Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Kasalni yaxshi amallari bilan maqtash, unda xavf ko’rsa, uni
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
106-bob. Kasalni yaxshi amallari bilan maqtash, unda xavf ko’rsa, uni
ketkazish, Allohga bo’lgan gumonini yaxshilash to’g’risida 370/1. Ibn Abbos (r.a.) Umar ibn Xattobga (r.a.) suiqasd qilinganida, u zotga tasalli beraturib: «Ey Mo’minlar amiri, bu hammasi emas. Siz Rasulullohning chiroyli suhbatlarida bo’lgansiz. U zot sizdan rozi holatda dunyodan ketdilar. Keyin Abu Bakrning (r.a.) chiroyli suhbatlarida bo’ldingiz. Bu zot ham sizdan rozi holatda dunyodan o’tdilar. Keyin musulmonlar bilan chiroyli suhbatda bo’ldingiz. Agar dunyodan ketsangiz, albatta, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 105 ular ham sizdan rozidirlar...» deganlarida, Umar (r.a.): «Ana shu Allohning menga bergan ne’matidir», deb aytdilar. Imom Buxoriy rivoyatlari 371/2. Ibn Shumosa (r.a.) aytadilar: «Biz Amr ibn Os (r.a.) huzurlarida edik. U zot o’lim to’shagida edilar, yuzlarini devor tomonga qaratib, uzoq yig’lardilar. Shunda o’g’illari: «Ey otajon, Rasululloh sizga undog’-bundog’ deb bashorat qilmaganlarmi?» deganlarida, yuzlarini burib: «Biz hozirlaydigan eng afzal narsa «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh» shahodatidir», dedilar». Imom Muslim rivoyatlari 372/3. Qosim ibn Muhammad ibn Abu Bakrdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Oisha (r.a.) kasal bo’lib qoldilar. Shunda Ibn Abbos (r.a.) kelib: «Ey mo’minlar onasi, siz, Rasululloh va otangiz Abu Bakrga yetishishda (ya’ni, havzga erishishda) avvalgilardan bo’ldingiz», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari Ibn Abu Mulaykaning rivoyatlarida esa, quyidagicha aytiladi: «Ibn Abbos (r.a.) Oishaning (r.a.) o’limlaridan oldin, zaiflashib turganlarida huzurlariga kirishga izn so’radilar. Oisha onamiz: « Meni maqtashlaridan qo’rqaman», dedilar. Shunda: «Musulmonlar nomidan Rasululloh amakilarining o’g’illari», deyildi. «U zot izn beringlar»? dedilar. Ibn Abbos: «O’zingizni qanday his qilyapsiz?» deb so’radilar. Oisha onamiz: «Agar taqvoda bo’lsam, juda yaxshi his qilyapman», dedilar. Shunda Ibn Abbos: «Inshaalloh, sizga yaxshi bo’ladi, chunki siz Rasulullohning xotinlarisiz. U zot sizdan boshqa qizga uylanmaganlar, bundan tashqari, sizga osmondan avf-uzr tushgan», deb yaxshi xislatlarini zikr qildilar». Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling