Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob Kunduzidan kechasigacha jim, sukut qilib yurishdan qaytarish haqida
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
349-bob Kunduzidan kechasigacha jim, sukut qilib yurishdan qaytarish haqida 1060/1. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Balog‘atga yetgandan keyin yetimlik yo‘q. Kunduzidan kechasigacha jim, sukut qilib yurish yo‘q», deb aytganlarini eshitdim». Abu Dovud rivoyatlari . Imom Abu Sulaymon Xattobiy Ma’olus «Sunan» nomli kitoblarida bu hadisni quyidagicha sharhladilar: «Jim yurish johiliyat ahlining amallaridan edi. Ulardan biri bir kecha va kunduz e’tikof o‘ltirardi-da, hech narsa gapirmay, sukut qilardi. Islom kelgandan keyin bundan qaytarildi va hadis hamda yaxshiliklarni zikr etishga buyurildi». 1061/2. Qays ibn Abu Xrzimdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Abu Bakr Siddiq (r.a.) Ahmaslik Zaynab ismli ayolning oldiga kirdilar. Uning gapirmayotganini ko‘rdilar. Va unga: «Nima Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 294 uchun gapirmayapsan?» dedilar. Atrofidagilar: «Xaj qilgan, gapirmaydi», deb aytishdi. Shunda Abu Bakr unga: «Gapirgin, bu (ishing) halol bo‘lmaydi. Va bu johiliyat amallaridandir», deganlarida, u xotin gapirdi. Imom Buxoriy rivoyatlari Islomning o‘zagi bo‘lgan hadislar Fasl: Inshaalloh, kitobning yaxshi narsalar bilan tugashini istab, quyidagi hadislarni unga qo‘shdim. Bu ko‘shgan hadislarim Islomning asosi va o‘zagidir. Ulamolar bu haqda ko‘p ixtilof qilishgan. Ularning so‘zlaridan tug‘ilgan narsani o‘zim qo‘shgan narsa bilan jamlaganda o‘ttizta hadis bo‘ldi. 1062. Birinchi hadis. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas, Alloh va rasuli uchun hijrat qilibdi. Kimning hijrati dunyoga yetishish yoki xotinga uylanish uchun bo‘lsa, uning hijrati o‘sha narsaga bo‘libdi». 1063. Ikkinchi hadis. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki bizning ishimizda yangilik qilsa, bu undan bo‘lmasa, bas, u rad qilingandir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1064. Uchinchi hadis. Nu’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta halol ochiq-ravshan. Albatta harom ochiq-ravshan. Uning o‘rtasida shubhali narsalar bo‘lib, uni ko‘p insonlar bilishmaydi. Kimki shubhadan taqvo qilsa, dini va obro‘sini soflabdi. Kimki shubhaga voqe’ bo‘lsa, haromga yo‘liqibdi. Rioya qiluvchi qo‘riqxona atrofiga borib, uning ichiga kirib qolishi mumkin. Har bir podshohning qo‘riqxonasi bor. Ogoh bo‘ling, Allohning qo‘riqxonasi U harom qilgan narsalardir. Ogoh bo‘ling, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u isloh bo‘lsa, jasadning barchasi isloh bo‘ladi. Agar u fasod bo‘lsa, jasadning barchasi fasod bo‘ladi. U ham bo‘lsa qalbdir», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari 1065. To‘rtinchi hadis. Ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz onasi qornida ekanida qirq kun maniy holatida xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra quyuq qon bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra parcha go‘sht bo‘lib, o‘sha kabi xalq qilinishi jamlanadi. So‘ngra farishta yuborilib, unga ruh puflaydi. Va to‘rt kalima, ya’ni rizqi, ajali, amali, baxtli yoki baxtsizligini yozish buyuriladi. Undan boshqa iloh yo‘q bo‘lgan Zot ila qasamki, sizlardan biringiz jannat ahlining amalini qiladi. Hattoki, u bilan jannat orasida bir gaz (o‘lchov) qoladi. Bas, uning o‘sha yozilgan kitobi ilgarilaydi-da, u do‘zax ahlining amalini qilib, do‘zaxga kirib ketadi. Sizlardan biringiz do‘zax ahlining amalini qiladi-da, hattoki u bilan do‘zax orasida bir gaz qoladi. Bas, uning kitobi ilgarilaydi-da, u jannat ahli amalini qilib, jannatga kirib ketadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari. 1066. Beshinchi hadis. Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shubhali narsani shubhasiziga qo‘y», dedilar. (Ya’ni, shubhali narsani tark qilib, shubhasiz narsani ol.) Termiziy va Nasaiy rivoyatlari. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling