Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
QUR’ON TILOVAT QILISH KITOBI
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
QUR’ON TILOVAT QILISH KITOBI
70-bob. Qur’on tilovati Qur’on o’qish zikrlarning afzalidir. Qiroatda tadabbur qilish – tushunib o’qish matlub ish sanaladi. Qiroatning o’ziga xos odob va maqsadlari bor. Qori va qiroatning odoblari, sifatlari va ularga taalluqli narsalar haqida bir kitob ham jamlagan edim. Chunki hofizi Qur’on uchun shunga o’xshash narsalar maxfiy qolishi mumkin emas. Men bu kitobda esa maqsadga muvofig’ini qisqa holda keltiraman. Fasl: Qur’on o’quvchi kishi ertami-kechmi, musofirmi-muqimmi, uning tilovatini tark qilmasligi, bardavom bo’lishi lozim. Salaf ulamolarimizning Qur’onni xatm qilish odatlari turlicha edi. Ba’zilari ikki oyda, ba’zilari har oyda, boshqalari har o’n kun, sakkiz kun yoki yetti kunda Qur’onni xatm qilishardi. Ko’pchilikning odati shu edi. Olti, besh, to’rt yoki uch kunda xatm qiluvchi ulamolar ham bor edi. Bundan tashqari har kecha va kunduzi xatm qiluvchilar bo’lgan. Sayyid Jalil ibn Kotib as-Suvfiy kechasi to’rt marta, kunduzi ham to’rt marta Qur’onni xatm qilardilar. Tobe’in Mansur ibn Zozon ibn Ibod esa peshin bilan asr orasida xatm qilardilar. Ibn Abu Dovud rivoyatlarida keltirilishicha Mujohid (r.a.) ramazonda Qur’onni shom namozi bilan xufton orasida xatm qilganlar. Ammo Qur’onni bir rak’atda xatm qiladiganlar ko’pligidan ularni sanab adog’iga yetib bo’lmaydi. Masalan, ular Usmon ibn Affon, Tamiym ad-Doriy, Said ibn Jubayrlardir. Lekin oldingi jamoalar Qur’onni bir kecha- kunduzda xatm qilishni makruh deb, quyidagi hadisni dalil qilib keltirishgan. 270/1. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Qur’oni karimni uch kundan oz fursatda xatm qilsa, ma’nolarini anglamaydi», dedilar. Abu Dovud, Termiziy, Nasoiylar rivoyatlari Ammo Qur’on o’qishni qachon boshlash va xatm qilish-tugatish vaqti qorini ixtiyoridadir. Masalan, Usmon (r.a.) bir haftalik xatmlarida juma kechasi boshlab, payshanba kechasi tugatar edilar. Abu Homid Fazzoliy «Ihyou ulumiddin» kitoblarida: Xatmlarni afzali kechasidagi xatm va kunduzidagi xatm. Kunduzgi xatm dushanba kuni bamdod namozining ikki rak’atida yoki undan keyin tugatiladi. Kechasidagi xatm juma kuni shom namozining ikki rak’atida yoki undan keyin tugatiladi deb aytganlar. Shunda kunduzini avvali va oxiriga yetishadi. Ibn Abu Dovud tobe’in Amr ibn Murradan qilgan rivoyatlarida: «U Qur’onni kechaning avvalida yoki kunduzni avvalida xatm qilishni yaxshi ko’rardilar», deydi. Tobe’inlardan Talha ibn Masraf aytadilar: «Kim Qur’onni kunduzi xatm qilsa, farishtalar kech kirgungacha u kishiga salovot aytishadi. Va kechasi xatm qilsa, tong otguncha salovot aytishadi». 271/2. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) aytadilar: «Qur’onni xatm qiluvchining xatmi kechaning avvaliga to’g’ri kelsa, farishtalar tong otguncha unga salovot aytishadi. Agar kechaning oxiriga to’g’ri kelsa, ertasi kunning kechqurunigacha salovot aytishadi». Imom Ahmad rivoyatlari Fasl: Qur’on qiroati uchun ixtiyor qilingan vaqtning eng yaxshisi namozda bo’lganidir. Imom Shofe’iy va boshqalarning fikrlaricha, namozda qiyomni qiroat bilan uzun qilish sajda va undan boshqa o’rinlarda uzoq turishdan afzalroqdir. Namozdan tashqaridagi qiroat esa, kechasi bo’lgani yaxshiroq. Kechani ikkinchi yarmida bo’lgani esa, avvalida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling