Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
85
ALLOH TAOLOGA HAMD AYTISH KITOBI
71-bob. Alloh taologa hamd aytish
Alloh taolo aytadi: «Allohga hamd bo’lsin va Uning o’zi (payg’ambarlik uchun)
tanlagan bandalariga duoyu salomlar bo’lsin», deb ayting» (Naml surasi, 59-
oyat); «Ayting: «Allohga hamd bo’lsin. Yaqinda U sizlarga o’z oyat-
mo’’jizalarini ko’rsatur» (Naml surasi, 93-oyat); «Bola-chaqa qilmagan Allohga
hamd bo’lsin» (Isro surasi, 111-oyat); «Agar bergan ne’matlarimga shukr
qilsangizlar, albatta, sizlarga ziyoda qilaman» (Ibrohim surasi, 7-oyat); «Bas,
Meni eslanglar, Men ham sizlarni eslayman va Menga shukr qilinglar va Meni
inkor etmanglar!» (Baqara surasi, 152-oyat).
Allohga hamd aytish va Unga shukr qilish to’g’risidagi oyatlar juda ko’pdir.
288/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir muhim ish Allohga
hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu
Dovud va Ibn Moja rivoyatlari
Boshqa bir rivoyatda: «Har bir muhim ish «Bismillahir rohmanir rohiym» bilan
boshlanmasa, u kesikdir», deyilgan.
Ulamolar: «Kitob
tasnif qiluvchi, dars oluvchi, dars beruvchi,
xutba aytuvchi Allohga
hamd bilan boshlashlari mustahab», deydilar.
Bulardan tashqari, yeb-ichgandan keyin,
aksa urganda, ayolga sovchi qo’yganda, nikoh
o’qilayotganida, hojatxonadan chiqayotganda,
shuningdek, boshqa ishlarda ham Allohga
hamd aytish mustahabdir. Biz bularni,
inshaalloh, o’rnida zikr qilamiz.
Fasl: Duoning xotimasida ham, boshlanishida ham Allohga hamd aytish mustahab
qilindi. Bunga dalil Alloh taoloning:
Do'stlaringiz bilan baham: