Microsoft Word А4 син ва узгар doc


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/53
Sana09.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1472500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Gidrogeneratorlarda rotorining aylanish chastotasi kam (n=50500 
ayl/min) bo‘lib, ularning katta quvvatlisi vertikal (tik) o‘rnatiladigan qilib 
yasaladi. 1.5-rasmda bunday gidrogeneratorlarning osma va soyabon 
tiplarining konstruktiv sxemalari tasvirlangan 
Gidrogeneratorlarda stator va rotor chulg‘amlari hamda stator po‘lat 
o‘zagi bevosita distillangan suv bilan sovitiladi. Agar bunday sovitish 
sistemasini xuddi shunday quvvatga ega bo‘lib, tashqaridan (sirtidan) havo 
bilan sovitish sistemasi bilan solishtirilganda distillangan suv bilan sovitish 
sistemasida bir xil o‘lchamdagi gidrogenerator quvvatini 2 marotaba 
oshirish mumkin. 
Sinxron generatorning ishlash prinsipi va qo‘zg‘atish 
sistemasining turlari 
Ishlash prinsipi. Sinxron generatorda asosiy magnit maydon (oqim 
Ф
0
) ni hosil qilish uchun uning qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgarmas tok 
beriladi. Bu tok vaqt bo‘yicha o‘zgarmas va qutbiyligi (ishorasi) 
almashlanadigan, rotorga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lgan magnit maydonni 
hosil 
qiladi. 
Rotor 
(induktor) 
birlamchi 
mexanizm 
yordamida 
aylantirilganda, uning magnit maydoni qo‘zg‘almas stator (yakor) 



chulg‘amiga nisbatan aylanadi va unda elektromagnit induksiya qonuniga 
asosan, o‘zgaruvchan EYK hosil qiladi.
Agarda stator pazlarida simmetrik (ya’ni fazalarining magnit o‘qlari 
fazoda 120
 
el. ga siljigan bo‘lib, fazalarining elektr qarshiliklari va 
o‘ramlar soni bir xil) uch fazali chulg‘am joylashtirilgan bo‘lsa, bu 
chulg‘amda moduli bo‘yicha teng va vaqt bo‘yicha 120

el. ga siljigan 
EYK larning simmetrik sistemasi induksiyalanadi (hosil bo‘ladi). Faza 
chulg‘amlarida induktsiyalanadigan EYK larning chastotasi: 
f
1
pn / 60
bunda: p–chulg‘amning juft qutblari soni; n–rotorning aylanish chastotasi, 
ayl./min. 
Agar sinxron generatorning uch fazali yakor chulg‘ami tashqi simmetrik 
yuklamaga ulansa, undan yakorning doiraviy aylanma magnit maydonini 
vujudga keltiruvchi simmetrik o‘zgaruvchan toklar sistemasi o‘tadi. Bu 
maydonning statorga nisbatan aylanish chastotasi
n
1
= 60 f
1
/ p
Bu formulalardan f
1
ning qiymatini qo‘yib, n
1
=n ekanligini aniqlaymiz. 
Demak, qo‘zg‘atish va yakor chulg‘amlarining magnit maydonlari bir-
biriga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib, mashinaning natijaviy magnit
maydonini hosil qilar ekan. Shu tariqa sinxron generatori mexanik 
energiyani elektr energiyaga aylantiradi. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling