Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir»
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
«Oxirgi istaklari Olamlar Rabbi Allohga hamd aytishdir» (Yunus surasi, 10-oyat),
degan so’zidir. Biror ne’matga yetishganda yoki yomon ko’rgan narsasidan uzoqlashganda, Allohga hamd ham aytish mustahabdir. Hamd aytishning eng yaxshi iborasi «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyn»dir. 289/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Isro kechasida ikkita qadah keltirildi. Ularning birida sharob, ikkinchisida sut bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sutni oldilar. Shunda Jabroil (alayhissalom): «Sizni fitratga hidoyat qilgan Allohga hamd bo’lsin. Agar sharobni olganingizda, ummatingiz zalolatga ketar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari 290/3. Abu Muso Ash’ariydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar birq kishining farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar: «Ha», deb javob berishadi. Alloh: «Bandamning qalbining mevasini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar yana: «Ha», deyishadi. Alloh taolo: «Bandam nima dedi?» deb so’raydi. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (ya’ni, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 86 taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uni hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari Fasl: Xurosonlik do’stlar aytishdi: «Kimki, hamma hamdni o’z ichiga olgan hamd bilan Allohga hamd aytaman desa, «Alhamdu lillahi hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafiu maziydahu», deb aytishi bilan qasamini bajargan bo’ladi». (Ma’nosi: Ne’matlarini hosil qilgan va ziyodaligini mukofot qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Kimki maqtovlarning eng chiroylisi bilan Allohni maqtayman, deb qasam ichsa, «La uxsiy sanaan ‘alayka anta kama asnayta ‘ala nafsika» deb aytishi bilan qasamini bajargan bo’ladi. (Ma’nosi avval kelgan.) Ba’zilar: « Falakalhamdu hatto tarzo» (Rozi bo’lguningcha Senga hamd bo’lsin), deyilgan gapni ziyoda qilishgan. Abu Nasr Tammor Muhammad ibn Nazrdan (r.a.) rivoyat qilib keltirishlaricha, Odam alayhissalom: «Ey rabbim, kasbi korim meni mashg’ul qilib qo’ydi. Menga bir narsa o’rgatginki ana shu hamma hamd va tasbihlarni o’z ichiga olsin», dedilar. Shunda Alloh taolo u zotga vahiy qilib: «Ey Odam agar tong ottirsang uch marta va kech kirgizsang uch marta «Alhamdu lillahi robbil ‘alamiyna hamdan yuvafiy ni’amahu va yukafi’u maziydahu» deb ayt, hamd va tasbihlarni hammasini o’z ichiga olgandir», deb aytdi. (Ma’nosi yuqorida kelgan.) Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling