Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
107 111-bob. O’lgan kishining ko’zini yumgandan keyin aytiladigan zikrlar 381/1. Ummu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Salamaning oldiga kirganlarida, u zot vafot etib, ko’zlari ochiq qolgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ko’zlarini yumib qo’ydilar. So’ngra: «Agar ruh olinsa, ko’z unga ergashadi», dedilar. Abu Salamaning ahllaridan bo’lgan kishilar baland ovoz ila qichqirib yuborishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’zingizga duo qilayotganingizda, faqat yaxshilik so’ranglar, chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», deb quyidagi duoni o’qidilar: «Allohummag’fir liabiy Salamata varfa’ darojatahu fil mahdiyyiyna vaxlufhu fiy ‘aqibihi fil g’obiriyna vag’firlana va lahu ya robbal ‘alamiyn vafsah lahu fiy qobrihi va navvir lahu fiyhi». (Ma’nosi: Allohim, Abu Salamani mag’firat qil. Uning darajasini hidoyat topganlar qatoriga ko’tar. Orqasida qolganlarga O’zing uning o’rnini bos. Ey olamlar Rabbi, uni va bizni mag’firat qil. Uning qabrini keng qil, nurga to’ldir.) (Bu duoni o’qiyotganda «Abu Salama»ning o’rniga o’lgan kishining ismi aytiladi.) Muslim rivoyatlari 382/2. Ulug’ tobe’inlardan biri Bakr ibn Abdulloh: «Agar mayyitning ko’zini yopib qo’ysang: «Bismillahi va ‘ala millati rosulillah», deb ayt. Agar ko’tarsang, «Bismillah», de. Agar ko’tarishda yana davom etsang, tasbih ayt», deydilar. Bayhaqiy rivoyatlari 112-bob. Mayyitning huzurida aytiladigan zikrlar 383/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kasal yoki mayyitning oldida hozir bo’lsangiz, faqat yaxshi gapni aytinglar. Chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu Salama vafot etganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib: «Ey Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u zot: «Allohummag’firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni mag’firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni berdi (ya’ni, meni nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari 384/2. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «O’liklaringizga Yosin surasini o’qinglar», dedilar. Abu Dovuddan boshqalar bu hadisni zaif sanashgan. Chunki sanadida ikkita noaniq kishi bor. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling