarim tumandek tarqadi. ― Jismoniy tarbiya darsi qanday o’tdi? - dedi u yelkam osha orqaga qarab. Ortimdan Mayk kelayotgandi. ― Yaxshi. Nega so’rayapsan? - dedim uning jahli chiqayotganidan cho’chib. ― Mayk Nyuton asabimga tegyapti. ― Yana gap poyladingmi? ― Peshanang og’rimayaptimi? - g’amho’rlik bilan so’radi u. ― Sen sira o’zgarmaysan! - dedim mashinasi tomon yurib, u meni olib borib qo’yish niyati bor-yo’qligiga qiziqmadim ham. U tezda menga yetib oldi, keyin o’zing jismoniy tarbiya darsida meni ko’rmagansan, deganding-ku, shunga qiziqdim, deb o’zini oqladi. Baribir xafa bo’ldim. Kallenlarning mashinasi oldida to’dalanib turgan yigitlarni ko’rib qotib qoldim. Yigitlar qizil kabrioletni hayajon bilan chuvillashib tomosha qilishardi. Ular yonginasidan istehzoli jilmaygancha o’tib mashinasiga o’tirgan Edvardni sezmay qolishdi. Men ham uning ortidan bordim. U Rozalining mashinasi ishqibozlarini turtib yubormaslik uchun "volvo" mashinasini sekingina olib chiqdi. ― Haliyam mendan xafamisan? - so’radi yosh boladek ko’zlarini pirpiratib. ― Sen nima deb o’ylaganding? ― Agar kechirim so’rasam kechirasanmi? ― Balki... agar boshqa meni poylamaslikka va'da bersang, kechirarman. Uning ko’zlari ayyorona jilmaydi. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Mayli kechirishing uchun sayohatga sening pikapingda borishga roziman, - yon bergan bo’ldi. Yaxshilab o’ylab ko’rib: ― Roziman, - dedim. ― Unda chin dildan kechirim so’rayman, - uning ko’zlarida bir zum samimiy pushaymonlik aks etdi, keyin yana sho’x jilvalandi: ― Shanba kuni ertalab ostonangda bo’laman! ― Dadamga begona "volvo" mashinasi eshigim tagida turganini qanday tushuntiraman? ― Kim aytdi meni mashinada keladi deb? ― Unda qanday... - deb boshlagandim u gapimni bo’ldi. ― Xavotir olma, ostonangda hech qanaqa mashina bo’lmaydi. ― Yaxshi, unda ertalab uzilib qolgan gapimizga qaytamizmi? ― Mayli. Hali ham bizning ov qilishimizni tomosha qilish istagidan qaytmadingmi? Qo’rqmaysanmi? ― Yo’q, - dedim o’zimni tutib. ― Bu juda qo’rqinchlimi? ― Juda. ― Nega? Edvard chuqur xo’rsindi. ― Ov qilayotganimizda, - dedi iloji boricha bosiqlik bilan gapirishga harakat qilib. ― Aqlga emas, tug’ma sezgiga bo’ysunamiz. Agar shunday paytda sening hidingni sezib qolsam... - u bosh chayqadi. Men o’zimni bosishga urindim. Edvard hamon menga qarab turardi. ― Bella, uyingga kelding, - buyurdi u ko’zini osmonga tikib. Bu gap tugadi degani edi. Istamaygina mashinadan tushdim. Arazlab ortimga o’girilmaslikka qaror qilib ketayotganimda mashina oynasi ochilgani eshitildi. ― Bella, - chaqirdi Edvard xotirjam ovozda. U oynadan boshini chiqarib jilmayib turardi. ― Ertaga mening navbatim. ― Tushunmadim, nimani aytyapsan? ― Savol berish navbati meniki, - shunday deya mashinani tezlik bilan o’rnidan jildirdi. Tunda yana tushimga Edvard kiribdi. Tuni bilan ag’anab chiqdim. Uyquga to’ymaganim uchun ertalab asabiylashib nonushta tayyorladim. ― Shanba kuni Sietlga borish fikridan qaytmadingmi? - so’radi dadam asabiylashayotganimni tushunmay. ― Yo’q. ― Bazmga ulgurasanmi? ― Dada men raqs tushmayman! ― Nahotki, hech kim taklif qilmagan bo’lsa? - kayfiyati tushib so’radi dadam. ― Bahorgi bazmga qizlar taklif qiladi! - tinchlantirdim uni. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Rostdanmi, degancha dadam o’ylanib qoldi. Unga achinib ketdim. Ota bo’lish oson emas shekilli. Doim qizing ertaga boshqa oilaga ketishini yoki aksincha uni hech kim yoqtirmasligi mumkinligini o’ylab siqilishingga to’g’ri keladi... Sho’rlik dadam hozircha kimni yaxshi ko’rishimni bilmay turgani ma'qul. Dadamni ishga kuzata solib deraza yoniga yugurdim. Kumushrang volvo mashinasi ostonamizda turardi. Men unga peshvoz yugurarkanman munosabatlarimizning oxiri nima bilan tugashini o’ylardim. Abadiy bo’lganida edi... Edvard meni mashinada kutib turar eshikni yopganimda ham menga qaramadi. ― Xayrli kun, yaxshimisan? - so’radi u meni lazer nuridek o’tkir nigohi bilan tekshiruvdan o’tkazib bo’lgach. U yonimda bo’ladi-yu kun xayrli bo’lmaydimi. ― Charchaganga o’xshaysan. ― Yaxshi uxlay olmadim, - dedim salqigan qovoqlarimni yashirish uchun yuzimni sochlarim bilan to’sib. ― Men ham, - dedi u masxara qilgandek. ― Tunda uxlamay nima qilding? - so’radim men ham o’sha ohangda. ― E, yo’q, bugun savol berish navbati meniki, - dedi u ko’zlarini sho’x o’ynatib. ― Mayli nimalarni bilmoqchisan? ― Qaysi rangni yaxshi ko’rasan? - dedi xuddi jiddiy narsa so’rayotgandek. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun Hayron qarab turganimni ko’rib, senga tegishli hamma narsa men uchun qiziq dedi va shundan keyin qanday disklarni eshitishim, qanaqa kitoblar o’qishim, qaysi janrdagi filmlar yoqishi qanday shaharlarga borishni istashim... Xullas, so’ramagan narsasi qolmadi. Umrimda o’zim haqimda shunchalik ko’p gapirmagandim. Hayotim zerikarli tuyilishidan ham uyalib ham qo’rqib javob berardim. Uning oxiri ko’rinmaydigan, katta qiziqish bilan berayotgam savollari meni javob berishga undardi. U oddiy narsalarni so’rar, faqat ba'zi savollarnigina meni qizarishga majbur etardi. Darslar orasida ham ruhiy testini davom ettirdi. Edvarddan alohida o’tiradigan darslarda shunaqa zerikdimki, qo’ng’iroq chalinishi bilan unga peshvoz yugurdim. U ham meni ko’rib ko’zlari porlaganda quvonchdan yuragim hayqirib ketardi. Maktabdan qaytishda Finiksda yashagan oxirgi yillarim haqida batafsil surishtirdi. Kitoblarga to’la kichkina xonamni ta'riflab bo’lganimdan keyin Edvard ko’nglim to’lgandek yengil tin oldi va boshqa savol bermadi. ― Tugatdingmi? - dedim kulib. ― Yo’q. Dadang ishdan qaytadigan payt bo’ldi. Qarasam, uyga allaqachon yetib kelibmiz. ― Dadam?! - qichqirib yubordim, dadam borligi esimga tushib, Qorayib borayotgan osmonga qarab: ― Soat nechchi bo’ldi? - dedim shoshib. ― Qosh qorayib qoldi, zulmat bostirib kelyapti, - shivirladi Edvard osmondan ko’z uzmay. Uning xayollari allaqayerlarda uchib yurardi. Keyin keskin menga o’girildi va: ― Sutkaning eng yaxshi, eng xotirjam pallasi... Ko’ngilga ma'yuslik soladi, chunki kun tugab, tun kirib kelayotganini bildiradi. Zulmat sirli tuyulmaydimi senga? ― Tun ajoyib, - e'tiroz bildirdim. ― Kunduzi yulduzlarni ko’rib bo’larmidi? Edvard kuldi. ― Dadang kelishiga kam vaqt qoldi. Ertangi rejalaringni aytasanmi unga? ― Bilmadim. Demak ertaga savol berish navbati menikimi? ― Yo’q. Hali tugatmadim deb ogohlantirdim-ku. ― Yana nimani so’raysan, hammasini bilib olding-ku, - hayron bo’ldim. ― Ertaga bilasan, - shunday deya men tomondagi eshikni ochish uchun engashdi, lekin ochmadi. Qo’llari ko’ksimning yonida turganini his qilib yuragim qattiq urib ketdi. ― Shu yetmay turuvdi, - to’ng’illadi u kutilmaganda. ― Nima bo’ldi? - qo’rqib ketdim. ― Navbatdagi mushkulot! - tund javob berdi u va tezda o’zini orqaga tashladi. Sharros yog’ayotgan yomg’ir orasidan allaqanday qora mashina bizdan sal narida to’xtaganini ko’rdim va sakrab mashinadan tushdim. Qanchalik harakat qilmay yomg’ir quyuqligidan mashina rulidagi odamni ko’ra olmadim. Chiroqlar yorug’ida Edvardning mashinasi shinalarini chiyillatib ko’zdan yo’qoldi. U hatto, xayrlashish uchun ham o’girilmadi. @Elektron_kitoblar_Uz kanali uchun ― Salom, Bella! - tanish ovoz eshitildi. ― Jeykob? - hayratimni yashira olmadim. Ularning orqasidan dadamning mashinasi ham yetib keldi. ― Qora avtomobil rulida Jeykob o’tirardi. Uning tabassumi qora tunni yoritib yuborgandek bo’ldi. ― Yonida esa dadasi Billi. "Navbatdagi mushkulot" deganda Edvard nimani nazarda tutganini tushundim. "Mushkulot" menga xavotir aralash tikilib turardi. Nahotki, Billi amaki Edvard Kallenni tanigan bo’lsa? Menga teshib yuborgudek tikilib turishiga qaraganda tanigani aniq. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling