Microsoft Word 4 O'zbekistonda yong'oq etishtirish imkoniyati va istiqbollari
Download 55.05 Kb. Pdf ko'rish
|
764-769
CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 764 O‘ZBEKISTONNING YONG'OQ ISHLAB CHIQARISH SALOHIYATI VA ISTIQBOLLARI: SAMARQAND VILOYATI KESIMIDA. Ahrorov Farhod Avezov Humoyun Annotatsiya. Maqolada O‘zbekistonning yong‘oq yetishtirish bo’yicha so‘ngi yillardagi holati va imkoniyatlari iqtisodiy-statistik tahlil qilinib, uni kelgusida rivojlantirish yuzasidan mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: yong‘oq ishlab chiqarish, samaradorlik, yong‘oq savdosi. Аннотация: В статье приводится экономико-статистический анализ текущий состояния и потенциала Узбекистана в области выращивания грецкого ореха, а также комментарии по его дальнейшему развитию. Ключевые слова: производство грецкого ореха, эффективность, торговля орехами. Abstract. The article provides an economic and statistical analysis of the current condition and potential of Uzbekistan in the field of walnut cultivation, as well as comments on its further development. Keywords: walnut production, efficiency, walnut trade. Kirish. Yong‘oq ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun qulay tabiiy iqlim sharoitlari bo‘lgan O‘zbekistonda kuchli potensial resurs bazasiga ega. Mintaqaning tuproq iqlim sharoitlari yong‘oq ishlab chiqarishni sanoat darajasida tashkil etishga imkon beradi. Yuqori ozuqaviy va iqtisodiy qiymati hamda uzoq vaqt saqlanishi tufayli yong‘oq qadim zamonlardan beri intensiv ravishda savdo qilib kelingan [1]. O‘zbekiston sharoitida yong‘oq yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari esa nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lib, mevachilik sohasidagi bir qancha tadqiqotlar tarkibida qisman o‘rganilgan xolos. Tabiiy yong‘oq o‘rmonlari, shuningdek, yong‘oq plantatsiyalari qishloq joylarda sezilarli darajada bandlikni taʼminlash va daromad olish imkonini beradi. Markaziy Osiy va unga tutash mintaqalarda joylashgan baʼzi mamlakatlarda tabiiy o‘rmonlardan yong‘oq va boshqa mevalarni yig‘ish, qayta ishlash va sotish ko‘pincha norasmiy iqtisodiy faoliyat bo‘lgan bo‘lsada, yong‘oq plantatsiyalarining kengayishi plantatsiyalarni boshqarish, yong‘oqni qayta ishlash va savdosida rasmiy bandlikning o‘rnatilishiga olib keldi. Markaziy Osiyo mintaqasi barqaror ravishda yuqori sifatli yong‘oq, shuningdek, yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini ichki va CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 765 xalqaro bozorlar uchun ishlab chiqarish va sotish imkoniyatiga ega. Ushbu imkoniyatlarga parallel ravishda, ishlab chiqarish usullari, yong‘oq daraxt zaxiralari, marketing amaliyotlari, standartlashtirilgan tasniflardan foydalanish yoki anʼanaviy bozorlarni diversifikatsiya qilish va ularning talablari, yangi bozorlarni izlash kabi muammolar saqlanib qolmoqda.Tez buzilmaydigan mahsulotlar orasida yong‘oq ko‘chirish va tashish uchun qulay bo‘lgan qattiq qobig‘i bilan mashhur oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Shuningdek, u 2025 yilga kelib dunyodagi eng ko‘p isteʼmol qilinadigan yong‘oqlar qatoriga kiradi va ko‘plab mamlakatlar, jumladan, Xitoy va Amerika Qo‘shma Shtatlari butun dunyoda yong‘oq va uning tutash mahsulotlarini eng ko‘p ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilari hisoblanadi. Yong‘oqdoshlar meva berishi mumkin bo‘lgan joylar ancha chegaralangan – Yer sharidagi quruqlikning atigi 7% qismi bunga mos keladi. Asosiy qism. O‘zbekiston katta hududi yong‘oq yetishtirishga mos keluvchi kam sonli davlatlar qatoriga kiradi (1-rasm). Mamlakatimiz yong‘oq yetishtirishda oxirgi yillarda yetakchilar qatoriga kira oldi. Mamlakatimiz yong‘oq yetishtirishda yuqori ko‘rsatkich bilan dunyoda 9-o‘ringa ko‘tarilganligi ishlab chiqarish hajmi ancha oshganligini anglatsada, yurtimizning tabiiy imkoniyatlaridan oqilona foydalana olinmayotganini ko‘rsatadi [2]. Hozir yurtimizda intensiv yong‘oqzorlar yaratishga keng sharoit yaratish, fermerlarga kerakli tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar berish orqali sohani rivojlantirishga erishish hamda dunyo bozorlarida munosib o‘rin egallash sari dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. https://www.nationmaster.com/nmx/ranking/walnuts-production [3] Mintaqadagi yong‘oqchilik tarmog‘i ko‘plab yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari bilan bir qatorda asosan eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, shu bois qishloq aholisining turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega. Xususan, yovvoyi yong‘oq (po‘choq bilan va mag‘izi) savdosi Markaziy Osiyoning qishloq joylarida 100 mingdan ortiq aholining asosiy daromad manbai hisoblanadi. Yong‘oq CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 766 sotishdan tushgan daromad ularning yillik oilaviy daromadining 40 foizigacha to‘g‘ri keladi. Juglans regia L.1- qadim zamonlardan beri odamlar tomonidan qadrlangan daraxt turidir. Juglans regianing yovvoyi navlari Markaziy Osiyoning moʻtadil va yarim qurg‘oqchil tog‘li hududlarida, Sharqiy va Janubiy Osiyoda, Yaqin Sharq va Kavkaz mintaqasida joylashganligi qayd etilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 1 iyundagi qarori bilan O‘zbekistonda yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi. Qaror lalmi yerlardan foydalanishni rag‘batlantirish va samaradorligini yana-da oshirish, ichki va tashqibozorlarda raqobatdosh bo‘lgan yong‘oq ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hisobiga zamonaviy yong‘oq plantatsiyalarini barpo qilish hamda yong‘oq yetishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan usullar va intensiv texnologiyalarni keng joriy etishga yo‘naltirilgan [4]. O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilgan umumiy yong‘oq hajmidagi ulushi bo‘yicha Samarqand viloyati salmoqli o’ringa ega. 2019-2020 yillarda mamlakatimizda umumiy 146,8 ming tonna yong‘oq ishlab chiqarilgan bo’lib shundan qariyb 20 % Samarqand viloyati hisobiga to‘g‘ri keladi ( 1-jadval). 2019 (ming tonna) 2020 (ming tonna) Respublika 67,7 79,1 Samarqand viloyati 13,7 15,6 O‘zbekiston Respublikasida yetishtirilgan yong‘oq miqdori haqida ma’lumot [5] Shunlardan birgina Samarqand viloyatining o’zida 2019-yilda umumiy 2648 tonnasi hamda 2020-yilda 974,8 tonnasi eksportga yo’naltirilgan [6]. Oxirgi yillarda yong‘oq yalpi hosili sezilarli o‘sib bormoqda. Bunda uning sunʼiy ishlab chiqarilishi yoki narxlarning tushishi (bug‘doy yoki boshqa qishloq xo‘jaligida xom ashyolar) kabi omillar xalaqit bermaydi. Jahon bo‘ylab yong‘oq mevalarini o‘z ichiga oluvchi sog‘lom va foydali ovqatlanishga eʼtibor qiluvchi odamlar ulushi ortib borayotgani sababli bu mahsulotga talab oshmoqda. Ekspertlarning yong‘oq bozori tahlili natijalariga ko‘ra, oxirgi o‘n yillikda tozalanmagan yong‘oq narxining o‘rtacha yillik o‘sishi 8%, tozalangani esa 10% ni qayd etgan. Hatto ekzotik mahsulotlar ham narxning bunday barqaror o‘sishini namoyish eta olmaydi. Bundan milliy ishlab chiqaruvchilar afsuski yetarlicha manfaat olmayaptilar. Bunday sharoitda iqtisodiyotning istiqbolli tarmog‘ini modernizatsiyalashni ko‘p kutish kerak bo‘ladi. Agar moliyaviy oqimlarni ishlab chiqaruvchilar foydasiga qayta yo‘naltirish hamda ichki va tashqi bozorlarni mutanosiblashtirish va narxlarni yaqinlashtirishga xizmat qiluvchi o‘yin qoidalarini o‘zgartirilmasa albatta. O‘zbekistondan bu mahsulotni import qiluvchi dunyoning ko‘p davlatlarining o‘zida ham salmoqli hajmlarda yong‘oq yetishtiriladi. Ammo bizdan farqli CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 767 ravishda asosan ichki bozorda realizatsiya qilinadi. Puldor va sog‘ligi haqida yetarlicha qayg‘uradigan xalqlar unchalik sifatli bo‘lmasada, juda arzon o‘zbek yong‘og‘ini ishtiyoq bilan sotib oladilar. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining taqqoslama maʼlumotlariga ko‘ra, Yevropa va fors ko‘rfazi mamlakatlarida yillik yong‘oq isteʼmoli bir kishiga o‘rtacha 4,2-5,6 kg ni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich atigi 1,8-2,4 kg dan iborat. Ekspertlardan biri muammoning mohiyatini keltirgan – O‘zbekistonda yong‘oq yetarli, ammo aholida uni sotib olishga moliyaviy resurslar kam. Bu muhit ichki va tashqi bozorda narxlar tafovutini oshiradi hamda mamlakatimizdan yuqori daromadli mahsulotni har qanday yo‘l bilan olib chiqishga intilishni kuchaytiradi. Jahon bozori konyunkturasi va qulay tabiiy-iqlim sharoitlari milliy yong‘oqchilikni rivojlantirishga sharoit yaratadi. Ammo talab yuqori bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilishda O‘zbekistonning o‘rni barqaror emas. Bunda ishlab chiqarishdagi hamda talabchan isteʼmolchilarga sotishdan oldingi tayyorlash bosqichlaridagi nomutanosiblik xalaqit bermoqda. O‘zbekistondagi 18 ta uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yig‘ilgan yong‘oqning deyarli 80 foizi sotilgan, atigi 20 foizi isteʼmol qilingan [7], lekin bunda uy xo‘jaliklari daromadiga qo‘shilgan hissa berilmagan. Bularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan milliy va xalqaro standartlardan, zamonaviy ishlab chiqarish usullaridan foydalanish, marketing va sotish amaliyotini o‘z ichiga oladi. Yong‘oq uyushmasining tashkiliy ishlarida ancha siljishlar sezilmoqda. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi axborot tushuntirish ishlaridan tashqari o‘z tarkibiga olimlar va amaliyotchilarni jalb etgan holda muayyan muammolar yechimiga sezilarli taʼsir etmoqda. Yong‘oq uyushmasi tashkil etilgan muddatdan buyon bajarilgan tizimli ishlar to‘laqonli natijalar ko‘rsatdi. Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining sohani modernizatsiyalash, sanoat usulida yong‘oqzorlar tashkil etish kabi ishlari meva bera boshladi. O‘zbekiston hukumati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, uning eksport raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ulkan saʼy- harakatlarni amalga oshirmoqda, chunki u iqtisodiyotning muhim tarmog‘i hamda fermerlar va ko‘plab qishloq oilalari uchun muhim daromad manbayi sifatida qabul qilinadi. Biroq, islohotlar salohiyatni oshirish bo‘yicha muhim amallarni talab qiladi va qishloq xo‘jaligi savdosining barqarorligini taʼminlash uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi amaliyoti, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘simliklarni himoya qilish, shuningdek, xalqaro sifat standartlari kabi masalalar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xulosa va takliflar. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yuqori sifatli mahsulotni faqat sanoat usulida yetishtirilgan tanlangan navlar ko‘chatlaridan olish mumkin. Hududdagi yong‘oqchilik tarmog‘i ko‘plab yangi va quritilgan bog‘dorchilik mahsulotlari bilan bir qatorda eksportga yo‘naltirilgan bo‘lib, shuning uchun ham qishloq aholisining CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 768 turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega. Biroq, potensialni ro‘yobga chiqarish bir nechta asosiy komponentlarni ko‘rib chiqish kerak, ulardan biri huquqiy va meʼyoriy baza bo‘lsa, ikkinchisi bozorlar va xaridorlar tahlilidir. Bunda yig‘ilgan hosilni yaxshi jihozlangan korxonalarda saralash, quritish va zamonaviy shaklda qadoqlash kerak. Ammo O‘zbekistonda iqtisodiyotning bu sohasi yetarlicha rivojlanmagan. Yong‘oq ishlab chiqarish bilan asosan uy xo‘jaliklari shaxsiy tomorqalarida shug‘ullanadi, turli tahlillarga ko‘ra bu yalpi hosilning 80-85% dan ko‘proq qismini tashkil etmoqda. Yong‘oqni qayta ishlash va tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalarni esa barmoq bilan sanash mumkin xolos. Bu esa yong‘oqning katta qismini ishlab chiqarish, tayyorlash va eksport qilish qora bozorga to‘g‘ri kelishini bildiradi. Yong‘oq yetishtirish tog‘li hududlarda mahalliy aholining turmush farovonligini taʼminlashda muhim rol o‘ynaydi va shuning uchun uni rivojlantirishga sarmoya kiritish juda muhimdir. Adabiyotlar: 1. P., Malhotra S. World edible nuts economy. s.l. : Concept Publishing Company, 2008. 2. https://www.fao.org/faostat/ru/#data/QCL/visualize 3. https://www.nationmaster.com/nmx/ranking/walnuts-production 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar vaЗ eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risda”gi Qarori. Xalq so‘zi 2017 yil 17 yanvar. 5. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2 6. https://samstat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2 7. Livelihood implications of in situ-on farm conservation strategies of fruit species in Uzbekistan. Gotor, Elisabetta , et al. 2278, s.l. : Springer, 2018 йил, Agroforestry Systems, Vol. 92, pp. 1253–1266. 8. OLIM, M., ABLAQULOVICH, I. G., & UGLI, K. A. M. Service Provision And Development In Agriculture. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(07), 84-88. 9. Hasanov, S., Ahmed, M. N., Ganiev, I., & Murtazaev, O. (2012). Cotton in our Ears: Water, Agriculture, and Climatic Change in the Post Aral Context. In Disaster by Design: The Aral Sea and its Lessons for Sustainability. Emerald Group Publishing Limited. 10. Murtazaev, O. (2009). Methodological issues of efficiency of cotton complex (Doctoral dissertation, Thesis of the scientific degree competition of doctor). CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS International scientific - practical conference 27-28 April, 2022 | Samarkand branch of Tashkent state university of economics. www.sbtsue.uz 769 11. Ahrorov, F., Murtazaev, O., & Abdullaev, B. (2012). Pollution and salinization: compounding the Aral Sea disaster. In Disaster by Design: The Aral Sea and its Lessons for Sustainability. Emerald Group Publishing Limited. Download 55.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling