Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
88
298/2. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning
huzurida zikr qilinsam, menga salovot aytsin. Chunki kim menga bir marta salovot
aytsa, Alloh unga o’nta salovot aytadi», dedilar.
Ibn Sunniy rivoyatlari
299/3. Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning
huzurida
zikr qilinsam-u,
menga salovot aytmasa, batahqiq, u badbaxt bo’libdi», dedilar.
Ibn Sunniy zaif isnod bilan rivoyat qilganlar.
300/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kishining
huzurida zikr qilinsam-u, menga salovot aytmasa, ana shu kishi baxildir», dedilar. Imom
Termiziy rivoyatlari
Ba’zi ahli ilmlardan rivoyat qilinishicha, kishi majlisda bir
marta Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamga salovot aytsa kifoya qiladi, deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: