Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Arafotda aytilishi mustahab bo’lgan duo va zikrlar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
Arafotda aytilishi mustahab bo’lgan duo va zikrlar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Duolarning eng yaxshisi arafa kunidagisidir. Men va mendan oldingi payg’ambarlar aytgan narsalarning eng yaxshisi «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘ala kulli shay`in qodiyr»dir». Arafotda zikr va duolar ko’paytiriladi. Chunki bu kun yilning duo qilish uchun eng yaxshi fursatidir, hajning eng ulug’ amali, maqsadi va e’timod qilinganidir. Shundoq ulug’ kunda banda zikr, duo, Qur’on tilovatiga o’zi, ota-onasi, qarindoshlari, do’stu birodarlari va jamiki musulmonlar haqqiga duo qilishga bor kuch-quvvatini sarf etadi, ulug’ kunning buyuk imkoniyatlaridan bebahra qolib, vaqtini behuda o’tkazishdan o’zini saqlaydi. U kunda duolar saj’ -- qofiya bilan aytilmaydi. Chunki saj’ qalbdan xushu’ va xuzu’ni, o’zni xor tutish kabi narsalarni ketkazadi. Lekin yodlangan duolar qofiyali bo’lsa, zarari yo’q. Duo qilayotganda ovozini pasaytirib aytish sunnatdir. Yana shu kunda chin qalbdan istig’for aytiladi, tavba qilinadi. Duolar takror-takror aytilaveradi. Duolar Allohga hamdu sano va Rasululohga salovot va salom aytish bilan tugatiladi. Duo qilayotganda, albatta, tahoratli bo’lib, qiblaga yuzlangan holda turiladi. 489/2. Ali (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam arafa kuni o’sha joyda: «Allohumma lakal hamdu kallaziy naqulu va xoyron mimma naqulu, Allohumma laka solati va nusukiy va mahyaya va mamatiy va ilayka maaliy va laka robbi turosiy, Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va vasvasatis sodri va shattotil amri, Allohumma inniy a’uzu bika min sharri ma tajiy’u bihirriyhu», deb ko’p aytar edilar». (Ma’nosi: Allohim, aytgan narsalarimizda va aytgan narsalarimizning yaxshisida Senga hamd bo’lsin. Ey Rabbim, namozim, hajim, hayotu mamotim Sen uchundir. Oqibatim va merosim ham Sengadir. Ey Rabbim, Sendan qabr azobidan, qalb vasvasasidan va ishlar har turlik bo’lib ketishidan panoh tilayman. Allohim, Sendan noming ila shamol olib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling