112-bob. Mayyitning huzurida aytiladigan zikrlar
383/1. Ummu Salama onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Agar kasal yoki mayyitning oldida hozir bo’lsangiz, faqat yaxshi gapni
aytinglar. Chunki farishtalar aytayotgan narsangizga omiyn, deb turishadi», dedilar. Abu
Salama vafot etganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib: «Ey
Rasululloh, Abu Salama vafot etdi», dedim, u zot:
«Allohummag’firliy va lahu va a’qibniy minhu ‘uqba hasana» (Allohim, meni va uni
mag’firat qil hamda menga undan yaxshisini qoldir), deb ayt», dedilar. Men shu duoni
aytganimda, Alloh taolo menga erimdan ham afzal Rasulullohni berdi (ya’ni, meni
nikohlariga oldilar)». Imom Muslim rivoyatlari
384/2. Ma’qal ibn Yasordan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«O’liklaringizga Yosin surasini o’qinglar», dedilar. Abu Dovuddan boshqalar bu hadisni
zaif sanashgan. Chunki sanadida ikkita noaniq kishi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |