Microsoft Word 4 Frazeologik birliklarni o rganish va ularning ingliz tilida qo llanilishi
Download 23.86 Kb. Pdf ko'rish
|
International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences | e-ISSN: xxxx-xxxx | www.openaccessjournals.eu | Volume: 1 Issue: 1 ALL RIGHTS RESERVED @ RA Publication 7 Frazeologik birliklarni oʻrganish va ularning ingliz tilida qoʻllanilishi Muhiddinova Sabohat Ahmadjanovna Guliston davlat universiteti, Uzbekistan Kalit soʻzlar: frazeologizm, kommunikatsiya, antonim, Sharl Balli, maqollar, matallar, aforizmlar, koʻchma maʼnoli turgʻun birliklar, frazeologiyaning obyekti, tilshunoslar, semantika, obrazlilik, zoonimlar. Annotasiya: Ushbu maqolada frazeologizmlar haqida maʼlumot berilgan boʻlib, frazeologik birliklarda antonim, zoomonim tasnifi boʻyicha turli olimlarning tadqiqot ishlari ham yoritilgan. Frazeologizmlar qadimdan nafaqat kommunikatsiya vositasi boʻlib, balki muhim maʼlumotlar manbasi sifatida ham xizmat qilgan. Jamiyat tajribasini aks ettirgan frazeologizmlar ogʻzaki tilda ham, badiiy adabiyotda ham keng tarqalgan. Tilshunoslikda frazeologik birliklarni oʻrganish katta tarixga ega. Obyektning oʻzbek, rus va xorij tilshunoslari tomonidan amalga oshirilgan. Frazeologik birliklar xalqning madaniyati, oʻtmishi bilan uzviy bogʻliqdir. Frazeologik birlik- tarkibi va tuzilishida barqaror, alohida leksik jihatdan boʻlinmaydigan va qiymatli soʻz birikmasidir. Mustaqil lingvistik fan sifatida yaqinda paydo boʻlgan. Tilshunoslikning fani sifatida frazeologiyaning vazifasi muayyan tilning frazeologik asoslarini har tomonlama oʻrganishni oʻz ichiga oladi. Frazeologik birliklarning oʻziga xos xususiyatlari tom maʼnoda "tushunish" imkoniyatini beradi. Frazeologiya nazariyasining ilk tadqiqotchisi Sharl Balli hisoblanadi. U frazeologik birliklar tahlili boʻyicha koʻplab maʼlumotlar keltirib, tadqiq qilgan. Bugungi kunda frazeologiya tushunchasi tor va keng maʼnoda tushunilmoqda. Xalq ogʻzaki ijodida frazeologik birliklardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Sababi, taʼsirchan va jozibali ifodalash uchun ham aynan frazeologik birliklardan foydalaniladi. Uzoq tarixga borib taqalsada, lekin qariyb ikki asrni oʻz ichiga oladi. Frazeologik birliklarda motivatsiyanganlik darajasi yuqori boʻladi. Ma'no boʻyoqlari oʻziga xos tarzda ifodalanadi. Frazeologiyaning tarkibiga maqollar, matallar, aforizmlar va boshqa turgʻun birliklar kiradi. Tor doiradagi frazeologiya tarafdorlari esa yaxlit koʻchma maʼnoli turgʻun birliklarni oʻrganish bilan chegaralanadilar. Ular frazeologik tadqiqotlarida faqat birikmaga teng boʻlgan frazeologik birliklarni tadqiq qilib, maqol va matallarni frazeologiya obyekti sifatida baholamadilar. Frazeologik birliklarning oʻziga xos xususiyatida shundaki, bir soʻz boshqa tillarda turli maʼnolarni anglatishi mumkin. Ya'ni bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan sifatlarni ham aks ettirishi mumkin. Masalan, ingliz tilida "elephant" koʻchma maʼnoda salbiy tushuncha ifoda etsa, buning oʻzbek tilidagi muqobili boʻlgan "fil" ijobiy maʼnoni bildiradi. Hindlarda fil goʻzallik ramzi hisoblansa, aksincha inglizlarda jahl, besoʻnaqaylik ramzi hisoblanadi. Oʻzbek tilida hayvonlar obrazi asosida shakllangan frazeologizmlar mavjud boʻlib, ularning ijobiy va salbiy jihatdan qoʻllanilishi A.E.Mamatov tomonidan oʻrganilgan. Oʻzi odatda zoonimlarni asosan, maqollarda uchratamiz. N.A.Klushin esa oʻz nomzodlik dissertatsiyasida ingliz tilida shaxsga nisbatan zoonimlik tavsifini oʻrgangan. U ingliz va rus tillaridagi zoonimlarni oʻzaro taqqoslaydi. Masalan, "осел"- rus tilida tentak, nodon odam, "ass" ingliz tilida ahmoq odam- a stupid, obstinate person. Frazeologik birliklarni qiyoslashda Oʻ.Q.Yusupov taklif etgan metod muhim ahamiyatga ega. Uning fikricha, avval togʻri keluvchi va toʻgʻri kelmaydigan frazeologik birliklar aniqlab olinadi. Soʻngra ona tilida va chet tilida ekvivalent boʻlgan frazeologizmlar alohida ajratilib, ular quyidagi tamoyillarga koʻra qiyoslanadi: a) semantikasi, obrazliligi; b) maʼnolarini qayta aniqlash darajasi; Zoonim frazeologik birliklar frazeologizmlar orasida muhim oʻrinni tutadi. Frazeologik birliklarni ifodalashda, odatda har bir hayvon, hasharot yoki parranda ayrim oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan, chumoli va asalari mehnatsevarlik ramzi boʻlsa, sher dovyuraklikni, quyon esa ehtiyotkorlikni anglatadi. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences | e-ISSN: xxxx-xxxx | www.openaccessjournals.eu | Volume: 1 Issue: 1 ALL RIGHTS RESERVED @ RA Publication 8 a gay cat- tajribasiz Somewhat from the thickly strewn hazards. But greenn hoboes "gay cats" walked into these dangers blindly and were moved down in hundreds. like a cat in a strange garret- noqulay vaziyat. When he arrived in Boston, he felt like a cat in a strange garret. a tame cat- hissiz kishi. And remember. I don't want a fortune for this thing only a good price. There's a lot of tame cats who mightnʼt follow the new man around. Yuqoridagi misollardan ham bilishimiz mumkinki, a cat- mushuk zoonimi asosan salbiy maʼnodagi frazeologik birliklarda ishlatiladi. Koʻpincha tajribasiz, foydasiz ish maʼnolarida keladi. Shuning uchun ham frazeologik birliklarni chuqur oʻrganib, tahlil qila olish va shu bilan birga boshqa tillarda ham toʻgʻri qoʻllay olish talab etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: [1] G.E. Xakimova- "Frazeologik birliklarning lingvokulturologik aspekti", Toshkent. "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2018. [2] Balli Sharl. Французская стилистика.- Москва, 1961,92с. [3] Kunim A.V. Английская фразеология.- M.: Высшая школа, 1970. [4] Narimonova Z. Frazeologik birliklarning tarjimasi haqida.- T.:OʻzMU.2007 [5] Haydarov A, Joʻraqulova G. Frazeologik iboralar tarjimasi xususida. Tilning leksik-semantik va qiyosiy tipologik izlanishlar: sinxroniya, dioxroniya materiallari toʻplami.- T.: Muharrir. 2012.- P.10-13 Foydalanilgan saytlar roʻyxati: [1] hozir.org [2] zoo-vse.ru Download 23.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling