Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. O’lim yaqinlashganda aytiladigan narsalar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
110-bob. O’lim yaqinlashganda aytiladigan narsalar
377/1. Oisha (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’limlari yaqinlashgan edi. Oldlarida bir qadahda suv bor edi. Unga qo’llarini tiqdilar, so’ng suvini yuzlariga surtib: «Allohumma a’inniy ‘ala g’omarotil mavti va sakarotil mavt», deb aytdilar». (Ma’nosi: Allohim, o’lim shiddati va o’lim talvasasida menga yordam ber.) Termiziy va Ibn Moja rivoyatlari 378/2. Yana Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga suyanib turib: «Allohummag’firli varhamniy va ‘alhiqniy birrofiqil a’la», deganlarini eshitdim». (Ma’nosi: Allohim, meni mag’firat qil va menga rahm et. Meni Oliy do’st bilan qovushtir.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari O’limi yaqinlashgan kishi Qur’on tilovat qilishi va zikrlarni ko’paytirishi mustahabdir. Ammo besabrlik ko’rsatish, noo’rin harakatlar qilish, birov bilan so’kishish, xusumatlashish va tortishish karih ko’rilgan amallar. Kishi qalbi va tili bilan Allohga shukr etishi, umrining so’nggi daqiqalarini yaxshilik bilan xotimalashga harakat qilib, bor zehnini sarflashi va tirishishi, shuningdek, Allohga nisbatan yaxshi gumonda bo’lishi, ya’ni, Allohning unga rahm qilishiga umid bog’lashi va ahliga sabr etishlarini, vafot etsa, yig’lamasliklarini, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo’lgan: «O’lik o’z ahli yig’isi sababli azoblanadi», deyilgan sahih hadisni eslatishi hamda vafotidan keyin do’stlariga yaxshilik qilishni va janozada odat tusiga kirib qolgan bid’atlardan chetlanishni vasiyat qilishi lozim. 379/3. Muoz ibn Jabaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning oxirgi kalomi «La ilaha illalloh» bo’lsa, jannatga kiradi», dedilar. Abu Dovud rivoyatlari 380/4. Abu Hurayra va Abu Said Xudriylar (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’lim to’shagida yotganlarga «La ilaha illalloh»ni aytib turishni buyurdilar». Imom Muslim, Abu Dovud, Termiziy, Nasoiy rivoyatlari Ulamolar: «Agar «La ilaha illalloh»ni ayta olmasa, ana shu yerda hozir bo’lganlar muloyimlik bilan ohista aytib turiladi», deyishgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling