Microsoft Word Ðflокхменч8
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
8-laboratoriya
10–LАBОRАTОRIYA ISHI. ASINXRON DVIGATELNI TEKSHIRISH. I. Ishdan maqsad: Asinxron dvigatelning stator chulg’ami fazalarini aniqlash ikki bosqichdan iborat. Birinchidan, har bir fazali stator chulg’amlari juftliklari aniqlanadi. Keyin har bir fazali chulg’am boshlari va oxirlari aniqlanadi. II. Ishni bajarish tartibi: 1. Stator chulg’am fazalining juft chiqishlarini aniqlash. 2.1. Laboratoriya jihozidagi ulagichlarning uzilganligiga ishonch hosil qiling. 2.2. Stendni ishga tushirishdan oldin SA11, SA21, SA1 lar "o'chirilgan" holatida ekanligiga ishonch hosil qiling. RP11, RP12, RP21 kuchlanish rostlagichi chap tomon oxirigacha surib qo’ying. 2.3. Stendni uch fazali tarmoqqa ulang ("Сеть" o'chirgichini yoqing). 2.4. Past kuchlanish manbaini statorning ixtiyoriy ikkita simiga ulang (8.1-rasm). 2.5. SA1 ni past kuchlanish manbaiga ulang. 2.6. LED HL1 yonishi stator simlari bir xil fazaga tegishli ekanligini ko'rsatadi. Bunday juft fazalar eslab qolinadi va ikkinchi, keyin uchinchi juft faza chulg’amlarini aniqlashga o'tiladi. 2.7. LED HL1 yonmasa, past kuchlanish manbaini boshqa stator chiqishiga ulang. 2.8. Barcha fazalarning juftliklari aniqlangandan keyin har bir fazaning boshlanishi va oxiri aniqlanadi. 2. Stator chulg’am fazalining boshlanishi va oxirini aniqlash. 2.9. Barcha chulgam boshlari va uchlarini ixtiyoriy belgilang 2.10. Ikkita ixtiyoriy fazani ketma-ket ulang. 2.11. Past kuchlanish manbaiga fazalarning bo’sh turgan chiqishini ulang 2.12. PV11 voltmetrining chqishini statorning qolgan chiqishlariha ulang (8.2- rasm). 2.13. SA1 ni past kuchlanish manbaiga ulang 2.14. Agar ikkita ulangan fazaning oldindan belgilangani to'g'ri bo'lsa, uchinchi fazaga ulangan PV11 voltmetr kuchlanishni ko'rsatadi. 2.15. Agar ikkita ulangan fazaning oldindan belgilangani noto'g'ri bo'lsa, uchinchi fazaga ulangan PV11 voltmetr kuchlanishni ko'rsatmaydi. 2.16. Xuddi shunday, qolgan uchinchi fazani ixtiyoriy belgilashning to'g'riligini aniqlang. Sinovni tugatgandan so'ng: SA1ni past kuchlanish manbaidan uzing Stendni uch fazali tarmoqni o’ciring ("Сеть" o'chirgichini o’chiring). 8.1-rasm. Stator chulg’am fazalining juft chiqishlarini aniqlash. 8.2-rasm. Stator chulg’am fazalining boshlanishi va oxirini aniqlash. Mustaqil o’rganish uchun savollar: 1. Asinхron motorining tuzilishi va ishlash prinsipini tushintiring. 2. Aylanuvchi magnit maydoning hosil bo’lishini tushuntiring. 3. Sirpanish nima? Sirpanish tezligi qanday aniqlanadi? 4. Asinхron motorining nominal toki qanday aniqlanadi? 5. Quvvat koeffitsienti nima va nimalarga bog’lik? Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling